Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
69
Said Ahmad ham qatag’onlik zulmining ikkinchi to‘lqiniga duchor bo‘lgan, lager 
azoblarini tortgan ijodkordir. O’z talanti va ona xalqiga sadoqat, katta ishonch adibni 
so‘z san’atkori darajasiga yetkazgan. 
Ijodkor tarjima ishlari bilan ham faol shug’ullangan. Jumladan, B. Polevoy, A. 
Musatov, O. Gonchar kabi yozuvchilar asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ayni 
chog’da adibning ko‘pgina hikoyalari qardosh va horijiy tillarga ag’darildi. 
Said Ahmad o‘zining quvnoq, orombahsh hikoyalari va salmoqli romanlari bilan o‘zbek 
prozasi rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelayotgan ilg‘or yozuvchidir. U O’zbekiston 
xalq yozuvchisi, Hamza mukofoti sovrindori hamdir. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
70
ASQAD MUXTOR 
(1920) 
Atoqli shoir, nosir va dramaturg, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti 
laureati Asqad Muxtor 1920 yili Farg’ona shahrida temir yo‘l ishchisi oilasida tug’ildi. U 
11 yoshida otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalangan. Maktabni tugatgach, Asqad 
Muxtor Navoiy nomidagi O’zbekiston Davlat universitetiga (1938) kirib o‘qidi. So‘ng 
Andijon pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti kafedrasining mudiri bo‘lib ishladi. 
Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi uning faoliyatida yangi sahifa ochdi. U «Yosh 
leninchi» (1945), so‘ngra «Qizil O’zbekiston» ro‘znomasining muharririyatlarida bo‘lim 
mudiri, mas’ul kotib, «Sharq yulduzi» oynomasida (1960—1965) bosh muharrir
O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1957) bo‘lib ishladi. «Guliston» oynomasida, 
«O’zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligida bosh muharrir bo‘lib ishladi. 
Asqad Muxtor «Tilak», «Tong edi», «Totli damlar» singari ilk she’rlari (1935—1938) 
da poeziyaning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniklab olishga 
intildi. U poeziyaga «Qalbga qanot», «dardga davo» beruvchi deb qaraydi. Shoir Ulug’ 
Vatan urushi boshlanishi bilan «G’alaba ishonchi», «Jangchining bayram kechasi», 
«Tug’ishganlar qaytdi», «Sog’inish», «Moskvaning qalbi» singari qator poetik asarlar 
yaratib, xalqni fashist bosqinchilari ustidan g’alaba qozonishga undadi. Vatan 
go‘zalliklarini, tuganmas boyliklarini, xalq hayotidagi katta o‘zgarishlarni tasvirlovchi 
«Po‘lat quyuvchi» (1947), «Hamshaharlarim» (1949), «Rahmat, mehribonim» (1954), 
«Chin yurakdan» (1956) she’riy kitoblari shoirning katta ijodiy yutuqlaridandir. 
Asqad Muxtorning «Mardlik cho‘qqisi» (1948), «Yaxshilikka yaxshilik» (1949), 
«Samandar» kabi p’esalari dramaturgiyamizda bolalar hayotining, shuningdek, ishchilar 
sinfi turmushining yoritilishi jihatidan muhim ahamiyatga ega. 
Yozuvchining «Daryolar tutashgan joyda» (1950), «Qoraqalpoq qissasi» (1958), 
«Buxoroning jin ko‘chalari» kabi qissalari, «Opa-singillar» (1954—1955), «Tug‘ilish» 
(1963), «Davr mening taqdirimda» (1964), «Chinor» (1973) romanlarida 
zamonamizning muhim muammolari o’z ifodasini toptan. 
“Chin yurakdan” (1956) she’riy kitobi, “Hayotga chaqiriq” (1956), “Dunyo bolalari” 
(1962) hikoyalar to‘plami o’zbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi. 
“99 miniatura”, «Karvon qo‘ng‘irog‘i» she’riy kitoblari 60-70-yillar o’zbek Sho‘ro 
she’riyatida katta voqea bo’ldi. Ularda inson qalbining tovlanishlari chuqur intellectual 
his-tuyg’u vositasida badiiy barkamol talqin etilgan.
Asqad Muxtor tarjimasida Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Mayakovskiy, Gorkiy, 
Shevchenko, Blok, Korneychuk, Pavlenko asarlari o‘zbek kitobxonlarining _ma’naviy 
mulkiga aylandi. 
Lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida Asqad Muxtor madaniyatimizni 
boyitishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan ijodkorlardandir. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin