Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə18/39
tarix06.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#93881
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
РБТ..маърузалар матни

Nazorat savollari.
1) Molibdenning asosiy xossalari?
2) Rudalar tarkibida molibdenning nechi hil minerali uchraydi?
3) Qaysi elementlapHi yo’ldosh elementlar deyishimiz mumkin?
Ma’ruza №10.
Volfram va molibden-volg’fram rudalapHi boyitish texnologiyasi
Reja:
1. Volframning asosiy xususiyatlari va qo’llanilish sohalari.
2. Volframning minerallari va rudalari.
3. SHeelit rudalarini boyitish sxemalari.


Tayanch so’zlar: Volfram, Volframit, Gyubnerit, SHeelit, Vulg’fenit, SHtokverkli konlar, selektiv flotatsiya, zararli qo’shimchalar, yo’ldosh elementla, qattiq foydali qazilma, boyitish mahsulotlari


1. Volfram qiyin eruvchan mietal bulib, erish harorati 3380 oS, qaynash harorati 5900–6000 oS, zichligi esa 19,3 g/sm3. Volfram — D.I. Mendeleev davriy jadvalining VI guruhiga kiruvchi kimyoviy element bo’lib, atom nomeri 74, nisbiy atom massasi 183,84. Havoda barqaror, sovuqda sulfat, azot, xlorit va solyaniy kislotalapHing har qanday kontsentratsiyasiga bardoshli. Volfram 400 – 500 oS haroratda oksidlanib boshlaydi va juda yuqori haroratda WO3 gacha jadallik bilan oksidlanadi.
Qattiq uglerod va uglevodorod tatkibli gazlar (SO, SN4 va b.) 800 -1000 oS haroratda volfram bilan yuqori qattiqlik, ishqalanishga bardoshli va qiyin eruvchan (WS ning parchalanishi harorati 2600 oS atrofida) xususiyatlarga ega bo’lgan karbidlar W2C va WC hosil qiladi.
Sovuqda volframga ishqor eritmasi tahsir qilmaydi, eritilgan ishqor havoli muhitda uni oksidlab, volframatlar hosil qiladi.
Volfram ikkita mustahkam – WO3 va WO2 , hamda ular o’rtasida birqancha oksidlar hosil qiladi. Volframli angidrid WO3 – limonsimon-sariq rangli kristalli kukun, zichligi 7,3 g/sm3, erish harorati 1470 oS; WO2 – to’q–jigarrang kukun, zichligi 10,9 – 11,1 g/sm3, 1270 oS haroratda eriydi.
Volfram (sariq) kislotasi H2WO4 180 oS dan yuqori haroratda suvini yo’qotadi va volfram angidridiga aylanadi. Volfram kislotasi o’yuvchi natriy, soda, ammiak aralashmalarida eriydi va normal volfram tuzi Na2WO4, hamda boshqa tuzlar hosil qiladi. Ular WO42- anioni hosil qilib, pH >7,5 muhitli ishqor aralashmasiga bardoshlidir.
Norial natriy volframati Na2WO4 – volfram kislotasining zarur texnik tuzidir. Suvsiz natriy volframati Na2WO4 ning erish harorati 200 oS, zichligi esa 4,18 g/sm3 ga teng. Suvda +5 oS haroratgacha 35 – 41% eriydi va Na2WO4∙10N2O hosil qiladi, 100 oS haroratda esa 42,9% eriydi va Na2WO4∙2N2O hosil qiladi.
Kaltsit volframati CaWO4 – oq rangli mayda kristalli kukun bo’lib, uning zichligi 5,98 g/sm3, eruvchanligi 15 oS haroratda 6,2 mg/l, 50 oS haroratda 3,2 mg/l, 100 oS haroratda esa 1,2 mg/l; uni kaltsiy xlor yoki oxak yordamida ishqoriy metallar volframatlari eritmalaridan cho’ktirish orqali yoki qattiq holatdagi SaO ni 600 – 800 oS haroratda WO3 bilan tahsirlantirish orqali olinadi.
Volframning anchagina qismi mahsus po’latlapHi tayyorlashda ishlatiladi. Tezkesar po’latlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 8–20 % W, 2–7 % Cr, 2,5 % gacha V, 1–5 % So, 1 % gacha S. Bu po’latlar 650 oS haroratgacha qattiqligini va yemirilishga chidamliligini yo’qotmaydi.
Tarkibida 3–15% volfram, 45–65% kobalt va 25–30% xrom bo’lgan kotishmalar issiqlikka bardoshli va yemirilishga chidamli qotishmalar hisoblanadi. Bu qotishmalardan tez yemiriladigan mashina detallari (avtomobillar dvigateli klapanlari, turbinalari va b.) yuzasiga qoplama sifatida foydalaniladi.
Volframning molibden, tantal va niobiy bilan qotishmalari oxirgi vaqtlarda raketa va aviasozlik texnikasida issiqlikka bordoshli material sifatida qo’llanilmoqda.
Volframning nikel va mis bilan qotishmalari nur bilan davolashda γ–nurlardan himoyalanish, radioaktiv mahsulotlapHi saqlash uchun konteynerlar yasashda qo’llaniladi.
Sof holdagi volfram (tola, lenta va h.k.) elektr lampalari yasashda, radiotexnikada va rentgentexnikasida ishlatiladi. Volframdan yasalgan simlar yuqori haroratli pechlarda elektrqizdiruvchi sifatida xizmat qiladi.
Eng yuqori sifatga ega bo’lgan qattiq asbobsozlik qotishmalari volfram karbidi (85 – 95% WC va 5 – 15% So) asosidagi qattiq qotishmalardan yasaladi. Bu qotishmalar kukunli metallurgiya usulida hosil qilinadi. Ular 1100 oS haroratgacha yuqori qattiqligini va yemirilishga chidamliligini yo’qotmaydi. Bu esa kesish tezligini oshiradi (bir daqiqada 250m va undan ko’p).
Volframning bir qator kimyoviy birikmalari to’qimachilik sanoatida gazlamalapHi og’irlashtirish uchun, olovga va suvga bardoshli gazlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Jaxonda volfram ishlab chiqaradigan asosiy mamlakatlar quyidagilar: AQSH, Janubiy Koreya, Kanada, Boliviya, Portugaliya, Braziliya, Avstriya, Tailand, Yaponiya, Frantsiya, SHvetsiya va Turkiya.
Volframni asosiy istehmolchilari AQSH, Bubk Britaniya, Germaniya, Yaponiya va b.


2. Volfram – yer qobig’ida kam tarqalgan elementdir. Uning klark massasi 1∙10-4%. Hozirgi kunda volframning 22 ta minerali mahlum bo’lib, ulardan to’rttasi sanoat ahamiyatiga ega (6-jadval). Bu minerallardan tashqari skapHli molibden-volframli kon rudalarida uchraydigan molibdosheelit CaW(Mo)O4 minerali sanoat ahamiyatiga ega. U sheetit ko’rinishiga ega bo’lib, (6 – 16%) molibden qo’shimchasiga ega.



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin