Ministry of higher and secondary education


Ega ergash gapli qo`shma gaplar



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə64/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

Ega ergash gapli qo`shma gaplar


Ega ergash gap deb, bosh gap tarkibidagi ega vazifasida bo`lgan olmoshning ma’nosini aniqlab keluvchi yoki bosh gapga nisbatan ega vazifasida bo`lgan ergash gapga aytiladi.
Ega ergash gaplar bosh gapning tarkibidagi olmosh orqali ifodalangan egani izoxlaydi, uning ma’nosini aniqlashtiradi. Bu xil ergash gapli qo`shma gaplarning mazmuni aniq harakat-holat xususiyatlarga oid bo`ladi.
Ega ergash gap bosh gapdan so`ng keladi. Bu xil gap qurilmalarda asosiy mazmun ergash gapda ifodalanadi, bosh gap esa asosiy fikrni anglashga xozirlaydi, unga diqqatni jalb etadi.
Ergash gap bosh gapdan so`ng kelib, bosh gapning ot yoki fe’l kesimiga qo`shilib kelgan–ki bog`lovchisi orqali bosh gapga bog`lanadi. Bunda ergash gap bosh gapga uning tarkibidagi ega vazifasida bo`lgan shunisi, shu, shu narsa kabi olmosh yoki olmosh va ot birikmasining mazmunini izohlaydi: Yo`lchiga shunisi qiziq tuyuldiki, bu yerda qay tomondan qaramang, hamma daraxtlar bir chiziqustida saf turadi.
Ko`pincha, bosh gap tarkibidagi ma’nosi izohlanayotgan olmosh yashirinadi. Bu xol asosiy diqqat egaga emas, uning kesimiga qaratilganda ro`y beradi: O`rtog`im o`lgandan keyin, ma’lum bo`ldiki, qiz uni yaxshi ko`rar ekan va o`shanga tegaman deb niyat qilib yurar ekan.
Ega ergash gapli qo`shma gapning kesimi, ko`pincha, ot kesim shaklida bo`ladi, bosh gap kesimi shaklida kam qo`llaniladi, qo`llangan holda ham holat bildiruvchi fe’llar bilan ifodalanadi. Umuman, bosh gapning o`zi va uning kesimi frazeologik birlikka yaqinlashgan gap qurilmasi bo`ladi. Bosh gap vazifasida bundan chiqdiki, ko`rinib turibdiki, (sizga) o`z-o`zidan ma’lumki, shunisi borki, (shu narsa) shubxasiz va boshqa gaplar qo`llanadi. Bu xil gaplarning kesimlari har vaqt sifat yoki bor so`zi orqali va ba’zi yordamchi fe’llar orqali ifodalanadi: Bundan (shu) chiqdiki, yolg`on gaplarni yozgan ekansan-da.

Ega ergash gapning ot kesimi hozirgi zamonni ifodalaydi, o`tgan yoki kelasi zamonni ifodalash uchun bo`lmoq bog`lamasidan foydalanadi (bo`ldi, bo`ladi).


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin