Педагогические основы оздоровительной
направленности учебно-воспитательного процесса в общеразвивателышх
школах Узбекистана: Автореф. дис... д-ра пед. наук. — Т., 2000. — 60 с.
7.
Usmanxodjayev T.S. va boshqalar.
1001 o‘yin. — Т.: Ibn-Sino, 1990. — 350 b.
8.
Usmanxodjayev T.S., va boshqalar.
Harakatli o‘yinlar. — Т.: 0 ‘qituvchi,
1992. - 80 b.
9.
Usmanxodjayev T.S., va boshqalar.
500 mashq va harakatli o‘yinlar. — T.
1999.- 6 0 b.
10.
Usmonxodjayev T.S.va boshqalar.
Bolalar va o‘smirlar sporti asoslari.
— Т.: Zamon-Poligraf, 2014. — 189 b.
11.
Qurbonova M.A., Qosimova M.U.
Milliy va harakatli o‘yinlar: 0 ‘quv-
uslubiy qo‘Hanma. Т., 2009. — 66 b.
12.
Шарапова Д.Д. и др.
Охрана здоровья школьников. — Т.: Медицина,
1984. - 100с.
13.
Шарыпова Д.Д.
Школьник и его здоровье. — Т.: Медицина, 1987. —
160с.
/
2-BOB
XALQ HARAKATLI G‘YINLARINING MOHIYATI
VA TASNIFIY XUSUSIYATLARI
2
.
1
.
0 ‘yinlaraing tavsifl
« 0 ‘yin nima?» yoki «Siz o'yinning nimaligini bilasizmi?»,
«Qanday o‘yinlar sizga yoqadi?». Darhaqiqat bunday savollar qan-
chalik ko‘p va g‘alati tuyulmasin, har bir inson «o‘yin»ni o‘zicha
talqin qiladi.
Yuqoridagi qator savollarga javob topish uchun, awalo, o‘zbek
tilida nashr qilingan lug‘atlarga murojaat qilamiz. 0 ‘yin motiv
natijasida emas, balki shu jarayonning o‘zidan iborat faoliyat
turi. Kishilik jamiyati tarixida о‘yin sehrgarlik, diniy marosim
va boshqalar bilan qo‘shilib ketgan: sport, harbiy va boshqa
mashqlar, san’at (ayniqsa, uning ijro shakllari) bilan uzviy
bog‘langan. Bolalar tarbiyasi, ta’limi ham rivojlanishda, ularni
kelgusi hayotga psixologik jihatdan tayyorlash vositasi sifatida
muhim ahamiyatga ega.
«U kim? Bu nima?» — o‘yini haqida «Bolalar ensiklopediyasi»da
quyidagicha ta’riflanadi: «Qachonlardir, o‘tmishdoshlarimiz ov
yoki jangga jo'nashdan oldin jangovor raqs va о‘yinlar tashkil
etishgan, nislionga olishda, chaqqonlik va kuch sinashda muso-
baqalar uyushtirishgan.
Bunday mashqlar ularga dushman ustidan g‘alaba qozonishga
ham yordam bergan.
Siz katta bo‘lganingizda kim bo‘lishingizdan qat'i nazar —
shil'okor yoki shofyonni, operator yoki konstruktormi, o‘qituvchi
yoki sinovchi-uchuvchimi, foydali, hushchaqchaq, qiziqarli
o‘yinlarga albatta, zarurat sezasiz», deb izoh berilgan.
«Ruscha-o‘zbekcha lug‘at»da «igra» — o‘yin, o'ynash shaklida
berilgan bo‘lib, quyidagicha izohlangan: 1. 0 ‘yin o‘ynash — bolalar
o‘yinlari; koptok o‘yini; shaxmat o‘yini. 2, Jilva — tovlanish,
yaltirash. 3. Jimirlash ~ vijillash, chaynash, mavj. 4. Mashq —
chalish, ijro (cholg‘u asboblarida). 5. Ijro etish — ijro, o‘yin,
o‘ynash (aktyorlar, aktrisalar haqida). 6. Pinhoniy xatti-harakatlar
— nihoyat, Myla.
0 ‘yin haqidagi yanada aniqroq ma’lumotni « 0 ‘zbek tilining
izohli lug‘ati»dan topamiz. « 0 ‘yin. 1. Ko'ngil ochish, dam olish
maqsadida qilinadigan erkin harakat yoki mashg‘ulot, Bolalar
o‘yini. Loy o'yini, ermak uchun loydan turli narsalar yasash.
2. Boshqalar bilan musobaqa qilish uchun ma’lum qoidalar asosida
o‘tkaziladigan mashg‘ulot va shu kabilar».
Yuqoridagi manbalarda «o‘yin» haqida qanchalik ta’rif, izoh
berilmasin, «o‘yin»ning ma’nan mohiyati to ‘laqonli o‘zining
in’ikosini topgan emas, chunki o'yinga boshqa fan sohiblari o‘z
nuqtayi nazarlarini bildirishgan. Holbuki, «o‘yin» jismoniy tarbiya
va sport mutaxassislari tomonidan o‘z ta’rifini topgan.
0 ‘yin — tarixiy, ijtimoiy, falsafiy tushunchalardan iborat bo‘lib,
turli xil harakatlardan iborat bo‘lgan murakkab harakatli faoliyatdir.
0 ‘yin insonlarga xos faoliyatning muayyan shakllaridan biridir.
« 0 ‘yin» tushunchasi go'dakning shiqildoq bilan bajariladigan
oddiy harakatlaridan tortib, sport turida (basketbol, gimnastika,
kurash va shu kabilar) amalga oshiriladigan jismoniy faoliyatlami
o‘z ichiga oladi.
0 ‘yin shartli qo‘yilgan maqsadga erishishga qaratilgan fao
liyatdir. 0 ‘yinda qandaydir moddiy boyliklar ishlab chiqilmaydi.
0 ‘yinning maqsadi o ‘zida. Chunki u shaxsning tarbiyasi va
shakllanishiga umumiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, o‘yin har doim
pedagoglar, psixologlar, faylasuflar, san’atshunoslar, tibbiyot
xodimlari va boshqalar diqqatini o‘ziga tortib kelgan.
0 ‘yin — tarixan tarkib topgan ijtimoiy hodisadir. Masalan,
bolalar о‘yinlari, stol ustidagi o‘yinlar, jo‘r bo‘lib aytiladigan o‘yin-
lar, harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari va hokazo. 0 ‘yin o‘zini
anglash, ko‘ngil ochish, dam olish vositasi, jismoniy va umum-
ijtimoiy tarbiya, sport vositasi bo‘lishi mumkin.
0 ‘yin madaniyat unsuri sifatida jamiyatdagi barcha mada-
niyatlar bilan birgalikda rivojlanadi, ular bolalar va o‘smirlarni
tarbiyalashning foydali vositasidir.
U hamma vaqt ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan va ttirli-tuman
ko‘rsatmalar hamda rang-barang mavzudagi faohyatni ifodalaydi.
0 ‘yin faoliyati, o‘yin — mehnat bilan bolalik yoshidayoq umu-
miylikka egadir.
0 ‘yin - juda hissiyotli faoliyat, shuning uchun u bolalar va
yoshlaming tarbiyaviy ishlarida jiddiylikni talab etadi. Katta doira-
dagi xalq o‘yinlari bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalgan.
Xalq o‘yinlarining o‘ziga xos xususiyati harakatning o‘yin ma/mu-
nida yaqqol ajralib turishidadir (yugurislilar, sakrashlar, uloqti-
rislilar, tashlashlar va boshqalar). Bu harakat faoliyatlari ulaming
syujetlarida motivlashgan (mavzu, g‘oyalar). Ular o‘yin maqsadiga
erishish yo‘lida qo‘yilgan turli xil qiyinchiliklar, to‘siqlami bartaraf
etishga yo‘naltirilgan.
Bolaning o‘sishi va rivojlanishi bilan o‘yinning mazmuni
o‘zgaradi, o‘yin faoliyati dastlabki bosqichlarda oddiy bo‘lsa, keyin-
chalik u bosqichma-bosqich boyib boradi va murakkablashadi.
Milliy kurashda «o‘yin» atamasi polvonlarning bir-birlariga
qo‘l silkitib yoki sakrab, yengil harakat qilishlari ma’nosini ang-
latadi. «Polvonlar, o‘ynab-o‘ynab olinglar», deganda shu ma’no
tushuniladi. «Nima uchun xalq o‘yinlari yoki o‘zbek xalq o‘yinlari»
deb ataladi? Buning uchun xalq so‘zining lug‘aviy ma’nosini topi-
shimiz zarur.
Demak, yuqoridagi qomuslardan m a’lum bo‘ldiki, xalq
so‘zining lug‘aviy ma’nosini tilimizda el, elat, millat, aholi, xaloyiq,
olomon, bir guruh kishilar ma’nolarini ariglatadi va amalda
qo‘llaniladi, bu tilimizdagi rang-baranglikka xos xususiyatdir.
Binobarin, «o‘zbek xalqi» iborasi o‘rni kelganda, o‘zbek eli, o‘zbek
elati, o‘zbek millati deyilishi mumkin, bu hech qanday til qonun-
qoidalariga va mantiqqa zid emas.
«Xalq» so‘zi atama sifatida o‘zining qat’i belgilangan ma’no-
mohiyatiga ega. Fikrimizning isboti uchun bir necha qiyosiy misol-
lar keltiramiz. 0 ‘zbek xalqi yoki o‘zbek xalq o‘yinlari deganda,
0 ‘zbekistonda va boshqa mamlakatlar-u mintaqalarda yashovchi
barcha o‘zbeklami yoki o‘zbek xalq o‘yinlarini tushunish kerak.
0 £zbekiston xalqi yoki 0 ‘zbekiston xalqlari o‘yinlari deganda,
faqat respublikamizda yashovchi barcha aholini yoki barcha xalqlar
o‘yinlarini tushunmoq kerak. Chunki ular orasida o‘zbeklardan
tashqari turli xalqlar, fuqaroligi yo‘q yoki fiiqarolikdan mahrum
etilgan kimsalar, muhojiriar, chet el fuqarolari va shu kabilar
ham bolishi tabiiydir. Xullas, 0 ‘zbekiston xalqi deganda respub-
likada yashovchi yalpi aholi yoki o‘zbek xalq o'yinlari deganda
faqat o‘zbek xalqiga tegishli bo‘lgan o‘yinlami tushunmoq joizdir.
Qadim vaqtlardan beri xalq hayotiy mazmunining siyosiy, iqtisodiy,
madaniy, inaishiy tomonlarini o'zida mujassamlashtirib kelgan
narsa — bu o‘zbek xalq o‘ymlari va jismoniy mashqlar edi. Ilk
zamonlarda ulaming aksariyati mol boqish, yovvoyi hayvon, qush
va baliqlami ovlashga qaratilgandi. Tariximiz ohangraboligini hech
qachon yo‘qotmagan. Istiqlolga erishgunga qadar biz xalqimizning
juda ko‘p shonli an’analarini boy berdik, lekin an’anaviy xalq
o'yinlari va milliy sport turlari batamom yo'qolib ketmadi. Uni
xalq o‘z farzandini e’zozlagani kabi avaylab, ishonch ko‘zi ila
saqlab keldi. Qanchalik taqiqlashlar, ta’qiblar bo‘lmasin, ular
kattalardan kichiklarga, avloddan avlodga o‘tib kelaverdi. Ularni
bir yoki bir necha kishi yaratgan emas, uni xalq yaratgan,
shuning uchun ham yillar bo‘roniga dosh berib, asrlar osha
yashayveradi.
Xalqning har qanday o‘yini mehnat, turmush tarzi va tevarak-
atrof bilan uzviy bog‘langan. Bu ayniqsa, turli joylarda yasha-
yotgan o‘zbek xalqining o‘yinlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Masalan, hamma joyda uzoqni chamalab mo‘ljalga uloqtirish,
tashlash, irg‘itishlar mavjud, lekin tog‘lik o‘zbeklar nishonga yoki
uzoqqa tosh, tekislikdagilar esa kesak, loy, tayoq uloqtiradilar
(«Qadama tayoq», «Aniq mo‘ljalga», «Merganlar» va boshqa
o‘yinlar).
Xalq o‘yinlari azaldan insonning turmush tarzida o‘ziga xos
o‘rin tutib, bolalar va yoshlarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy
vositasi sanalgan. Jamiyat taraqqiyotining har bir davrida xalq
o'yinlari belgilangan maqsad va vazifalari bilan shu jamiyat man-
faatlari yo‘lida xizmat qilgan. 0 ‘zbek xalq o‘ymlari shu jamiyat
manfaatlari yo‘lida xizmat qilgan. 0 ‘zbek xalq o‘yinlari shu qadar
ko‘p bo‘lganki, bir qishloq o'yinlari ikkinchisidan, bir shahar
o‘yinlari boshqa o‘yinlardan farq qilgan. Tarixiy manbalarga qara-
ganda, o‘zbek xalqining milliy sport turlari va milliy ocyinlari
kishilarni faol, sermahsul ishlashga tayyorlagan. iBunda milliy
o‘zbek o'yinlarining umumiy miqdori, bilimdonlaming fikricha,
3—5 mingdan kam emas.
Bu o‘yinlarning har biri xalqimizning orzu-istaklari, umidlari,
quvonch-u tashvishlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Ular yillar
davomida shaklfanib, mukammal holga kelgan, ma’lum bir qoidaiar
asosida birlashtirilib, har xil turlarga ajratilgan. Xalq orasidagi
o'yinlar doimiy va mavsumiy bo'lib, hatto shahar va qishloqlarga,
kichik va kattalarga, kunduz va oqshomga xos xarakterga ega
bo£lgan (U.Qoraboyev, 1991).
Ma’lumki, barcha o'ynaladigan o'yinlar bilan bir qatorda, turli
kasb egalarining ham o‘ziga xos o‘yinlari bo‘lgan. Ba’zi tadqiqot-
chilar fikricha «uloq» (ko'pkari) o‘yini chorvadorlar orasida keng
tarqalgan ekan. Chorvadorlar orasida «ко'ркап» (uloq), «junto1 p»,
«chimto£p», «podachi» kabi o‘yinlar o‘ynalgan (ko£pgina sharq
xalqlarida, jumladan, o£zbek chorvadorlari orasida keng tarqalgan
«chovgan», «chimto£p» o£yini asosida hozirgi vaqtda butun dunyo-
da o‘ynalayotgan «Chim ustida xokkey» sport turi vujudga kelgan).
Ocyin jarayonida bolalar dunyoni anglabgina qolmay, balki
turii vaziyatlarda mustaqil harakat qilishni o‘rganadilar. 0 £yin
bolalar harakatining faol ko‘rinishlaridan biridir.
Harakatchan o'yinlar ko£pchilik va yakka o'yinlarga bo'linadi.
Ko£pchilik ichida o'ynaladigan o‘yinlar axloqiy ahamiyatga ega
bo‘ladi. Yakka harakatchan o‘yinlarda bola sharoit va maqsadni
o'zlashtirishi, muvofiq yo£lni o£zi tanlashi mumkin (A.K. Atayev,
1990).
0 ‘yinlarda, asosan, sog‘lom, o£z kuchiga, imkoniyatlariga
ishongan bolalar ishtirok etishgan. 0 ‘yinlarda bolalarning yoshi,
jismoniy tayyorgarliklari ko£p hollarda hisobga olinmagan. O'yin
ishtirokchilari, asosan, bolalarning bo‘y-bastiga muvofiq tanlangan.
Chunki, bolalarning bo‘yi va gavdasining tuzilishi katta ahamiyat
kasb etgan.
Bolalar o‘yinlari ni harakatli o£yinlar va ma’naviy (so£z) o'yinlar
tarzida ikki guruhga ajratish mumkin.
Harakatli o£yinlarda biror predmet (o‘yinchoq) yoki so£z
(qo£shiq) hal qiluvchi rol o£ynaydi, ular butun o£yin davomida
boshqaruvchilik, vosita vazifasini bajaradi. «Chillak» o’yinida chillak
dasta va chillak, «Danak yashirish» o‘yinida danak harakatni bosh-
qaruvchi predmet hisoblanadi. «Oq terakmi, ko‘k terak?», «Boy
xotin», «Mehmonmisiz?» va boshqa talay o'yinlarda so‘z (qo‘shiq)
harakatni boshqaruvchi vositaga aylangan.
G. Jaxongirov (1975) o‘zbek bolalar milliy o'yinlarini tavsiflagan
bo‘lmasa-da, o‘zbek bolalar folklori materiallari asosida o‘yinlarda
folklor unsurlarining о‘mini shartli ravish da vazifalarga qarab ajrat-
di: qo‘l chaqqonligi o‘yinlari, topishmachoq, taqlid, quvlash
machoq, koptok o‘yinlari, chorvachilik, dehqonchilik, bog‘dor-
chilik, arg‘imchoq, suv o‘yinlari, she’riy va maishiy xarakterdagi
о‘yinlar.
Hozirgi kunda o‘yinlar ikki turga ajratiladi: harakatli o‘yinlar
va sport o‘yinlari. Yugurishning har xil turlari, sakrash, uloqtirish
va boshqa harakatlardan tashkil topgan о‘yinlar harakatli o‘yinlar
deb ataladi.
Pedagogik amaliyotda harakatli o‘yinlaming ikkita asosiy turi
qo'llaniladi.
1. Ozod, ijodiy yoki erkin o‘yinlarda, o‘yin qatnashchilari
o'zlari o‘yin rejasini belgilaydilar va belgilangan maqsadni o‘zlari
amalga oshirishga harakat qiladilar. Go‘daklarda, maktabgacha
va kichik maktab yoshidagi bolalarda, ko‘pincha, ular syujetli
bo‘ladi, rollar syujetga bog‘liq holda taqsimlanadi, shuning uchun
psixologlar ularni rolli deb ataydilar. Ular yakkalik va guruhli
bo‘Hshi mumkin.
2. 0 ‘matilgan qoida asosida tashkillashtirilgan harakatli o‘yinlar,
rahbarlikni yoki bolalaming o‘z sardorlari bo‘lishini talab qiladi.
Ular mazmuni va murakkablik darajasiga ko‘ra juda rang-barang:
a) oddiy, jamoasiz harakatli o‘yinlar, qaysiki har bir qatnashchi
qoidaga rioya qilgan holda, o‘zi uchun kurashadi. Barcha o‘yin
faoliyati boshqalar ustidan tezlik, kuch, chaqqonlik kabi sifatlar
orqali shaxsiy ustunlikka erishishga yo‘naltirilgan. Bu o‘yinlarda
shaxsiy tashabbus ko‘rsatish ustunlik qiladi;
b) nisbatan murakkab, jamoaga o‘tish harakatli o ‘yinlari,
o‘ynovchilar, birinchi navbatda, o‘z qiziqishlarini himoya c[iladigan,
lekin ba’zan, shaxsiy xohishga ko‘ra, o‘rtoqlariga yordam beradi,
ularga ko‘maklashadi, o‘yinda hujumchidan saqlanish - qutilishga
yordam beradi («dog‘lash-qo‘lni ber», «asir bilan qochib o‘tish»).
Ba’zan o‘ynovchi maqsadga erishish uchun boshqa o'ynovchilar
bilan vaqtincha hamkorlikka kirishi mumkin. Ayrim o‘yinlarda
bunday hamkorlik, hatto, qoidalarda nazarda tutilgan («Oq ayiq»,
«Bo‘ri va qo‘ylar»);
c) jamoali harakatli o'yinlarda o‘ynovchilar alohida jamoa
guruhlarni tashkil qiladi. Ular jamoalarning umumiy maqsadga
erishishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi faoliyatini ifodalaydi, barcha
shaxsiy qiziqishlar o ‘z jamoasi qiziqishlariga bo‘ysundiri!gan. Har
bir o‘ynovchi faoliyati barcha jamoa muvaffaqiyati bilan bog‘liq
bo‘ladi. Jamoali o'yinlarda o'z faoliyatini o‘rtoqlari faoliyati bilan
muvofiqlashtirish zarar. Ko‘pincha, jamoali o‘yinlarda faoliyatni
muvofiqlashtirish va o‘yinning umumiy rahbarligi uchun o‘y-
novchilar o‘rtasidan jamoa sardorini ajratish zarurati paydo bo‘ladi,
ya’ni bo‘ysunish barcha uchun majburiy hisoblangan.
Ayrim jamoali o‘yinlar yarim sport tavsifiga ega: ular harakat
texnikasini, o‘yin usuli bo‘yicha juda murakkab va belgilangan
qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi. Ba’zi o‘yinlarda rollarni ixtisos-
lashtirish talab qilinadi. Bunday o‘yinlar ayrim manbalarda yarim
sportli deb ataladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida xalq o‘yinlarini keng
qo'llash, har xil pedagogik vazifalami hal qilish uchun ish sharoitini
hdsobga olib, o‘yinlarniing ma’lum belgilari bo‘yicha to‘g‘ri keladi-
ganlarini maxsus saralash talab qilinadi. Xalq o‘ymlarini tasniflash
bo‘yicha ham turli xil qarash, fikr, yondashishlar mavjud.
Professor V.G. Yakovlev alohida o‘yin guruhlarini birlashtirib,
o‘ynovchilami o‘yindagi o‘zaro munosabatlari va o‘zaro faoliyatlari
tamoyillaridan kelib chiqib, jamoali harakatli o‘yinlarni pedagogik
tasniflashni tavsiya qiladi, ya’ni jamoali harakatli o‘yinlarni ikkiga
ajratadi:
1. Jamoalami guruhlarga ajratmasdan.
2. Jamoalami guruhlarga ajratish bilan.
Jamoalar guruhlarga ajratilmaydigan harakatli о ‘yinlar ikki
(o‘yinboshisiz va o‘yinboshi bilan)ga ajratiladi. 0 ‘yinboshisiz
o‘ynaladigan o£yinlar: o‘z o‘mi va jamoa faoliyatidagi umumiy
tartib uchun kurashadi. 0 ‘yinboshi belgilangan o ‘yinlarda:
a) o‘yinboshiga qarshi yakka kurash; b) bu o‘zaro qo‘llab-quv-
Dostları ilə paylaş: |