Milliy tadqiqot universiteti


Bugalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to’g’risidagi nizomi



Yüklə 48,49 Kb.
səhifə2/8
tarix18.05.2023
ölçüsü48,49 Kb.
#116369
1   2   3   4   5   6   7   8
Shodimurotova Nozima

1.Bugalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to’g’risidagi nizomi.
Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni asosida ishlab chiqilgan va hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish, hamda hujjatlar aylanishini amalga oshirish bo‘yicha yagona tartibni belgilaydi.
1.Mazkur Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarga (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) tatbiq qilinadi (keyingi o‘rinlarda — korxonalar).
2.Korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan barcha xo‘jalik operatsiyalari tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar boshlang‘ich hisob hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi va ular asosida buxgalteriya hisobi yuritiladi.
3.Tegishli texnik vositalar mavjud bo‘lganda boshlang‘ich hujjatlarni va registrlarni axborot tizimlari xizmatlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda mazkur Nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi lozim.
4.Texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzilgan birlamchi hujjatlar va registrlar buxgalteriya hisobida tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Elektron hujjatlarni saqlash chog‘ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
5.Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish sharoitida boshlang‘ich hujjatlar rekvizitlari kodlar ko‘rinishida qayd etilishi mumkin. Bunda elektron shaklda tuzilgan boshlang‘ich hujjat va registr, elektron raqamli imzo haqidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq uning to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.


Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish hamda saqlash tartibi

Boshlang‘ich hujjatlar quyidagi majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim:


a) korxonaning nomi;
b) hujjatning nomi va raqami, uning tuzilgan sanasi va joyi;
v) xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov birliklarini ko‘rsatgan holdagi miqdor o‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda);
g)xo‘jalik operatsiyasini amalga oshirgan shaxslarni (shaxsni) identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflarini yoxud boshqa rekvizitlarini ko‘rsatgan holda lavozimlari va imzolari.
Boshlang‘ich hujjatlar elektron shaklda tuzilgan hollarda, ular mazkur Nizom va elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim.
Mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan boshlang‘ich hujjatlar, amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish uchun asos bo‘ladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar ularning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardir.
Boshlang‘ich hujjatlar mazkur Nizom talablariga rioya qilgan holda korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan blankalarda yoki qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan boshqa shakllarda tuziladi.
Boshlang‘ich hujjatlardagi yozuvlar ularni arxivda belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlaydigan siyoh, sharikli ruchka pastasi, yozuv mashinalari, mexanizatsiya vositalari va boshqa vositalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Boshlang‘ich hujjatlar va registrlardagi bo‘sh qatorlar chizilishi shart.
Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
Kassa operatsiyalarini, tovar-moddiy qiymatliklar bilan operatsiyalarni, kredit va hisob-kitob majburiyatlarini amalga oshirganlik faktlarini qayd etuvchi boshlang‘ich hujjatlarni tuzish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha talablar Buxgalteriya hisobining milliy standartlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Buxgalteriyaga kelib tushadigan boshlang‘ich hujjatlar shartli ravishda tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruv shakl bo‘yicha (hujjatlarni rasmiylashtirish, rekvizitlarni to‘ldirishning to‘liqligi va to‘g‘riligi), mazmuni bo‘yicha (hujjatlashtirilayotgan operatsiyaning qonuniyligi, alohida ko‘rsatkichlarning mantiqiy bog‘lanishi) amalga oshiriladi.
Qonunchilik hujjatlariga va pul mablag‘lari, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni qabul qilish, saqlash va sarflash bo‘yicha belgilangan tartibga zid bo‘lgan boshlang‘ich hujjatlar kelib tushganda, ular korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslarga qaror qabul qilish uchun topshirilishi kerak.
Tekshiruvdan o‘tgan boshlang‘ich hujjatlar ularning qayta qo‘llanilishini istisno etuvchi belgiga ega bo‘lishi lozim:
a)qo‘l yordamida ishlovdan o‘tkazilganda — hisob registriga yozilgan sanani ko‘rsatish orqali;
b)texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalardan foydalangan holda ishlovdan o‘tkazilganda — ishlovdan o‘tkazish bo‘yicha mas’ul operator shtampini qo‘yish orqali.
Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar hamda ish haqini hisoblash uchun asos bo‘lgan hujjatlar albatta “Olindi” yoki “To‘landi” shtampini qo‘yish yoki qo‘l yozuvini kiritish orqali sanasini (oy, kun, yil) ko‘rsatish lozim.
Buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun hisobga qabul qilingan boshlang‘ich hujjatlardagi axborotlar hisob registrlarida yig‘ib boriladi va tizimlashtiriladi.
Korxona tomonidan muayyan davr (oy, chorak, yarim yillik, yil) davomida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari haqidagi ma’lumotlar guruhlashtirilgan holda hisob registrlaridan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tuziladigan moliyaviy hisobotlarga o‘tkaziladi.
Bunda korxonalar qo‘llayotgan buxgalteriya hisobi registrlarini o‘z faoliyatining xususiyatlariga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilgan holda, mustaqil moslashtirishlari mumkin.
Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlaridagi matn va raqamlarni o‘chirishga va izoh berilmagan tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Boshlang‘ich hujjatlardagi (bank va kassa pul hujjatlaridan tashqari) xatoliklar quyidagicha tuzatiladi:
a) xato matn yoki summalar chiziladi va chizilganning yuqori qismidan to‘g‘ri matn yoki summalar yoziladi;
b) chizish bitta chiziq bilan amalga oshiriladi va unda tuzatilayotgan xatoni o‘qish imkoniyati bo‘lishi lozim.
Boshlang‘ich hujjatda tuzatilgan xatolarga “tuzatildi” yozuvi bilan izoh berilishi, hujjatni imzolagan shaxslar imzosi bilan tasdiqlanishi hamda tuzatish sanasi qo‘yilishi lozim.
Boshlang‘ich bank va kassa pul hujjatlarida tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari va moliyaviy hisobotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat davomida saqlanadi. Elektron shakldagi boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari va moliyaviy hisobotlar, agar qonunchilik hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, qog‘oz shaklidagi aynan shu maqsaddagi hujjatlar uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanadi.
Boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlar buxgalteriyada maxsus xonalarda yoki yopiladigan javonlarda korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilangan shaxslar tomonidan vakolat bergan shaxslar javobgarligida saqlanishi lozim.
Muayyan hisob registriga tegishli bo‘lgan, ishlov berilgan joriy oyning boshlang‘ich hujjatlari xronologik tartibda jamlanadi.
Kassa orderlari, bo‘nak hisobotlari, bank ko‘chirmalari ularga taalluqli bo‘lgan hujjatlar bilan birgalikda xronologik tartibda yig‘ilishi va muqovalanishi kerak.
Hujjatlarning ayrim turlari (ish naryadlari, smena raportlari) muqovalanmasdan, lekin ularning yo‘qolishi yoki suiiste’mol qilinishining oldini olish maqsadida yig‘majildlarga tikilgan holda saqlanishi mumkin.
Korxonalardan boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlarni olib qo‘yish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Hujjatlarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, prokuratura idoralari va sudlar tomonidan olib qo‘yishlar, mazkur idoralarning O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonunchilik hujjatlariga muvofiq ravishda rasmiylashtirilgan qarorlari asosida amalga oshiriladi. Olib qo‘yish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning nusxasi, korxonaning tegishli mansabdor shaxsiga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi.
.


Yüklə 48,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin