Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
156
TO’RA MIRZO 
(1956) 
Iste’dodli shoir va dramaturg To‘ra Mirzo (To‘ra Mirzo Jabborali Dadamirzo o‘gli) 1956 
yili Namangan viloyati, Chortoq tumanining Peshqo‘rron qishlog’ida tug‘ilgan. O’rta 
maktabdan so‘ng u 1979 yili Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent San’at institutining 
teatrshunoslik bo‘limini tugatdi. 1989 yilda esa Moskvadagi Oliy Adabiyot instituti 
dramaturgiya bo‘limini bitiradi. So‘ngra bir qator ijodiy idoralar, oynoma va 
ro‘znomalarda faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda esa u Respublika Targ’ibot Markazining 
bosh direktori vazifasida ishlamoqda. 
To‘ra Mirzoiing ijodi garchi 70-yillariing‘ ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lsa ham, 
birinchi she’rlar to‘plami — «Maysalar hayqirigi» 1983 yilda chop etiladi. Shundan so‘ng 
uning bir qator she’riy majmualari o‘zbek, rus va turk tillarida bosiladi. Jumladan, 
«G’o‘ro‘glining belanchagi», «Tonggi maktublar», «Kulgixona», «Amir Temur vasiyati» 
kitoblari o‘zbek tilida chiqadi. Shuningdek, uning «Dobriy znak», «Vozvrashenie v 
Ferganu» (Moskvada) to‘plamlari rus tilida, «Bilga tunokuk vasiyati» manzumasi va 
turkum she’rlari Turkiyada nashr bo‘ladi. 
To‘ra Mirzo iste’dodli shoir bo‘lishi bilan birga, mohir dramaturg va yetuk tarjimon 
hamdir. Uning qalamiga mansub bo‘lgan «Bekat», «Tonggi tramvay», «Poytaxt 
latifalari», «Saratondagi izg’irin» kabi dramatik asarlari sobiq SSSRning Butunittifoq 
dramaturgiya ko‘riklarida bir necha bor yuksak sovrinlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, 
adibning «Qovrilgan o‘rdak parvozi», «Muhabbatga o‘q tekkan kun», «Ahmad ila 
Oqbilak» singari dramalari respublika va viloyat teatrlari sahnasidan munosib o‘rin 
olgan. Hozirgi kunda esa uning «Amir Temur» dramasi Qashqadaryo viloyat teatrida 
sahnalashtirildi. Ayni chog‘da shu asosda O’zbekiston Respublikasi televideniesida ikki 
qismli videofilm yaratilgan. Xullas, adib To‘ra Mirzo butun ijodi davomida boy tarixiy 
merosimiz, buyuk tarixiy shaxslar, ilmiy-madaniy yutuqlarimiz, milliy ma’naviy 
boyligimizni e’zozlab keladi. Shu jihatdan uning asarlarida tarixiy haqiqat, tarixiylik va 
falsafiy mushohadalar uzviy, yaxlit bir tarzda namoyon bo‘ladiki, bu uping o‘ziga xos 
uslubini tayin etishga yo‘l ochadi.
U mohir tarjimon sifatida Jon Gloyl Pristanlining «Xazina», Agata Kristining 
«Qopqon», Valeriy Shuljikning «Tegirmon tepasidagi quyosh», Aziz Nesinning «Yashasin 
sarg‘ish pushti rang» kabi dramatik asarlarini o‘zbeklalashtirgan. 
Kitobxon va tomoshabinlar yetuk shoir, mohir dramaturg va malakali tarjimon To‘ra 
Mirzodan umidi katta. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin