HAKIM NAZIR (1915) O’zbek adabiyoti, qolaversa, o‘zbek bolalar va o‘smirlar adabiyotining ko‘zga
ko‘ringan vakillaridan biri Hakim Nazirdir. U 1915 yilda Toshkentda kosib oilasida
dunyoga keldi. Bolaligidanoq ota kasbi - kosibchilikdan ish boshladi, oyoq kiyim
fabrikasida ishlab, kechqurunlari o‘qidi. 1936-1941 yillarda esa kunduzi ishlab, Toshkent
kechki pedagogika ipstitutida tahsil oldi.
Shu yillardan boshlab, u jumhuriyat bolalar matbuotida, radioda ishladi. Uning ijodi
30-yillardan boshlangan bo‘lib. dastavval lavhalar, reportaj va xabarlar bilan «Lenin
uchquni» ro‘znomasida paydo bo‘ldi. Yozuvchining birinchi hikoyalar to‘plami 1948 yilda
“Qishloqdagi jiyanlarim” nomi bilan chop etildi. Shundan so‘ng, ketma-ket adibning
«Pionerlar bog’i» (1950), “Besh baho” (1955), «Cho‘l havosi» (1958), «Meni
taniysizmi?» (1963), «Bolajonlarim» (1964) singari hikoyalar to‘plamlari va «Chiranma
g’oz» kabi sahna asarlari yaratildi. Mazkur asarlarda yozuvchi bolalar va o‘smirlarga xos
beg’ubor qalb harorati va tuyg’ularini ardoqlashga intildi, ularni mehnatsevar, el-yurt,
vatan farzandlari bo‘lishga da’vatkorlik qildi. Uning 40 dan ortiq kitoblarida yoshlik
tashvishlari, orzu-intilishlari o‘z ifodasini topdi.
Adibsning «Yonar daryo» (1966), «Ali va Sher» (1971) kabi qissa va hikoyalarida,
shuningdek, “Lochin qanotlari” (1973) kabi romanlarida ham yosh avlodning komil inson
bo‘lib yetishuvi yo‘lidagi kurash va umidlar tashvishi va orzulari keng ifoda etildi.
Hakim Nazirning o‘ndan ortiq kitoblari va asarlari rus va boshda tillarda nashr etilgan
bo‘lib, ayrim eng yaxshi asarlari «Pioner kutubxonasi» to‘plaminin 6- jildida nashr
etilgan. U ayni chog‘da mohir tarjimon hamdir. Shoir V. Kataev, A. Gaydar, L. Kassil kabi
bir qator adiblarning bolalar haqidagi asarlarin o‘zbek tiliga ag‘darib nashr ettirdi.
1981 yilda uning besh tomlik saylanma asarlari Hamza nomidagi Respublika Davlat
mukofotiga sazovor bo‘ldi. Binobarin, u O’zbekiston xalq yozuvchisidir.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993