Burg’ilash stanoklarining patron tipli aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizmlari
(2SBSH-200N)
Burg’ilash stanoklarining patron tipli aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizmlari
quyidagilardan tashkil topadi(rasm 4): 1-aylantirgich; 2-stanok platformasiga
mahkamlangan gidropatron; 3-uzatish gidrotsilindrlari.
4-rasm 2SBSH-200N sharoshkali burg’ilash stanogining patron tipli aylantiruvchi-
uzatuvchi mexanizm kinematik sxemasi.
O’zgarmas tok elektr yuritkichi M1 richag(4) bilan boshqariladigan ikki tezlikli
reduktor yordamida, reduktor yetaklovchi shesternyasidan(6) o’tadigan olti yoqli ichi
23
bo’sh shpindelni(5) aylantiradi. SHpindelь ichki teshigidan gidropatron (2) kulachogi
(8) orqali shpindeldan aylanma harakat oladigan burg’ilash snaryadi o’tgan. Patron
traversa (9) va gidrotsilindrlar (3) yordamida tsilindr harakati uzunligiga (1m) mos
ravishda 105 m/min gacha tezlik bilan suriladi, bunda burg’ilash snaryadiga 0,3 MN
gacha uzatish bosim kuchi bilan ta’sir qiladi. Keyinchalik kulachoklar ochiladi va
patron birlamchi holatga qaytariladi. SHtangani to’liq botirilishi, agar uning uzunligi
8 m bo’lsa, 7 marta bajariladigan qayta ushlash va uzatish bilan bajariladi.
Burg’ilash snaryadining manevr ko’tarilishi va tushirilishi machta yuqori
qismida o’rnatilgan reversiv tormozlash lebedkasining sim arqoni (10) bilan amalga
oshiriladi va u asinxron o’zgaruvchan tok elektr yuritkichi M2, uch bosqichli
reduktor (11), baraban (12), vertlyug (13) va bloklar sistemasidan (14-16) tashkil
topadi.
Zanjirli uzatkichli shpindelь tipli aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizm (SBU-
125)
Pnevmo zarb bergichli (2) burg’ilash stanoklarida zanjirli uzatkichli shpindelь
tipli aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizm (rasm 5) burg’ilash snaryadiga aylanma
harakat asinxron o’zgaruvchan tok elektr yuritkichi M1 dan ikki bosqichli planetar
reduktor (3) orqali uzatiladi.
Uzatuvchi mexanizm burg’ilash snaryadining ishchi va manyovr operatsiyalari
uchun xizmat qiladi va u oxiri aylantirgich koromislasiga maxkamlangan ikkita
tortuvchi vtulka-rolikli zanjirlarga(4) ga ega.
Zanjir xarakati pnevmoyuritkichdan (6) (4,4 kVt; 2000 min
-1
) ,globoid (8) va
tishli (7) uzatmalari bulgan ikki bosqichli reduktorga urnatilgan yetakchi yulduzcha
(5) orqali amalga oshiriladi.
5-rasm SBU-125 zanjirli uzatkichli shpindelь tipli aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizmli
burg’ilash stanogining kinematik sxemasi
.
|