WPm, WPm tarkibli qo’shma gaplar. Qo’shma gap tarkibiy qismlari o’zaro bog’lovchilar yoki bog’lovchi vazifasidagi so’zlar vositasida yoki mutlaqo ularsiz bog’lanadi. Bundan kelib chiqqan holda qo’shma gaplarni bog’lovchili qo’shma gaplar va bog’lovchisiz qo’shma gaplarga ajratish mumkin bo’ladi. Bog’lovchili qo’shma gaplar grammatik vositalar bilan bog’langan qo’shma gaplar, leksik-grammatik vositalar bilan bog’langan qo’shma gaplar va leksik vositalar bilan birikkan qo’shma gaplarga ajraladi. Qo’shimchalarning funktsiyasiga ko’ra teng bog’lovchili va ergashtiruvchi bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar farqlanadi.
Qo’shma gap tarkibida sodda gaplarning o’zaro munosabati asosida ham qo’shma gaplarni tasniflash mumkin. Mazmun, grammatik va intonatsion munosabati nuqtai nazaridan qo’shma gap quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Tarkibidagi sodda gaplar bir-birini mazmun va grammatik jihatdan taqozo etadigan qo’shma gaplar: 1.Kunlar isidi va paxtalar yana qiyg’os ochildi. 2. Yovlariga osmon tutundir, shuning uchun bag’ri butundir (S.O.) 3. Agar dunyoning narigi burchiga sizni opichlab borishga to’g’ri kelsaydi, men sevina-sevina bajarardim.(O.) 4.Men shunday bir ish qildimki, o’lgunimcha bundan faxrlanaman.
2.Tarkibidagi gaplar bir-biriga mazmuniy va intonatsion taqoza etadigan, biroq, grammatik talab qilmaydigan qo’shma gaplar: 1. Biz yetib keldik kutubxona ochildi. 2. Menga pul kerak, qaerdan olaman? (O). 3. Siz ishonmayapsiz, ishonmaysiz ham. 4. Endi men sizga bir jumboq aytaman, sizdan javob kutaman.
3.Tarkibidagi gaplar bir-birini na mazmuniy, na grammatik taqozo etadigan, biroq intonatsion yaxlit bo’lgan gaplar: 1.U otasini uyga tortdi, usta sekin qayrildi (S.Nuriy). 2.Bahor keldi, yoz ham kelib qoladi. 3. Sen o’z ishingni qil, men o’z ishimni.
Qo’shma gaplarning qurilish turlariga ko’ra tasnifi. Qo’shma gaplarning umumiy lisoniy qolipi [WPm+WPm] bo’lib, u quyidagi yana uchta oraliq ko’rinishlarga ajraladi:
[WPm+WPm], [WPm WPm], [WPm ]WPm]
Bu oraliq ko’rinishlar bir qarashda an‘anaviy bog’lovchisiz, ergash gapli va bog’langan qo’shma gaplarning ramziy ko’rinishidek tasavvur uyg’otadi. (Masalan, Bahor keldi va gullar ochildi -[WPm, WPm], Bahor kelsa, gullar ochiladi -[WPm WPm] va Bahor keldi va gullar ochildi -[WPm WPm] kabi). Aslida bu qurilish qoliplari qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lovchi vositalarga ko’ra emas, balki bu sodda gaplarning qo’shma gap tarkibidan chiqarilganda mustaqil qo’llana olish-olmaslik belgisi asosida amalga oshirilgan. Bunda, albatta, asos sifatida kesimlik turlari - MKSH va NKSH ga tayaniladi.
Demak, qo’shma gaplarning lisoniy struktur turlarini belgilashda asosiy omil qo’shma gap tarkibidagi to’liq shakllangan sodda gaplarning o’zaro munosabati va sodda gaplarning har birining nutqiy jarayonda qo’shma gap tarkibida voqelangan ma‘nolari bilan qo’llana olish yoki qo’llana olmasligi belgisidir.
[WPm WPm] qolipli qo’shma gaplarning mohiyati shundaki, uning tarkibiy qismlari sanalmish sodda gaplar kesimlarining har biri mustaqil shakllangan bo’lib, ularni osongina sodda gaplarga aylantirib yuborish mumkin: 1. Men seni oylayman, shuni bilasanmi? 2. Borish kerak, borish kerak. 3. Yigitni uchratish kerak, haytovur sovib qolgandir). 4. Men seni deyman, lekin sen kimni deysan?