Kesim ergash gap deb, bosh gap orqali eganing ma’nosini aniqlashtirib keluvchi ergash gapga aytiladi.
Bosh gap tarkibida ma’nosi aniqlanayotgan shu, shunda, shunday (shunaqa) ko`rsatish olmoshlari ergash va bosh gapni biriktiruvchi vosita vazifasida ham keladi. Bundan tashqari, bosh va ergash gapni bog`lash uchun–ki bog`lovchisi ishlatiladi. Kesim ergash gap har vaqt bosh gapdan so`ng keladi.
Ergash gaplarning bu turida asosiy fikr, maqsad ergash gap orqali ifodalandi, butun ergash gap bosh gapga nisbatan mantiqan kesim bo`ladi. Bosh gapning kesimi ko`rsatish olmoshi orqali ifodalanib, bu olmosh kesimning ma’nosi ergash gapda ochiladi. Shunisi muhimki, bosh gap ko`p o`rinlarda ergash gapni mantiqan izohlaydi, unga baho beradi, uni xarakterlaydi: Demak, xulosa shuki, vaqtida suv, vaqtida o`g`it, vaqtida kultivatsiya, ham chopiq.
Bosh gapning kesimi vazifasida shunda va shunday olmoshlari kamroq qo`llanadi. Shunda olmoshi qo`llanganda, kesim ergash gap bosh gap egasining mazmunini izohlaydi. Bunday ergash gapning bosh gapi ergash gap mazmunini izohlamaydi. U asosiy fikrni ifodalaydi. Shuning uchun ham bosh gap ko`pincha yoyiq gap bo`ladi: Hamma kasal shunday qilib rais ana shu kamchiliklarni birdan bartaraf qilishga, ochig`i, ojizlik qilmoqda.
Bosh gapning kesimi vazifasida keluvchi ko`rsatish olmoshi iborat, bo`lmoq, emoq so`zlari bilan birga kelishi mumkin. Bu holda iborat so`zi o`zidan oldin kelgan olmoshni chiqish kelishigida bo`lishini, bo`lmoq, emoq fe’llari va –dir shakllari esa bosh yoki vosita kelishiklarining birida bo`lishini talab qiladi. Bo`lmoq va emoq fe’llari bosh gapdagi xususiyat yoki Holatning o`tgan va hozirgi zamonda ro`y berishini ko`rsatish uchun qo`llaniladi; bu vositalarsiz yoki iborat so`zi bilan kelgan kesimlar xususiyat yoki holatning hozirgi zamonda ro`y berishi, shu belgining hozir muvjudligini ko`rsatadi: Majlisda ko`riladigan masalaning muhim tomoni shundan iboratki, Baqaqurilloqdagi cho`l yerlarni suvga serob qilish muhokama qilinadi