Harbiy k o ‘nikma va m alakalam i shakllantiruvchi oyinlar:
«Qorako‘z bo‘y-bo‘y», «Т1М», «Urush-urush», «Asir olish»,
«Nomer chaqirish», «Qo‘riqchi va qaroqchi», «Otishma»,
«Ko‘chma nishon», «Nishonga ur», «Ovchilar va o‘rdaklar»,
«Qubba».
Xalq sayllari va marosimlarda о ‘tkaziladigan harakatli о ‘yinlar:
«Olamon poyga», «Uloq», «Qiz quvlash», «Cho‘nka shuvoq»,
«Cho‘pon», «Olib qochar».
0 ‘zbek xalq o‘yinlarida kasalliklami davolash uchun va o‘rga-
tish jarayonida keng ko‘lamda foydalanish murnkin. Kasallikni
oldini olish uchun qo‘llaniladigan o‘yinlar bilan kasaidan chiqqan
odamda qo'llaniladigan о‘yinlar farqini bilish juda zarur. Chunki
ularni jismoniy yuklanishi (nagruzkasi) bir-biridan ajralib turishi
darkor. 0 ‘rgatish jarayonida esa ko‘nikma va malakalami shakl-
lantirishga muvofiq o‘yinlar tanlab beriladi.
Yuqoridagilarni nazarda tutib o ‘zbek xalq o‘yinlarini quyidagi
toifalarga ajratish mumkin:
1. Harakat sifatlarini rivojlantiruvchi o‘yinlar.
2. Darsning ayrim qismlarida qo‘llaniladigan o‘yinlar.
3. Turli yoshdagi bolalar faoliyatida qo‘llaniladigan o‘yinlar.
4. Bolalar jinsiga qarab qo'llaniladigan o‘yinlar.
5. Ruhiy hissiyotlami rivojlantiruvchi o‘yinlar.
6. Yomg‘ va qorong‘i sharoitlarda qo‘llaniladigan o‘yinlar.
7. Hayotiy zarur malakalami egallashda yordam beruvchi va
takomillashtiruvchi o‘yinlar.
8. Sport faoliyatida qo‘llaniladigan o‘yinlar.
Shu tavsiflarni ochib berish masalalarini keyingi sahifalarda
ko‘ramiz.
Alohida shuni ham ta’kidlash joizki, aksariyat xalq harakatli
o'yinlari o‘z moliiyati va mazmuni bilan mehnat va turli kasb
ko'nikmalari, odob-axloq, ma’naviy-madaniy qadriyatlar, ong,
xotira, diqqat, tafakkur, tasawur, idrok kabi hislatlami shakl-
lantirishda muhim rol o'ynaydi.
Bunday o‘yinlarni ilmiy asosda yanada shakllantirish va ta’lim
muassasalari va dam olish-soglomlashtirish maskanlarida o‘tkazi-
ladigan mashg‘ulotlar, turli bayram tantanalari, to‘y-tomoshalar
va sayllar kabi tadbirlarda ulardan keng foylanish milliy qadriyat-
larimizni tiklash, sayqal topishiga turtki beradi, yosh avlod ma’-
naviyati, kuch-qudrati, jismoniy va ruhiy imkoniyatlarini
charxlaydi.
Ma’lumki, yurtimizda odil, demokratik davlat va fuqarolik
jamiyati qurish sari shahdam qadam qo'yilayotgan hozirgi sharoitda
erkin shaxs tarbiyasida «Sog‘lom avlod» va «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi», «Barkamol avlod davlat dasturi», «Mustahkam
oila», «Obod turmush», «Sog‘lom bola» yili davlat dasturlarini
amalga oshishi erkin, farovon va sog‘lom turmush tarziga yangicha
tafakkur bilan yondashish imkoniyatini berdi. Eng oddiy va ayni
paytda eng murakkab masala — insonning sog‘lom va farovon
turmush tarzini ta’minlash ekanligi isbot talab qilmaydigan haqi-
qatga aylandi.
Jamiyat a’zolarining ma’naviy qiyofasini shakllantirish, g‘uru-
rini uyg‘otish, iftixor tuyg‘usini tarbiyalash milliy qadriyatlarga
tayangan mafkuraga asoslanadi. Mustaqillik, yangilangan ruhiyat,
ayniqsa o‘sib kelayotgan yoshlar ongida dunyoga ilmiy asosda
qarash imkoniyatini berdi. Axloqiy tarbiya negizida marosimlar,
urf-odatlar va an’analarga yangicha munosabat tuyg'usi shakllandi.
Bunday munosabatlarni shakllantirishda o‘zbek xalq harakatli
o‘yinlarining o‘ziga xos o‘mi bor.
Pedagogik va psixologik adabiyotlar tahlili hamda bizning
kuzatuvlarimiz shu narsani ko‘rsatadiki, mustabid davrda o‘zbek
xalq o‘yinlariga e’tibor berilmagan. Bugun milliy istiqlol mafku-
rasining «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo
etish», degan bosh g‘oyasini har bir insonning ongi-shuuriga singib
borishi yoshlarda o‘zbek xalq harakatli o‘yinlariga yangicha yon-
dashuvni, yangicha tafakkur tahlilini talab etmoqda.
Pedagogik va psixologik izlanishlar shu narsani ko'rsatmoqdaki,
told ta’lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarga alohida tizim yaratilmas
ekan, o'zbek xalq harakatli o‘yinlarini tarbiyaviy samaradorligi,
ma’naviy-axloqiy va estetik qiymati to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin
emas.
Shunday ekan, uzluksiz pedagogik ta’limni tashkil etish va
rivojlantirishda ushbu muammoni ilmiy jihatdan to ‘liq o‘z
yechimiga ega bo‘lishi kun tartibiga qo‘yilgan dolzarb vazifaga
aylanmog‘i lozim.
0 ‘zbek xalq harakatli o‘yinlari — bolaning hamma jismoniy
xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirish, sog‘lom hayot kechi-
rishning afzalliklari, shart-sharoitlari, tashabbuskorligini oshirish,
harakat faoliyatiga bo'lgan tabiiy mtilishlarini shakllantirish vositasi
bo‘lib xizmat qiladi.
Harakatli o‘yin odamlarga xos faoliyatning qiziqarli shakl-
laridan biridir. 0 ‘yin tushunchasi yosh bolaning shaqildok bilan
bajaradigan oddiy harakatlaridan tortib, kattalarning o‘zbek jang
san’ati, kurash, ko‘pkari va boshqa juda ko‘p sport turlarida amal-
ga oshiradigan jismoniy faoliyatlarni o‘z ichiga oladi.
Harakatli o‘yinlar muayyan maqsadga erishishga qaratilgan
ma’lum qoidalarga amal qilinadigan ongli faoliyatdir. O'yinda,
qandaydir moddiy boyliklar ishlab chiqarilmaydi. 0 ‘yinlar shaxs
ruhiyatiga ta’sir etuvchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mujassam-
lasligan ta’lim-tarbiya jarayonidir. Bu jaravonning asosini tashkil
etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishiga, harakat
ko'nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning
funksional faoliyatini oshirishga va hissiy quvnoqlik tuyg‘ularini
kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir
etadi.
Harakatli o‘yinlar bolalarni «Hayotga tayyorlanish maktabi»
bo£lib, ulami jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
0 ‘yin bola ongi, tafakkurini o‘stirib, xotira, diqqat, irodasini
mustahkamlaydi, jismoniy, ruhiy, hissiy (emotsional) taraqqiy
ettirisliga xizmat qiladi.
Shuningdek, o‘yin bolani katta hayotga tayyorlashda mashq
vazifasini bajarib, kelajakda hayotda duch kelinadigan turli
holatlarga ma’naviy tayyorlaydi. «Agar bola o‘yinda halol o‘ynasa,
keyinchalik hayotda ham halol bo‘ladi», yoki «Bolaning o‘yindagi
harakatiga qarab, uni qanday odam bo‘lishini aytish mumkin»,
degan naqllar bekorga aytilmagan.
Qisqa qilib aytganda, o‘yin bolalarda ijodiy faollik, tashab-
buskorlik, tashkilotchilik va boshqa ko‘nikmalami rivojiantirishda
muhim vosita hisoblanadi. 0 ‘yinlar tufayli bolalarda ulami o‘rab
turgan dunyoni tushunish va unga ta’sir qilish ehtiyoji shakllanadi,
aqliy, axloqiy, irodaviy va jismoniy sifatlari shakllanadi, bir so’z
bilan aytganda, o‘yin yordamida inson tarbiyalanadi, shaxs sifatida
shakllanadi.
Harakatli о‘yinlar nafaqat bolalar, balki katta yoshdagi kishilar
hayotida ham muhim o‘rin tutadi. Agar о‘yinlar bolalarning ruhiy
va jismoniy rivojlanishi, hayotga tayyorlanishi uchun kerak bo’la-
digan bo‘lsa, katta yoshdagilar uchun ular bo‘sh vaqtlarini maz-
munli va qiziqarli o‘tkazish, hordiq chiqarish, sog‘liqlarini mustah-
kamlash, chiniqishlari uchun hissa qo‘shadi.
Harakatli o‘yinlarning ustuvorligi va hammabopligi shundaki,
ulardan yil davomida, turli shart-sharoitlarda va ishtirokchilar
yoshiga qarab mazmunan o‘zgartirilgan hamda tabaqalashtirilgan
holda foydalanish mumkin. Ana shu xususiyatlarni e’tiborga olgan
holda xalq harakatli o‘yinlami tarixiy-ijtimoiy nuqtayi nazaridan
quyidagicha tasniflash mantiqiy to‘g‘ri bolishi mumkin deb
belgilandi.
Ushbu tasniflanishi muvofiq moslashtirilgan mazkur harakatli
o‘yinlar, bir tomondan, bolalami yil davomida soglomlashtirish
imkoniyatini kengaytiradi, ikkinchi tomondan, ularda shu о‘yinlar
orqali jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish ehtiyojini hamda
motivatsiyasini kuchaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |