13-Mavzu: Xarakter aksentuasiyasi va uning tiplari Reja: 1. Xarakter aksentuasiyasi va uning tiplari hakida tushuncha.
2. Xarakter aksentuasiyasi.
3. Xarakter tiplari.
4. Aksentuasiya tiplari xususiyatlari.
Tayanch iboralar: xarakter aksentuasiyasi va tiplari, emansipasiya, xobbi, reaksiyalari va uning
xususiyatlari. tarbiyaga individual yondoshish, tarbiyasi kiyin o’smirni kayta tarbiyalash,
mexnatni mazmunini akd bilan boyitish. o’smirlikning utish davri. usmirlik davridagi
deviant (ogish) xulk-atvor. deviant xulk-atvor mexanizmalari.
Ma’lumki keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda usmirlar orasida uydan
ketib kolish. ya’ni daydilik ommaviy tarzda ro’y bermokda. Shu bilan birga sosial hatti-
xarakatlar, agressivlik, beshafkatlik. alkogolizm muammolari ko’rina boshlandi. Zero,
oilada, o’kuv guruxida. ishlab chikarishda, urtoklar doirasida, «kiyin» xarakterli shaxs
uchrasa, bu holat kanday oqibatlarga olib kelishi xammaga ayon. Psixologlarning
aniklashicha, xarakterning yangi sifatlari yuzaga kelish va kiyinchilik ularning
mustahkamlanishi real vaziyatni takozo etadi. Shuning uchun hatti-harakat odatni, odat
esa xarakterni va xarakter takdirni yaratadi, degan fikr mavjud. Xarakter kandaydir
turgun va o’zgarmas narsa emas. O’smirlik yeshida xarakterning xususiyatlari odatda
«jiddiylashish», «boshqacha bo’lib kolish» tarzida ko’rinadiki, bu hol ijtimoiy
omillardan, ya’ni atrofdagilarga nisbatning murakkablashuvidan, jinsiy yetilish asosida
o’zgarishlarlan kelib chikadi. Xarakterdagi o’zgarishlarni yetarlicha xisobga olmaslik
ziddiyatli va nizoli munosabatlarni vujudga keltiradi. Shaxsning xarakteri jismoniy
yetuklik darajasiga yetgandan so’ng xam shakllanishda davom etadi. Birok shaxs
xarakterining negizi o’smirlik yoshidan tarkib topadi. Ayni shu davrda uning xarakterida
aksentuasiya tiplari xususiyatlari, jumladan emonsipasiya reaksiyasi tengkurlari bilan
chukurlanshsh reaksiyasi, ishtiyoq reaksiyasi (xobbi- reaksiya) va seksual mayl
shakllanishidagi reaksiyalar ustuvorlik kiladi.
Odatda aksentuasiya xarakterning shakllanish davrida rivojlanib, yosh ulgayishi
bilan «silliklashib» boradi. Aksentuasiya xarakter xususiyatlari har doim xam
ifodalanmasdan balki ayrim vaziyatlarda, ma’lum shart-sharoitlarda yuzaga chikishi
mumkin. Odatdagi sharoitda ifodalanmaydi, chunki unda ijtimoiy adaptasiya yo umuman
bo’lmaydi yoki kiska vakt muddatli bo’ladi. Xarakter aksentuasiyasining tiplari kisman
psixopatiya tiplariga o’xshash ammo ularni bir-biridan ajratib turuvchi muhim belgilari
xam bor. Psixopatiyada dekompensasiv, o’tkir affektiv va psixopatik reaksiyalar, ijtimoiy
dezadaptasiya xoxlagan ruxiy jaroxat turli kiyin vaziyatlarga, xar xil sabablarga hattoki
sezilmas asoslarga nisbatan paydo bo’ladi.
Aksentuasiyalarda «buzilish»lar faqat ma’lum turdagi ruxiy shikastlanishlarda,
ayrim kiyin vaziyatlarda, xususan ushbu tipning «eng kam karshilik kiluvchi joyiga»,
ya’ni «kuchsiz zvenosiga» karatilganda yuzaga chikadi. Yoinki, xar bir atentuasiya tipini
o’ziga xos «zaif joyi» mavjud yukoridagi fikrlar asosida xarakter aksentuasiyasiga
kuyidagicha ta’rif berish mumkin.