Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
67
Shuningdek, H. G’ulom A.S.Pushkin, M. Lermontov, V. Shekspir, T. Shevchenko, A. 
Surkov, Lope de Vega kabi yozuvchilarning asarlarini ham o‘zbek kitobxonlari va 
tomoshabinlariga o‘z tarjimasida tortiq etgan. Uning «Farg‘ona hikoyasi», «Toshbolta 
oshiq», «O’gil uylantirish», «Ajab savdolar» kabi zamonaviy mavzularda yaratilgan 
muzikali va komediya asarlari respublika teatrlarida namoyish qilinib, tomoshabinlar 
hurmatiga sazovor bo‘ldi. 
Eng so‘nggi «Muhabbat navosi» nomli ikki parda besh ko‘rinishli muzikali dramasida 
esa XVI asr Uyg’uristonning Xo‘tan shahrida yashagan Omonniso bilan Rashidxon 
o‘rtasidagi muhabbat mojarosi haqida hikoya qilinadi. 
«Mashrab» tarixiy romani ham H. G’ulom qalamiga mansubdir. 
Hamid G’ulom zamondoshlarimiz poetik obrazini yaratish ustida izlanayotgan 
zamonaviy o‘zbek adabiyotining iste’dodli namoyandalaridandir. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
68
SAID AHMAD 
(1920) 
O’zbek adabiyotining yetak nosirlaridan biri Said Ahmad Husanxo‘jaev 1920 yili 
Toshkentning Samarqavd darboza mahallasida ziyoli oylasida dunyoga keldi. Shu yerda 
o‘rta maktabni (1939) bitirib, Oliy o‘quv yurtida (1940—1941) ta’lim olgan. Adabiyot 
darslari va to‘garaklarida ijodga bo‘lgan havasi ortib, qo‘lga qalam ushlagan, vaqtli 
matbuot uning ijod dorilfununi bo‘lgan. Said Ahmad dastlab «Mushtum» oynomasida, 
Radio komitetida (1942—1943), «Qizil O’zbekiston» ro‘znomasi (1943—1947), «Sharq 
yulduzi» oynomasida (1948—1950) va so‘nggi yillarda u O’zbekiston Yozuvchilari 
uyushmasi qoshidagi nasr bo‘limiga boshchilik qiladi. Uning birinchi hikoyalar to‘plami 
«Tortiq» 1940 yilda nashr etiladi. 
Urush va urushdan so‘nggi yillarda Said Ahmad ko‘plab fel’eton, ocherk va hikoyalar 
yozdi. «Er yurak» (1942), «Farg’ona hikoyalari» (1948), «Muhabbat» (1949) kabi 
to‘plamlar nashr etildi. Ulug’ Vagan urushi davri voqealariga bag’ishlangan «Xazina», 
«Hayqiriq», «Rahmat azizlarim» kabi hikoyalarida avtor urushning dahshatli oqibatlarini 
hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini ulug‘laydi. 
Adibning hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, G’afur G’ulomning 
yumori, Abdulla Qahhorning bayondagi lakonizmi mujassamdir. 
Said Ahmadning barcha hikoyalari zamonaviy mavzuda yozilgan. U hikoyalarida 
tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik 
ta’sirchanlik bilan ifodalashga, badiiy priyomlarning xilma-xilligiga erishishga intildi. 
«Cho‘l burguti», «O’rik domla», «Lochin», «Odam va bo‘ri», «Bo‘ston», «To‘y boshi» 
kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, o‘zbek nasrida ham yangilik bo‘ldi, Adib 
hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi boy va pok bo‘lgan zamondoshlarimizdir. 
Muallif «Tog‘ afsonasi», «Zumrad», «Muhabbatning tug’ilishi», «Ko‘zlaringda o‘t bor 
edi», «Poyqadam», «Alla», «Iqbol chiroqlari» asarlarida hayotiy xarakterlar yaratdi. 
Said Ahmad hajviy hikoyalarida taraqqiyotjmizga to‘siq bo‘layotgan yaramas urf-
odatlar ustidan kuladi, yangicha ma’naviy-axloqiy masalalarni o‘rtaga qo‘yadi. Aksincha, 
o‘zbek psixologiyasiga singmaydigan, milliylikdan yiroq bevatan, bemillat, yangicha urf-
odatlar, udumlar ustidan ham qahqaha otib kuladi. Uning «Xanka bilan Tanka» «Lampa 
shisha» kabi o‘nlab hajviyalari shular jumlasidandir. Said Ahmad kichik hajviy asarlari 
bilan o‘zbek radio va televideniyesida quvnoq miniatyuralar teatriga asos solgan. 
Said Ahmad hikoyalaridan asta-sekin yirik polotnolar yaratishga o‘tdi. 1949 yilda chop 
etilgan «Qadrdon dalalar» va «Hukm» (1958) qissalari shular jumlasidandir. 
«Ufq» romanida (1964) Ulug’ Vatan urushining olovli yillarida o‘zbek dehqonlarining 
front orqasida ko‘rsatgan mehnat qahramonliklari atroflicha hikoya qilinadi. «Ufq» 
trilogiya bo‘lib, yozuvchi unda urushdan oldingi va undan keyingi davr hayotiy 
muammolari haqida bahs yuritadi. U o‘zining «Jimjitlik» (1988) romanida esa turg’unlik 
davri illatlarini fosh etishga intildi. 
Said Ahmad mohir dramaturg sifatida ham tanildi. Uning «Kelinlar qo‘zg’oloni», 
«Kuyov» kabi sahna asarlari shular jumlasidandir. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin