Ministry of higher and secondary education


WPm – WPm tarkibli qo’shma gap



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə61/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

WPm – WPm tarkibli qo’shma gap. [WPm, WPm] tipik ko’rinishli gaplarda mustaqil kesimlik shakli(MKSH)dagi gaplar birlashtiriladi. Birlashish intonatsion va mazmuniy omillar asosida, ko’p hollarda bog’lovchilar vositasida amalga oshiriladi.
[WPm, WPm] tipik ko’rinishli qo’shma gaplarni tashkil etuvchi sodda gaplar orasida turli ma‘noviy munosabatlar mavjud bo’ladi. Masalan, mazkur qolip asosidagi O’qituvchi keldi, dars boshlandi gapida quyidagi rang-barang munosabatlar bor:
a)uzilishli birin-ketinlik;
b)uzilishsiz birin-ketinlik;
v)payt munosabati;
g)natija munosabati;
d)sabab munosabati va hokazo.
Bu munosabatlar har bir gapning tarkibidagi [W] lar, [Pm]lar, qo’llangan bog’lovchi vositalarning ma‘no va vazifalari bilan bog’liq bo’lib, bevosita sintaktik strukturaga daxldor emas. Chunki bir fikrni turli sintaktik shakllarda, turli fikrlarni bir sintaktik shaklda berish mumkin bo’ladi.
Demak, [WPm, WPm] tipik ko’rinishining umumiy xususiyatini quyidagicha belgilab olamiz. [WPm,WPm] bu mustaqil sodda gap sifatida qo’llana oladigan birdan ortiq gapning nutqda ma‘lum bir bog’lovchi vositalar bilan o’zaro bog’lanishi va bitta tugal ohangga, bitta gap to’xtamiga ega bo’lishidir. Ma‘lum bo’ladiki, [WPm, WPm] [WPm+WPm] umumiy qolipining oraliq bir ko’rinishi sifatida lison va nutqqa daxldor bo’ladi. [WPm,WPm] tipik qurilishli gaplar [W] va [Pm], shuningdek, (S) xususiyatlariga ko’ra farqlanadi.
1.[W] va [Pm] qismlari aynan bo’lgan gaplar: 1.E, keling, xola, keling. (A. Qahhor.)2.Bo’ldi, bo’ldi, mana hal, xola (S.Abd.) 3.Bevaqt hazon bo’lmay har kim Yashab o’tsin dunyoda. Onajonim, har kim oshin Oshab o’tsin dunyoda (A.O.) 4.Odamlar o’tdilar bir vaqt, bir zamon O’tdilar eng oddiy baxtdan ham yiroq. (A.O.)
[W] qismi bir xil, [Pm] qismi har xil bo’lgan gaplar: 1.Siz bilmaysiz, bilolmaysiz ham («Sharq yulduzi») 2.Siz chidab o’tirdingizmi, chidadingizmi? (SH.Xolmirzaev) 3.Bormang, bormoqchimisiz? (S. Nurov).
[S] lari bir xil, [W]lari bir xil, lekin [Pm]lari har xil bo’lgan takror gaplar: 1.Menga nima bo’ldi, nima bo’lgan edi-ya? 2.Nega endi bo’lmas ekan, bo’lgan edi, bo’ldi,-dedim shoshib-pishib. (X.To’xtaboev.) 3.Qutursa, quturgandir, erga tekkandan keyin quturmaydi. (S.Ahmad).4.Voy xotinni sizlar olasizmi, siz olmoqchimisiz. (S. Ahmad.)
[S] lari va [W]lari har xil, [Pm] lari bir xil bo’lgan gaplar: 1.Sen hech bir gazit-pazit o’qiysanmi, uqiganmiz biz ham. (A. Hatamov). 2.O’ldirding, o’laman, devona. (SH. Xolmirzaev.) 3.Bunaqa ot senga bitmagandi, bitkulik qilmasin ham. (A.Qo’shshaev.) 4.Siz meni bilmaysiz, men sizni bilaman. (SH.Xolmirzaev)
[WPm,WPm] tipik ko’rinishli gaplarni ular kengaytiruvchilarining xususiyatlari (tuzilishi, ifodalanishi), bog’lovchi vositalarining xossalari asosida ham yanada kengroq va batafsilroq tavsiflash mumkin.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin