Ministry of higher and secondary education


WPm – WPm tarkibli qo’shma gap



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə60/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

WPm – WPm tarkibli qo’shma gap. [WPm+WPm] tipik ko’rinishli qo’shma gaplar. [WPm] [WPm] tipik ko’rinishli gaplarda har ikkala sodda gap ham shakllangan [Pm] ga ega bo’lsa-da, birinchi gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi (MKSH) bo’la olmaydi. U hamisha tobe gap markazini shakllantiruvchi vosita sifatida bo’lib, o’z mazmunini namoyon qilish uchun o’zidan keyin mustaqil holda namoyon bo’la oladigan, voqelanishi uchun oldingi gapga ehtiyoj sezmaydigan gap bo’lishini taqozo qiladi. Boshqacha aytganda, bu tipik ko’rinishli gap tarkibidagi oldingi sodda gapning kesimi NKSH bilan, keyingisi MKSH bilan shakllangan bo’ladi. 1.Firuza toshli uzukni olar ekan, Saidaxonning ko’zlari quvonchdan yaltirab ketdi. (S.Ahmad.) 2.Ra‘no guruchni endi tuzlagan ham ediki, ichkaridan Anvar chiqib keldi. 3.Botirjon telefonda endi gaplashib bo’luvdiyam, choy ko’tarib Qirmizxon kirib keldi. (N.Aminov.) 4.Havo ochilsa, aylanishga boramiz. (S.Nuriy). 5.Unga ustozi chin dildan barakalla barakalla desa, Aziz ko’nglida to’lib turgan niyatini ham aytadi. Bu gaplarning barchasidagi birinchi sodda gap mustaqil qo’llana olmaydi, qo’llanganda ham ushbu qo’shma gap tarkibidagi ma‘nolarni bera olmaydi. Keyin turgan sodda gaplar esa bunday emas.
[WPm WPm] tipli qo’shma gaplar tarkibidagi nomustaqil kesimni hosil qiluvchi turli-tuman vositalar bor. Nomustaqil kesim shaklining o’zbek tilidagi tipik vakili shart mayli qushimchasi -sa dir. Masalan, Men o’qisam, u eshitadi gapida U eshitadi gapi o’z holicha mustaqil sodda gap bo’lib kela oladi, Men o’qisam qismi esa qo’shma gap tarkibidan tashqari ham shu holicha mazkur mazmunni beraveradi.
-sa qo’shimchasi bilan shakllangan kesimli gaplar mustaqil qo’llanaverishi ham mumkin. Masalan: 1.Avra-astarini ag’darib mohiyatiga nazar tashlasangiz. (S.Azimov.) 2.Qishloqqa borsam. (A.Qahhor). 3.Vatangadolikning men tortmagan azobu-uqubati, ozori bo’lmasa kerak. (S.Azimov.) 4. Nahotki, o’ldirsalar. 5. Menga , Iskandariyadagi mashhur devonaga Berlindan telegramma kelsa bo’ladimi? (S.Azimov.) 6.Qani, hey Mamadali, gapirsang-chi.. (A.Qahhor.)
Ushbu gaplarda -sa shart mayli qo’shimchasi istak, achinish, sevinch, qistash kabi ma‘noviy boyoqlarga ega. Bu gaplar o’zidan keyin keluvchi gaplar bilan mazmunan bog’lanib, matn yaxlitligini ta‘minlashga xizmat qiladi. Shu kabi gaplar qanchalik mustaqil qo’llana olmasin, baribir o’zlaridan keyin qandaydir qurilmalarning bo’lishini taqozo qiladi. Masalan, 1. -Uyga qaytsam. Nima deysiz? -Yaxshi bo’lardi kabi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin