Hujjat aylanishlar tizimini asosiy tavsiflanshi- hujjat aylanishlar tizimining asosiy farq qiluvchi qirralarini ko’rib chiqamiz.
Ularni tavsiflashda tizimlarning oddiy hujjat aylanishlarga taalluqli bo’lgan xususiyatlarini tashlab o’tamiz. Bunday xususiyatlarga misol sifatida Microsoft-
office ilovalari bilan integratsiyalarni, hisobotlarni generatsiya qilish, izlashni standart vositalarini kiritish mumkin. U yoki bu standart funktsionallik qandaydir
aniq bir mahsulotning kuchli yoki aksincha kuchsiz tomoni bo’lgan holdagina ko’rib
o’tiladi.
Tashqi hujjat aylanishlar -Ma’lumki, tashkilotlarning turli xil elektron hujjat aylanish tizimlaridan (EHT) foydalanishi ular o’rtasida korrespodentlar ayirboshlashda bir muncha murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Ikkita turli tashkilotlar o’rtasidagi hujjat
aylanishlar hozirgi kunda ham asosan qog’ozli ko’rinishda amalga oshiriladi ,bu esa xizmatchi axborotlarni tezkor ayirboshlashda turli murakkabliklarni yo`zaga keltiradi. Shy ko`ngacha bu jarayon quyidagi ko’rinishda amalga oshirilib kelinadi: biron tashkilotning EHTda yaratilgan hujjati qog’ozli tashuvchilarga chiqarilib, ikkinchi tashkilotga kurer yoki oddiy pochta orqali etkazib beriladi va u erda skaner qilinib, o’sha tashkilotga tegishli EHTga kiritiladi. Har bir tashkilotping o’z
avtomatlashtirilgan hujjat aylanish tizimiga egaligi e’tiborga olinsa, tashqi muloqot uchun mo’ljallangan har bir hujjat yuqorida keltirilgan jarayonga bir necha marta jalb qilinadi. Yangi XML-formatini paydo bo’lishi, elektron hujjat aylanish yagona
tizimiga o’tishni joriy qilishda kata istiqbolli variant hisoblanib, tashkilotlarni o’z hamkorlari,o`zoqdagi shahobchalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan aloqalaridagi samaradorlikni tabiiy ravishda ko’taradi.
Aniq amalga oshirishlarda bu chizmadagi ba’zi kompopentlar ishtirok
etmasligi yoki aksincha, bir nechta nushalarda ishtirok etishi mumkin. Hujjat aylanish tizimini tanlash tashkilotni rivojlantirish umumiy strategiyalarining tuzilishi va boshqa bir qancha omillarga bog’liqdir. Biroq, har qanday holatda ham,
elektron hujjat aylanishlar tizimidan foydalanish qog’ozli hujjatlarga harajatlarni qisqartirishga, axborot oqimlarini tezlashtirishga, shuningdek, ularni korporativ madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.