www.ziyouz.com кутубхонаси
65
Shoir va adib Shuhrat ham qatag‘onlik davrining ikkinchi to‘lqini ma’naviy qurbonlari
M. Shayxzoda, S Ahmad, Shukrullo kabi adolatsizlik zulmini tortgan, hurfikrliligi tufayli
Sho‘ro hokimiyati hibsxonalari jabrini chekkan.
Shuhratning «Oltin zanglamas» (1967) asarida ma’rifat sohibi — o‘qituvchi degan
sharafli kasb ulug‘lansa, «Jannat qidirganlar» (1968) romanida vatangadolik fojealari
badiiy ifodasini topgan. Shoirning hayot haqidagi falsafiy mulohazalari ifodalangan she’r
va to‘rtliklardan iborat «Lirika» (1973) to‘plami, «Besh kunlik kuyov», «Qo‘sha
qaringlar» komediyalari san’atkorning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi bo‘ldi.
Uning ko‘pgina asarlari qardosh xalqlar va xorijiy tillarga tarjima qilingan. U O’zbekiston
xalq yozuvchisidir.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
66
HAMID G’ULOM
(1919)
Hamid G’ulom taniqli shoir, lirik yozuvchi, dramaturg, O’zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan san’at arbobidir. U O’zbekiston xalq yozuvchisi, Respublika va Ittifoq Davlat
mufotlari sovrindori hamdir. H. G’ulom 1919 yilda toshkentlik muzika muallimi oilasida
tug’ildi. O’rta maktabni bitirgach, O’rta Osiyo industrial iistituti (1935—1937) va Nizomiy
nomidagi Toshkent Pedagogika instituti (1938— 1941) da tahsil oldi.
1954 yilda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiiing yo‘llanmasi bilan Moskvaga, M.
Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti institutiga o‘qishga boradi. So‘ng «Literaturiaya
gazeta»ning O’zbekistondagi maxsus muxbiri, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiiing
kotibi (1958—1971) va G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at naglriyotiiing direktori
lavozimlarida ishladi.
Hamid G’ulom adabiyotga o‘ttizinchi yillarning boshlarida «Bizning lager», «Odam»,
«Quyosh kabi charog’on» (1936) she’rlari bilan kirib keldi. Yosh shoirning ijodi o‘zbek
adabiyotining katta vakillari G’afur G’ulom, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda ta’sirida
kamol topdi.
Vatanparvarlik, dushmanga nafrat ruhi ifodalangan “Qasosim bor” (1942), «Katerina»
(1942), «Ukraina yellari» (1943) kabi she’r va balladalarini shoir Ulug’ Vatan urushi
yillarida yaratgan.
Hamid G’ulomning keyinchalik yaratgan «Qo‘shiqlarim» (1949—1956), «Dnepr
bo‘yida» (1949), «G’alaba yo‘lida” (1952—1956) asarlarida xalqimizning fashizmga
qashshi kurashidagi qahramonliklari tasvirlangan. «Olmos qizi» (1956), «Toshkentliklar»
(1967) asarlari asosan urushdan avvalgi davr o‘zbek paxtakorlarinjn fidokorona
mehnati, urush davridagi front orqasida ko‘rsatgan qahramonliklari va o‘zbek
jangchilarining frontdagi mardliklari va jangovar kurashlarj haqidadir. Ikki kitobdan
iborat bo‘lgan «Mash’al» (1959) romanida Oktyabr tuntarishining dastlabki yillaridagi
o‘zbek xalqining hayoti va qishloq sovetlarining shakllanishi va ularning dastlabki
faoliyati, kollektiv xo‘jalikning tuzilishi va ma’rifatning yoyilishi kabi hayotiy masalalar
badiiy tahlil etilgan.
Yozuvchining «Senga intilaman» (1963), «Binafsha atri» kabi romanlari Mirzacho‘lda
tashkil etilgan birinchi jamoa xo‘jaligi haqida hikoya qiladi. Hamid G’ulomning o‘zbek
ayolining yangi hayot qurishdagi faoliyatini ulug’lovchi «Toshkentliklar» (1974) romani
Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning «Mangulik» romani
(1981) Ittifoq Davlat mukofotini oldi.
U ocherknavis va publitsist sifatida yer kurrasi, ro‘y berayotgan voqealar, jahondagi
xalqlarning ozodlik uchun kurashlari, tinchlik va xalqaro do‘stlik temalarini yorituvchi
«Qit’alar uyg’oq», «Kuba haqida hikoyalar», «Uy», «Xirosima balladalari», «Yevropa
taassurotlari», «Jazoirda tong» kabi asarlar yaratdi. Adibning «Vafoning uzun yo‘li»
nomli bir necha qismdan iborat xotiralar to‘plami ham kitobxon tomonidan qizg’in kutib
olingan. Adib asarlari qirqdan ortiq jahon xalqlari tillarida nashr etilgan. Birgina
«Mangulik» romani xitoy tilida yarim million nusxada chop etilgan. Bu tilda bor-yo‘g’i
Oybekning «Navoiy», O. Yoqubovning «Ulug’bek xazinasi» romanlarigina chop etilgan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: |