Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
150
TOHIR QAHHOR 
(1953) 
Tohir Qahhor didli va umidli iste’dod sohibi. Tohir Qahhor Namanganning To‘raqo‘rgon 
tumanida 1953 yilda tug’ilgan. U ham Toshkent dorilfununida tahsil olgan, 1975 yilda 
jurnalistika fakultetini tutatgan. Avval respublika teleradiosining adabiy-dramatik 
bo‘limida muharrirlik qilgan. 1979—1986 yillarda «Sharq yulduzi» oynomasida adabiy 
xodim, hozirda esa G’. G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasida bosh muharrir 
o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi.
Uning ilk maqola va she’ri juda erta, o‘n besh yoshidayoq paydo bo‘lgan, Namangan 
tumanida chiqadigan «Uchqun» ro‘znomasida bosilgan. Dastlabki kitobi esa 1980 yilda 
«Oq o‘rik» nomi bilan chop etilgan. Shundan so‘ng uning «Oqayotgan daryo» (1982)., 
«Osmon kimniki?» (1984), «Eshik taqillayotir» (1984), «Kun ko‘zi» (1987), «Yulduzlar 
mening bog’im» (1988), «Oko dnya» (1990, Moskvada, rus tilida), «Togning parvozi» 
(1990), «Otashgiyoh» (1992) kabi o‘nga yaqin to‘plamlari ketma-ket chiqadi. 
To‘plamlarga kirgan she’rlarini o‘qiganda kitobxonda ajib tuyg‘ular qayta jonlangandek, 
uyqudan uyg’ongandek bo‘ladi. Sabab, ularda davr va zamon, inson va kelajak, tabiat 
muammolari sodda va ravon ifodalarda, favqudodda ishonchli tarzda o‘z ifodasini topadi. 
Ayni chog‘da shoirdagi nozik ta’b, saviya, jur’at mutanosibligi uning‘ she’rlariga alohida 
falsafiy kuch bag‘ishlaydi. Jumladan, uning «Tilimiz» she’ri e’tiborga molik. 
Tilimiz bir quyoshki, u kunu tun sochar nur,
U bir gulzorki, so‘nmas, rangidan yashnar umr
U bir yerki, o‘lsak ham, unda yashay olurmiz. 
Xuddi shu misralar Oybek domlaning quyosh haqida quyidagi misralarini eslatadi: 
Quyosh nurin sochaver mo‘l-mo‘l,
Chaman, ketma bizning boglardan! 
Tohir Qahhor ajoyib topilma shoirgina emas, ayni chog‘da yetuk publitsist, mohir 
tarjimon hamdir. Uning milliy tariximiz, madaiiyatimiz, millatimiz taqdiri haqidagi, 
adabiyotimiz va merosimiz haqidagi chuqur ilmiy tafakkur bilan yozilgan o‘nlab 
maqolalari nafaqat publinistika janrini, balki adabiyotshunosligimizning ham yutug‘i desa 
bo‘ladi.
U tarjimon sifatida buyuk turk shoiri Ziyo Ko‘kalpning «Ergeno‘ko‘n» dostoni va qator 
she’rlarini, fors adabiyoti namoyandalari Hofiz Sheroziy va Abdurahmon Jomiy 
g‘azallarini, arab adabiyotining klassiklari Abu Tammom, Al-Maariy, qolaversa, 
A.S.Nugakin, Fet, Tyutchev she’rlarini va yana ko‘plab Sharq va G’arb adabiyoti 
namoyandalarining asarlarini o‘zbek tiliga ag‘dardi. Shuningdek, kolumbiyalik mashhur 
adib G.G.Markesning «Oshkora qotillik qissasi»ning ham tarjimonidir U bunday faol 
xizmatlari uchun Ahmad Yassaviy mukofoti sovrindori, O’zbekiston respublikasida xizmat 
ko‘rsatgan madaniyat xodimi degan sharafga ega. 
Shoir bundan qariyb o‘n yillar oldin, hali Respublikamiz mustamlaka girdobidan 
chiqib, mustaqil bo‘lmaganida yozgan edi: 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
151
Mustamlaka yurt - ulkan
Zindonning xuddi o‘zi:
O’z qulligin ko‘rmaydi
Unda tiriklar ko‘zi. 
Ha, u dardli shoir, chuqur ilmiy tafakkur egasi, xususan, uning «Tog‘ning parvozi» 
to‘plamidan ajdodlar tarixi, etnografiyasi, turon va turk eli, uning tabiiy sharoiti, tuzilishi, 
daryo va tog’-adrlari geografiyasi haqida yangi-yangi ma’lumotlar olasiz. Tafakkuringizni 
boyitibgina qolmay, ajdodlarga yana bir bor ixlosingiz oshadi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin