O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
84
SA’DULLA KAROMATOV
(1928—1980)
Mohir tarjimon va adiv Sa’dulla Karomatov 1928 yilda Buxoroda tug‘ildi. O’rta
ma’lumotni ham shu yerda oldi 1949 yilda O’rta Osiyo Davlat
dorilfununining filologiya
fakultetini tugatgach, O’zbekiston Radiosida ishladi.
Sa’dulla Karomatovning jurnalistik faoliyati 1954 yildan boshlandi. 60-yillarda
ro‘znoma sahifalarida u ocherknavis sifatida ko‘rindi. 1963 yilda
esa uning yirik janr dagi
birinchi nasriy asari - “Tog’lar tabassumi» nomli hujjatli qissasi yozildi. So’ng “Amuning
zar kokillari”, “Go’zallik ramzi”, “Kumush kamar” kabi ocherklar to’plamlari bosmadan
chiqdi.
Keyingi yillarda «Bir tomchi qon» (1968), “Tog’ go’zali” (1968), “Hijron” (1969),
“E’tiqod” (1970) qissalalri bosilib chiqdi. Bu asarlar 1971—1973
yillarda rus
kitobxonlariga ham yetib bordi.
So‘nggi yillarda geologlar hayotidan olib yozilgan “Oltin qum” va cho‘llarii
o‘zlashtirayotganlarga bag‘ishlangan «So‘nggi barxan» romanlarini yaratdi. Sa’dulla
Karomatov Jyul Vernning «Suv ostida 8000 mill», turkman yozuvchisi Qilich Kulievning
«Qora karvon» romanlarini, eron yozuvchilarining hikoyalar to’plamlarini,
tojik
yozuvchisi Yusuf Akobirovning “Tegirmon to‘xtagach” qissasini o‘zbek tiliga tarjima qildi.
Yozuvchi Vadim Kojevnikovning «Peshin chog‘i kungay tomonda» degan romanini ham
o‘zbek tiliga o‘girgan. Sa’dulla Karomatovga O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
madaniyat
xodimi faxriy unvoni berilgan. Adib 1986 yili Toshkentda vafot etdi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: