Ministry of higher and secondary education


Uch qismli uyushgan gaplar



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə56/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

Uch qismli uyushgan gaplar:

Sultonmurodning ko‘zlari ich-ichiga botgan, yuzi oqargan, rangi dardli edi /Oybek/.
Halqimizning chuqur idroki bor, toza zavqi bor, g‘ururi, an’anasi bordir /Oybek/
Bir vaqtlar o‘tkir, o‘ynoqi kizlari endi zaiflashgan, qilinchi zarb bilan uradiga baquvvat qo‘llar ba’zan darmonsizlikdan titrar, sher andom buyi xiyla egilib, gavdasi cho‘kkan edi. /Oybek/.
Bu gaplarning hamma qismlari birgina bilik bilan uyushtirilgan /edi va -dir/, qism kesimlari har xil ifodalangan.

  1. To‘rt qismli uyushgan gaplar:

  1. Ular keyin suv bo‘yiga qozon osib, baliq qovurar, ovga ko‘pchilik qatnashgani uchun uning nimi «xalfana» bo‘lar, shunday paytlarda tun yarmigacha mayus va dilrabo qo‘shiqlar yangrar, soyda misoli to‘y bo‘lib ketardi. /O.Yoqubov/.

  2. Hamma bir-birini g‘alaba bilan qutlar, quchoqlashib o‘pishar, topganlar temir krujkalarini shaq-shaq urishtirib, qittay-qittay ichishar, yoshlar raqsga tushar, keksaroq soldatlar esa qo‘noqzorning chetiga yonboshlab, suhbatlashar edi. /O.Yoqubov/.

  3. Tog‘ yaqin bo‘lgani uchunmi, tun juda salqin, rota-rota, vzvod-vzvod bo‘lib, tepalik yonbag‘riga joylashgan soldatlar esa qo‘noqzorning chetiga yonboshlab, suhbatlashar edi. /O.Yoqubov/.

  4. Keltirilgan uch qurilma yozuvchi qalamiga mansub bo‘lib, bir voqea-xodisasining turli manzaralari aks etgan. Yozuvchi qism kesimlarini bir xil va turlicha shakllangan variantlarini beradi:

  5. birinchi gapda bir xil: /-ar, -ar. –ar, -ar/- -di

  6. ikkinchi gapda har xil: /-ar, -ish, -ar, -ib, -ish, -ar/ edi

  7. uchinchi gapda har xil: /0, -sh- +-ar.-j + -ar,-ar,-ar,-ar/ edi

3. Besh qismli uyushgan gaplar:
Nazarimda, uylar, vishkalar va sim bilan o‘ralgan allaqanday qo‘rg‘onlargina emas, yassi qirlar, o‘pirilib tushib, g‘orga o‘xshab qolgan zotlar, hatto olisdagi cho‘qqilar yonayotganga o‘xshar, vodiyni tutgan bu alaga va dud orasida chumoliday yugurib yurgan odamlar ko‘rinar, betartib otilgan pulemyot o‘qlarining yaltillashi ko‘zga chalinar, goho to‘p ovozlari eshitilib qolar edi. /O.Yoqubov/.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin