Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
Yarim kechalar vaqti olomon Xadradan Eski Mis-karlikka qarab surilishka majbur 
bo‘ldi. Kutilmagan bu surilishlar Yusufbek hojini katta tashvishka solib qo‘ydi. Mundan 
so‘ng xalqning o‘ziga ishonib turolmay Toshkandni ololmay qaytqan Normuhammad 
qushbegiga yordamga yetib kelish uchun chopar yugurtirdi. 
Eski miskarlikda ikki taraf ham tong otdirdilar. Ertalab yana qonli urushlar boshlandi. 
Ammo xalq endi o‘zini ancha tutib qolgan va har daqiqa to‘rt tarafdan yangi kuchlar olib 
turar edi. Shuning uchun sipohlar bir adim ilgari bosolmay qoldilar. Ammo xalq 
sipohlarni bossa bosqundek tovranar edi. Bu holdan nihoyatda bo‘g‘ilg‘an Rayimbek 
dotqo qilich yalanglab, sipohlar oldida olomong‘a qarab yugurdi. Biroq uning bu g‘ayrati 
o‘zi uchun halokat bilan natijalanib, Usta Mo‘minjon ismlik bir miltiq ustasining otqan o‘qi 
bilan ko‘kragidan yaralanib yiqildi. 
Rayimbek dotqo Azizbek hokimiyatining tiragi edi. Uning qatlidan so‘ng sipohlardan 
ruh tushti. Hatto Azizbekning buyrug‘ig‘a ham quloq solmay to‘sto‘ska qochib 
boshladilar. Nihoyat Azizbek ham yonidag‘i qirq, ellik sodiq kishilari bilan qochib, o‘rdaga 
qamalishg‘a majbur bo‘ldi. Yusufbek hoji boshliq yer va ko‘kka sig‘mag‘an muzaffar xalq 
o‘rda tevaragini qurshab tushdi. Azizbek tezda berilmagani uchun minglab xalq o‘rda 
atrofidan siljimay, hatto oshsuvlarini ham shunda yeb xotirjam’ yotib oldilar. 
Azizbek uchun kutilmagan falokatlar yuz bergan edi. Qochib qutilish mumkin bo‘lg‘ani 
holda tuzoqqa tush—kandek o‘rdaga ham qamalib bergan edi. Nima qilsin, qanoti yo‘qki 
uchib qutilsa... Qamalishining ikkinchi kuni o‘rda tomiga chiqti, eng keyingi, ham eng 
pastarin chorani ko‘rmakchi edi bu xoqon. Boshlab fuqarog‘a salom berdi, so‘ngra siniq 
va ojiz qolgan bir tovush bilan xalqqa uzr aytdi: 
— Endi o‘zimning qilmishlarimdan pushaymon bo‘ldim... Men sizlarning qilg‘an 
yaxshiliqlaringizni unutqan ekanman... Sizlar o‘zlaringizning bu ishlaringiz bilan manim 
ketkan aqlimni yana miyamga o‘rnatdingiz... Rahmat fuqaro... Gunohimni kechiringiz, 
qilmishlarimdan pushaymon bo‘ldim, fuqaro! 
Ammo xalq bunday yolborishlarg‘a, tavba-tazarru’-larga quloq solmadi, chunki ish 
o‘tkan, g‘isht qolipdan ko‘chkan edi: 
— Endi esing kirdimi, o‘g‘ri? Burundan o‘ylab ish qilsang boshingda bu balolar yo‘q 
edi! Sen bizlarga nima ishlarni qilmading? Kun sayin necha gunohsizlarni osdirg‘an, 
kesdirgan, bolalarimizni yatim, onalarimizni qon yig‘latqan sen emasmisan? Xanjaringni 
xayf ko‘rib mahallarga chayon solig‘i solg‘an, og‘alarimizni chayon zahri bilan o‘ldirgan 
kim edi? Ket to‘ng‘iz, ket, tavba qilish zamoni o‘tdi, taqdiringga sen ham tan ber! — der 
edi xalq. 
Xalq shuningdek gaplar bilan yuz yoqdan unga hujum qilib, hatto adabsiz so‘zlar bilan 
ham so‘kar edi. Azizbek hamon «Tavba qildim, fuqaro!» jumlasi bilan uzrini aytib turar 
edi: 
— Siz yaxshilarim, bu qisqa o‘ylashingiz bilan o‘z oyog‘ingizg‘a o‘zingiz bolta urib, 
yana qipchoqlar qo‘liga qaram bo‘lasiz! Manim tavbamni loaqal o‘zlaringiz uchun qabul 
qilingiz! 
Azizbekning bu so‘zlaridan keyin olomon tag‘i qizishib, quyidagi so‘zlari bilan ko‘kni 
ko‘tardi: 
— Ikki qayta aldanish yo‘q! Sendek itdan bizga qipchoq yaxshi! 
Xalqning bu javobi ishning ne darajaga yetkanini onglatarliq edi. Shu gapdan keyin 
Azizbek tamom umidsizlanib, dunyolarcha ma’yusiyat ichida tomdan tushib ketdi. 
Yusufbek hojining Normuhammad qushbegiga yuborg‘an chopari Kirovchi yaqinida 
unga yetkan va qushbegini tamomi sipohlari bilan Toshkandga qaytarg‘an edi. Alamzada 
qushbegi bu so‘yinch xabardan uchib-qo‘nib Azizbekning o‘rdaga qamalishining uchunchi 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin