Anglezit PbSO4. Birinchi marta Anglezi orolida topilgan bo`lib, nomi shundan kelib chiqqan. Tarkibida: PbO – 73,6%, SO3 – 26,4% bo`ladi, bundan tashqari VaO – 8,5% bo`lishi mumkin. U rombik singoniyali, tabletkasimon, ayrimda kalta ustunsimon, piramidal qiyofalarda bo`ladi. Odatda, u rangsiz, shaffof, kulrang, olmosdek yaltiraydi, qattiqligi – 3, solishtirma og`irligi – 6,4, ulanish tekisligi rombik bo`yicha mukammal. Qo`rg`oshin va boshqa sulfid konlarining oksidlanish zonalarida paydo bo`ladi. Anglezit galenit sifatida, ulanish tekisligi bo`ylab oksidlanishi tufayli vujudga keladi: PbS+O4 = PbSO4 .
Tenardit – Na2SO4. Tarkibi: Na2O – 43,7%, SO3 – 56,3%.
U rombik singoniyali donador agregatli, dipiramidalli, tabletkasimon qiyofaga ega. U rangsiz, shaffof, shishadek yaltiraydi. Qattiqligi – 2-3, solishtirma og`irligi – 2,6, mo`rt, suvda eruvchan. O`ta to`yingan eritmadan, faqat – 32,5odan yuqori haroratda cho`kadi, bundan past haroratda mirabalit Na2SO4 · 10H2O yuzaga keladi. Ba`zi bir quriy boshlagan kullarda Na va SO4 ionlari bilan o`ta to`yingan namakobda bevosita cho`kib - tenardit paydo bo`ladi. Tenarditning fumarol vulqonlar harakatining mahsuloti sifatida yuzaga keladi (Vezuviy, Italiya). Tuz konlarida tenardit, mirabilit, astraxanit, galit va gipslar bilan birga uchraydi. Tenardit yirik konlari Uzun-Su (Turkmaniston) va Barabin (Rossiya)da mavjud.
Mirabilit – Na2SO4 · 10H2O. (Ko`pincha uni glauber tuzi deyiladi). Tarkibi – Na2O – 19,3%, SO3 – 24,8%, N2O – 55,9%. Monoklinal singoniyali, kristallari kalta ustunsimon qiyofaga ega. Odatda, yaxlit donador, po`stloq gard ko`rinishda topiladi. U rangsiz, shaffof, ba`zan xira sarg`ish, ko`kimtir yashilroq tusda tovlanadi. Uning qattiqligi – 1,5-2, solishtirma og`irligi – 1,5, shishadek yaltiraydi, quruq va issiq havoda, tarkibidagi suvi yo`qoladi va tenarditga aylanadi. Mirabilit suvda oson eriydi. Natriy va sulfat anionlari bilan to`yingan sho`r suvli ko`llarda hosil bo`ladi. Yirik donalari shimoliy Kaspiy bo`yida, Shimoliy-Sharqiy Qozog`istonda (Qulundi cho`llarida), Shimoliy Kavkazda Stravropoldan janubda joylashgan, bulardan tashqari AQSHning katta sho`r ko`li, Argentina va Meksikalarda uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |