Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
154
XAYRIDDIN SULTONOV 
(1956) 
Hozirgi davr o‘zbek nasri taraqqiyotida iste’dodli yozuvchi Hayriddin Sultonovning 
munosib o‘rni bor. U 1956 yil 18 yanvarda Toshkeit viloyati Qibray tumani, Tuzil 
qishlog‘ida oddiy mehnatkash oilada dunyoga kelgan. 1963—1973 yillarda Parkent 
qishlog‘idagi 42-o‘rta maktabda o’qib, uni muvaffaqiyatli tugatadi. 
1973—1978 yillarda esa Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetida tahsil 
oladi. Uning mehnat faoliyati asosan 80-yillardan boshlangan bo‘lib, avval «Guliston», 
«Yoshlik» kabi oynomalarda, G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida 
faoliyat ko‘rsatdi. Hozirgi kunda u G’. G’ulom nomli nashriyotda bosh muharrir bo‘lib 
ishlamoqda. 
Xayriddin Sultonovning ijodi 70-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lib, 
hikoya, qissalari ro‘znoma va oynomalarda ketma-ket bosildi. Adibning «Quyosh 
barchaga barobar» (1980), «Bir oqshom ertagi» (1983), «Onamning yurti» (1987), 
«Umr esa o‘tmoqda» (1988), «Boburning tushlari» (1992) kabi kitoblari keng o‘quvchilar 
ommasiga tanish. Shuningdek, u «Changak», «Moziydan bir sahifa» kabi videofilmlar 
hamda «Tushlarimda ko‘rib yig‘layman» kabi badiiy filmlarning ssenariy muallifi hamdir. 
Xayriddin Sultonov faqat iste’dodli adibgina emas, balki mohir tarjimon hamdir. 
Jumladan, A.Sent-Ekzyuneri, Yu.Nagibin, S.Alekseyev, V.Shukshin kabi adiblar asarlari 
Xayriddin Sultonov tarjimasida o‘zbek kitobxoniga yetkazildi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
155
MIRZO KENJABEK 
(1956) 
Islohot, istiqlol kuychisi va fidoyisi Mirzo Kenjabek hozirgi davr o‘zbek poeziyasi 
rivojida o‘zining munosib o‘rniga ega shoirlardan biri. U 1956 yilning 20 fevralida 
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Mehnat» (eski «Ashurjilon») qishlog‘ida 
oddiy mehnatkash oilasida tug’ilgan. 1963—1973 yillar orasida maktabda o‘qib, uni 
muvaffaqiyatli yakunlaydi. So‘ngra, 1974—1979 yillarda u Toshkent Davlat 
dorilfununining jurnalistika fakultetida tahsil oladi. 
Mirzo Kenjabek o‘zi haqida yozib: «Shoirlik tug‘ilmasimdan boshlangan bo‘lsa 
kerak»,— deydi. Chindan ham undagi she’riyatga havas, ixlos, intilish ancha erta 
boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘plami yigirma olti yoshida, ya’ni 1982 yilda 
«Adashgan maktublar» nomi bilan nashr etildi («Maktublarim»). Ketma-ket esa uning 
o‘nga yaqin she’riy to‘plamlari, publitsistik maqolalardan tarkib topgan kitoblari chop 
etildi. Adibning «Quyoshga qaragan uy» (1983), «Munshaot» (1986), «Sharq tili» 
(1988), «Bahorim yellari» (1991) hamda «Muhabbatning yo‘li xatarli», «Hasrat kitobi» 
kabi she’riy va publitsistik majmualari kitobxonlar tomonidan qizg‘in qarshi olingan. U 
o‘zining «O’zbekiston» nomli she’rida: 
Yerning har burchagida odamlar goho 
Menga o‘z tilimda so‘ylar, gumon yo‘q.
O’zbek ko‘p butun Yer yuzida, ammo
Olamda boshqa hech O’zbekiston yo‘q!
— deydi. O’zbekiston haqida Mirzo Kenjabek o‘zgacha, o‘ziga xos avj pardalarda 
kuylaydi. U iste’dodli tarjimon sifatida A. S. Pushkinning mashhur «Yevgeniy Onegin» 
she’riy romanini o‘zbek tiliga ag‘dargan. Xullas, Mirzo Kenjabek timsoli va ijodi misolida 
milliy mustaqillik uchun kurashayotgan fidoiy yoshlarning qiyofasi gavdalanadi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin