Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
153
USMON QO’CHQOR 
(1955) 
Iste’dodli shoir Usmon Qo‘chqor 1955 yilda Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida oddiy 
mehnatkash oilada dunyoga keladi, U o‘rta maktabni tugatgach, 1970—1975 yillarda 
Toshkent Davlat dorilfununida tahsil oladi. Shundan so‘ng u 1975— 1977 yillarda G’afur 
G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ishlaydi. 1977—1979 yillarda esa yana 
ona yurti Shofirkonga borib, o‘rta maktablarda ona tili va adabiyotidan dars beradi. 
1979—1986 yillarda bo‘lsa, Toshkentda — «O’zbekiston» nashriyotida muharrir bo‘lib 
xizmat qiladi. 1986—1988 yillarda «Cho‘lpon» nashriyotida, 1988—1991 yillarda 
«Yoshlik» oynomasida faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda u G’afur G’ulom nomli Adabiyot 
va san’at nashriyotida ishlamoqda. 
Shoir ijodining boshlanishi asosan 70-yillar oxiri va 80-yillar boshlariga to‘g‘ri keladi. 
Uning birinchi she’riy to‘plami 1982 yilda «Hayajonga ko‘milgan dunyo» nomi bilan chop 
ettiriladi. To‘plamga kirgan ko‘pchilik she’rlar shoirning izlanishlaridan, o‘z uslubini 
yaratayotganligidan darak bersa ham ular yoshlikning beg‘ubor, sodda, odamiy qalb 
tuyg‘ularidan tashkil tonganligi kitobxonni o‘ziga jalb etadi. So‘ngra, shoirning «Akssiz 
sadolar» (1986) nomli ikkinchi she’rlar to‘plami bosildi. Ketma-ket esa «Uyqudagi 
minora» (1987), «Og‘ir karvon» (1991) kabi ancha jiddiy, salmoqli she’riy guldastalari 
yaratildi. Bu to‘plamlar shoir dunyoqarashining keng va chuqurligi, mavzular doirasining 
beqiyosligi, fikrlarining teranligi bilan ajralib turadi. Xususan, uning «Og‘ir karvon» nomli 
she’riy to‘plamiga kirgan ko‘pchilik she’rlari inson ruhiyati, ruhiy olami, ma’naviyati 
haqida bitilgan goh qasida goh pamflet bo‘lib yangraydi. U o‘zining «Ruhidan ajragan 
odam» she’rida ruhidan ajralgan har odam qanotsiz qushga o‘xshaydi. Inson esa har 
damda, hamisha inson bo‘lib qolishiga da’vat seziladi. Dunyo cheksizliklari, olam 
mashmashalari, kishi anduhlari haqida bahs yuritib, pirovard deydi: 
Buyuk xatarlardan tolguvchi dunyo,
Har gal omon chiqa olguvchi dunyo,
Quyoshga umidvor qolguvchya dunyo,—
Imon, e’tiqodi butlarga qolsin,— 
deya orzu qiladi. Shoir o‘z she’rlarida hamisha zamonlar qiyosidan haqiqat, nur 
izlaydi. Insonni ezgu va mukammal etguvchi ruhni izlaydi, ba’zan topadi, ba’zan esa...
Shoir o‘zining «Quvg‘in» dostonini ham yaratgan, unda qatag‘onlik davri aziyatlari, 
iztirob va alamlari haqida achchiq haqiqatni ochadi. 
U tarjimon, jurnalist sifatida ham samarali ijod bilan band. Shoir rus, Sharq, G’arb 
adabiyotlarining eng yaxshi namunalarini o‘z ona tiliga ag‘darib yana bir savobli ish 
qilyapti. Jumladan, mashhur ozor shoiri Samad Vurg‘un o‘g‘li Yusuf Vurg‘unning «Qatl 
kuni» romanining tarjimasi shundan dalolat beradi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin