www.ziyouz.com кутубхонаси
62
RAHMAT FAYZIY (1918-1986) Taniqli adib Rahmat Fayziy 1918 yili Toshkentning Beshyog‘och dahasida kosib
oilasida dunyoga keldi. U o‘rta maktabni tugatib, «Lenin uchquni», «Yosh leninchi»
ro‘znomalari muharriiyatlarida
ishladi.
Uning dastlabki she’riy mashqlari, lavha va ocherklari mazkur ro‘znoma sahifalarida
(1937) ko‘rindi. Rahmat Fayziy «Qizil O’zbekiston», «O’zbekiston madaniyati» (1957-
1959) ro‘znomalari, «Sharq yulduzi» (1951-1954) oynomasida ishlagan paytlarida uning
qalami yanada charxlandi.
Ulug’ Vatan urushidan keyingi tinch qurilish yillari yozuvchi «To‘y to‘yonasi» (1951),
Mirzacho‘lni o‘zlashtirayotgan yoshlarga bag’ishlangan «Cho‘lga bahor keldi» (1951),
«Povest va hikoyalar» (1954), «Shohi darparda» (1958) kabi ocherk va hikoya
to‘plamlarini yaratib, yozuvchi sifatida elga tanildi.
Ijodkorning «Tekin muzqaymoq», «Mening bobom», “Cho‘ntak”, «Nafisa» kabi
hikoyalari bolalarni milliy ruhda tarbiyalashga xizmat etdi. Rahmat Fayziy 1962-1965
yillarda «O’zbekfilm» kinostudiyasida ishladi. Uning «Sen yetim emassan» 1960—1962),
«Yor-yor» kinopovestlari o‘zbek milliy kinodramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa bo‘lib
qo‘shildi. Ayniqsa, yozuvchining «Sen yetim emassan» kinopovesti do‘stlik,
vatanparvarlik va insonnarvarlikni kuylovchi yetuk badiiy asar sifatida muallifga katta
shuhrat keltirdi. Film Butunittifoq hamda xorijiy mamlakatlar ekranlarida namoyish
etilib, tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.
Rahmat Fayziy 1969 yilda yaratgan «Hazrati inson» romanida temirchi Mahkam aka
va Mehriniso opa faoliyati orqali oddiy kishilar qahramonligini ko‘rsatdi.
Rahmat Fayziy orden va medallar, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi,
O’zbekiston xalq yozuvchisi, Polsha xalq respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat
arbobi faxriy unvonlari bilan taqdirlandi. Yezuvchining dator asarlari rus va boshqa
qardosh tillarga o‘girilgan. U 1986 yilda vafot etdi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993