21
TAJRIBA ISHI № 4
BURG’ILASH MASHINALARI(KO`CHIRILADIGAN BURG`ILASH
QURILMASI) AYLANTIRUVCHI-UZATUVCHI MEXANIZMLARI
KONSTRUKTSIYASINI O’RGANISH.
REJA:
1. Umumiy ma’lumotlar
2. Burg’ulash stanoklarining patron tipli aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizmlari
3. Zanjirli uzatkichli shpindelь tipli aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizm
4. Porshenli-sim arqonli uzatkichli aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizm
5. Sim arqonli polispast sistemali uzatkichli shpindelь
tipli aylantiruvchi-
uzatuvchi mexanizm
6. Reyka-zanjirli uzatkichli shpindelь tipli aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizm
Ishdan maqsad: Talabalar tomonidan burg’ulash stanoklarining
aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizmlari to’g’risida umumiy ma’lumotlarni, ularning
turlari, konstruktiv tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish
Umumiy ma’lumotlar
Burg’ilash stanoklarining aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizmlari (AUM(VPM-
vraщatelьno-podayuщiy mexanizm)), ularning qaysi tipga oidligidan qat’iy
nazar
stanoklar modellarining bir-biridan printsipial farqini, burg’ilash instrumentini
uzatish tezligi va aylanish chastotalarining o’zgarish
diapazonini, o’q bo’yicha
qo’yilgan kuch va buralish momenti qiymatini, hamda skvajinani burg’ulash
tugagandan keyin burg’ilash snaryadini chiqarib olish va uni ishchi holatga keltirish
uchun yordamchi operatsiyalar davomiyligini belgilab beradi.
Burg’ilash stanogining snaryadini kuch bilan ta’minlash sxemasiga binoan,
snaryadni aylantiruvchi yuritma stanok pastki qismida, ya’ni platformada yoki yuqori
qismida burg’ilash snaryadi suriluvchan karetkasi shaklida o’rnatilishi mumkin.
Burg’ilash stanoklarida shtangani bosim kuchi bilan ta’milash
printsipi
bo’yicha, qisib oluvchi patronli pastki qismda kuch beruvchi va shtanga butun
uzunligi bo’yicha kuch bilan ta’sir etuvchi yuqori qismda o’rnatilgan uzatish
mexanizmlari sxemalari qo’llaniladi.
SHaroshkali
burg’ilash
stanoklarida
AUM-aylantiruvchi-uzatuvchi
mexanizmlarining turli konstruktsiyalari qo’llaniladi.
Zamonaviy sharoshkali
burg’ilash stanoklarida uch tipli, ya’ni patron tipli, shpindelь tipli va rotor tipli AUM
lar qo’llanilgan bo’lib,eng keng tarqalgani zanjirli yoki sim arqonli uzatkichli
shpindelь tipli AUM hisoblanadi.
Burg’ilash
stanoklarining
barchasida
aylantiruvchi mexanizm ishlash printsipi bo’yicha bir xil bo’lib, yuritkich,
reduktor
va qator konstruktsiyalarda patrondan iborat bo’ladi. Ayrim burg’ilash stanoklarida
aylantiruvchi burg’ilash snaryadi bilan skvajina chuqurlashib borgani sari pastga
tomon suriladi, ikkinchilarida aylantirgich harakatsiz bo’lib, burg’ilash snaryadi bilan
ushlab olish uskunasi va aylanma harakatni unga uzatuvchi bir tishli g’ildirak
suriladi. Tishli g’ildirak uzatish uzunligiga teng bo’lgan
shlitsli yoki profil val
bo’ylab siljitiladi.
22
Birinchi sxema bo’yicha aylanma burg’ilash, olov yordamida burg’ilash va
pnevmo zarb bergichli burg’ilash, ikkinchi sxema bo’yicha uzatish uzunligi
chegaralangan sharoshkali burg’ilash stanoklari(2SBSH-200; 2SBSH-200N; BASH-
320) ishlaydi.
Burg’ilash snaryadini aylantirgich sifatida o’zgaruvchan
tok elektr
yuritkichlari(2SBSH-200; 2SBSH-200N; SBU-125XL), o’zgarmas tok elektr
yuritkichlari (SBR-160; SBSH-250MN; SBSH-320) va gidro yuritkichlar (2SBR-
125; SBU-160; SBSH-200) qo’llaniladi. O’zgarmas tok elektr yuritkichlari va gidro
yuritkichlar instrumentning aylanish tezligini uzluksiz regulirovka qilish va turli
qattiqlikdagi tog’ jinslarida optimalь rejimda burg’ilash imkonini beradi.
O’zgaruvchan tok asinxron elektr yuritkichlari qo’llanilganda ko’pincha ikki –
va ko’p tezlikli reduktor ishlatilishi talab etiladi.
Burg’ilash stanoklarida gravitatsion,
tishli-reykali, sim arqonli, zanjirli, vintli,
differentsial-vintli, porshenli va kombinatsion uzatish mexanizmlari qullaniladi.
Dostları ilə paylaş: