oshirilganda ham investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayoni ustidan olib
boriladigan monitoring ishlarining o’rni va ahamiyatini ham e’tiborga olish
lozimki, sifatli va maqsadli olib boriladigan monitoring natijalari loyihadagi
ko’pgina muammolarni bartaraf etishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, investitsiya loyihalarini amalga oshirish o’ziga xos
bilim va malakani talab etar ekan, o’z navbatida, loyihaga doir risklardan va ularga
tegishli barcha ma’lumotlardan xabardor bo’lish loyihaning muvaffaqiyatiga ijobiy
ta’sir etadi. Bu kabi ma’lumotlarga ega bo’lmaslik esa turli salbiy oqibatlarga,
hatto loyihani barbod bo’lishiga olib kelishi mumkin. Investitsion loyihalardagi
risklarning
mazmun va mohiyati, uning turlarini bilgan holda, undan kutiladigan
yo’qotishlarni kamaytrish chora-tadbirlarini qo’llash va shu yo’l bilan riskning
loyiha samaradorligiga ko’rsatadigan salbiy ta’sirini kamaytirish mumkin.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda
risklarni hisobga olish, aniqlash va ularni kamaytirish bo’yicha quyidagi takliflar
ishlab chiqildi:
1. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishg qabul qilishdan avval baholash
jarayonida loyihaga ta’sir ko’rsatuvchi turli xil
bozorlarga xos omillarni
mukammal darajada o’rganish va tadqiq qilishga e’tiborni kuchaytirish va uni
takomillashtirib borish lozim.
2. Investitsiya loyihalari bo’yicha risklarni tahlil qilishda moliyaviy va
iqtisodiy samaradorlikni keltirib chiqaruvchi omillar tarkibida texni va texnologik
omillar ta’sirini kuchli o’rganib chiqish, jumladan, ishlab chiqarishga tadbiq
etiladigan texnologiyaning ichi bozor darajasida emas, balki xalqaro bozor
miqyosidagi raqobatbardoshligini o’rganish va baholash zarurdir.
3. Bankka investitsiya loyihasi bo’yicha kredit ehtiyojini bildirib murojat
qilgan loyiha buyurtmachisidan uni amalga oshirishning turli bosqichlarida ishtirok
etuvchi tomonlar bilan imzolanadigan shartnomalarda bank ularning loyihadagi o’z
ishtiroki segmenti bo’yicha riskli oqibatlarni keltirib chiqarishi bo’yicha mas’uliyat
va javobgarliklarini belgilash va oshirishni kiritishni
talab qilish maqsadga
muvofiqdir.
4. Respublikamizda bozor infratuzilmasini, ayniqsa, uning bir tarmog’i
bo’lgan sug’urta sohasini rivojlantirish zarur. Chunki sug’urta sohasini
rivojlantirmay turib, investitsiya faoliyatini rivojlantirib bo’lmaydi. Sug’urta
tashkilotlari investitsiya faoliyati ishtirokchilarini turli risklardan himoya qilishlari
va shu yo’l bilan risklarni boshqarishda bevosita ishtirok etishlari zarur.
5. Loyihalarni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash bo’yicha ish olib boradigan
professional loyiha-injiniring kompaniyalari tizimini yaratish lozim. Chunki
texnik-iqtisodiy asoslash yordamida sarflangan mablag’ni qaytib kelishiga ishonch
hosil qilish mumkin. Texnik-iqtisodiy asoslash muvaffaqiyatli bajarilganda, loyiha
ishtirokchilariga loyiha bo’yicha barcha ma’lumotlarni aniq va to’liq ravishda
berish mumkin va shu yo’l bilan bir qator noaniqliklarni hamda risklarni oldini
olish mumkin.
6. Loyiha risklarini alohida turi bo’yicha kamaytirish mumkin. Masalan,
bizning respublikamiz uchun eng ahamiyatli risklardan biri bo’lgan valyuta riskini
kamaytirish uchun, kredit bo’yicha foizlarni belgilangandek har olti oyda yoki har
chorakda emas, balki har oyda to’lashni tashkil qilish kerak. Bu kundan kunga
valyuta kursi oshib borayotgan sharoitda foydali hisoblanadi. Agar mijoz olti
oydan keyin to’layman, deb mavjud mablag’ini
saqlab tursa, bu mablag’ o’z
qadrini ma’lum darajada yo’qotadi. Ayniqsa, mavsumiy mahsulot ishlab
chiqaruvchi mijozlar uchun foizlarni mavsum vaqtida har oyda to’lashni tashkil
qilish, qolgan oylarda esa qarz bo’yicha foizlarni to’lamaslikka rozi bo’lish kerak.
7. Sotish riskini kamaytirish uchun, loyihani amalga oshirishdan avval chuqur
marketing tadqiqotlarini o’tkazish, mahsulot o’rnini bosuvchi tovarlarni, ular
bahosini, mahsulotning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish kerak.
8. Loyiha risklarini pasaytirish maqsadida investitsiya loyihalarini
ekspertizadan o’tkazish va moliyalashni tashkil etish bo’yicha tijorat banklarining
maxsus xizmatlarini mustahkamlash maqsadga muvofiqdir. Jumladan:
- loyiha risklarini pasaytirish maqsadida investitsiya loyihalarini
ekspertizadan o’tkazish jarayonini kuchaytirish, ya’ni loyihalarning moliyaviy,
iqtisodiy,
samaradorligini aniqlash, ekologik va ijtimoiy tahlil qilish, ekspertiza
o’tkazuvchi muassasalar mas’uliyatini kuchaytirish;
- investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni tashkil etish bo’yicha tijorat
banklarining maxsus xizmatlarini mustahkamlash, xususan, bu borada jahon
tajribasidan unumli foydalanish, maxsus xizmatlarni tashkil etish uchun malakali
kadrlar bilan ta’minlash va boshq.;
- loyiha risklarini pasaytirish maqsadida investitsiya
loyihalari ekspertizasi
bilan bog’liq qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va
mustahkamlash, yangi qonunlar qabul qilish, tegishli qonun hujjatlariga
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;
9. Xorijlik ta’minotchilar tomonidan sifatsiz uskunalar va mexanizmlar
etkazib berilishining oldini olish maqsadida xorijiy banklardan etkazib
berilayotgan uskuna va mexanizmlarning sifati yuzasidan beriladigan kafolatlarini
olish lozim.