www.ziyouz.com кутубхонаси
57
mukofoti, hind mavzuidagi she’rlari uchun Javoharlal Neru nomidagi umumhindiston
sovrini, Tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va
Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro «Nilufar» mukofotlariga
sazovor bo‘lgan. Ayni chog’da Zulfiyaning xaldaro do‘stlik, tinchlik va baynalmilal ruhida
yozilgan badiiy va publitsistik asarlari uning katta jamoatchilik faoliyati bilan qo‘shilib
ketadi. Shoira Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi
mamlakatlarda bo‘ldi. Sovet xotin-qizlar komitetining a’zosi Zulfiya 1956 yilda Osiyo va
Afrika yozuvchilarining Dehlida o‘tkazilgan birinchi Konferensiyasida qatnashib, katta
anjuman xotirasiga bag’ishlangan mashhur «Mushoira» (1958) asarini yaratdi.
Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga
tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, S. Shchepachev, V. Inber, Lesya
Ukrainka, Edi Ognesvet, M. Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan
tarjima qildi.
Yirik jamoat arbobi, shoira Zulfiya — O’zbekiston Oliy Sovetining deputati, Osiyo va
Afrika mamlakatlari bilan aloqa qiluvchi sovet komitetining raisi (1962) bo‘lgan.
Hukumat Zulfiyaning samarali ijodi va aktiv jamoatchilik faoliyatini Mehnat
Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va uch marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni va medallar
bilan taqdirladi.
U Bolgariya Xalq Respublikasining birinchi darajali «Kirill va Mefodiy» ordeni bilan
mukofotlangan. Shoira 1975 yilda 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan Xalqlar do‘stligi
ordenini olishga sazovor bo‘ldi. Ayni chog‘da u sobiq Ittifoq Davlat mukofoti laureati va
Mehnat Qahramoni hamdir.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
58