Ministry of higher and secondary education


To`ldiruvchi ergash gapli qo`hma gaplar



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə66/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

To`ldiruvchi ergash gapli qo`hma gaplar


To`ldiruvchi ergash gap bosh gap tarkibidagi biror bo`lakning (olmoshning yoki mavhum otning, shuningdek, fe’l kesimning) ma’nosini aniqlash yo`li bilan bosh gapni va uning kesimidan anglashilgan mazmunini to`ldiradi.
To`ldiruvchi ergash gaplar bosh gapdan so`ng kelib, unga analitik yo`l bilan bog`lanadi. To`ldiruvchi ergash gap bosh gap kesimi tarkibidagi–ki bog`lovchisi orqali va bosh gap tarkibidagi shu nisbiy olmoshi orqali bosh gapga bog`lanadi, ergash gap ana shu olmoshning mazmunini ochadi. Bu olmosh to`ldiruvchi vazifasida keladi.
A) Vositasiz to`ldiruvchi vazifasidagi olmosh izoxlanadi: Shu bilan shuni bilib quyingki, dehqonlar yangilikka intiluvchi xalq, ular bir joyda qotib qolgan rahbarni yoqtirmaydilar.
B) Vositali to`ldiruvchi vazifasidagi olmosh izohlanadi: shundan bilamizki, mushtum zo`r tipirchilab qoldi.
Ba’zan shu olmoshi bilan birikib keladi shu narsaning esdan chiqarmanki…
Bosh gap tarkibidagi shu olmoshi ko`pincha ifodalanmaydi, ba’zan yashirinadi (bu holda uni mazmunan tiklash mumkin). Bunday qurilmalarda diqqat kesimning ma’nosiga qaratilib, ergash gap uni izoxlaydi, ma’nosini ochadi, to`ldiradi: Men istamasdimki botqog`imizning bir parcha loyi fritsning poshnasida ketsin.
To`ldiruvchi ergash gap bog`lovchi vazifasidagi deb ravishdosh shakli bilan bosh gapga bog`lanadi: Ajoyib otalar o`tgan ekan deb, sening suratingga bokajak, tuymas.
Bosh gapning kesimi bilmoq, ko`rmoq kabi fe’llarda ifodalangan to`ldiruvchi ergash gaplar keng ishlatiladi. Lekin bu xil to`ldiruvchi qurilmalar har vaqt ham to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap bo`lavermaydi. Ko`pincha, bilmoq, ko`rmoq fe’llari kirish bo`lak vazifasida qo`llanadi: Ko`rdingizmi, Amin-dedi unga. –Ishlash, ish buyurishda qancha qiyin ekan.
Bilmoq, ko`rmoq va boshqa fe’l va ayrim ot, sifatlar modal munosabatlarni ifodalasa, kirish bo`lak yoki kirishga bo`lib keladi.

Hol ergash gapli qo`hma gaplar


Payt ergash gap bosh gapning biror bo`ladigan, asosiy kesimidan yoki bosh gapning umumiy mazmunidan anglashilgan harakat-xolatning ro`y berish yoki ro`y bermaslik paytini ko`rsatadi.
Payt ergash gap bilan bosh gap orasida zamon munosabati mavjud bo`ladi; bunda ergash gap bosh gapdagi harakat, xususiyat bilan barobar, bir vaqtda ro`y berishi yoki undan oldin, yo so`ng kelishi mumkin.

  1. Bosh va ergash gaplardagi ish-harakat, xususiyat bir vaqtda ro`y beradi. Bosh va ergash gaplardagi harakat, holat tamoman bir vaqtda boshlanib, tugallanishi mumkin yoki har ikkisidagi harakat-holatning ro`y berishi qisman bir-biriga kelib qolishi mumkin.

Bosh va ergash gaplar orasidagi bunday mazmun munosabati quyidagi grammatik vositalar yordami bilan ifodalanadi:

    1. Ergash gapning kesimi-da qo`shimchasini olgan sifatdosh orqali ifodalanadi:

Bu turdagi payt ergash gaplar ikki xil mazmunni ifodalaydi:
-a) Ergash va bosh gap tarkibdagi harakat–holat, xususiyat tamom bir vaqtda ro`y beradi: Ular bir necha tonnalik qoliplarni ilmoqqa ilib, u boshdan bu boshiga siljitganida, guyo sexning katta-kichik barcha qismlari va butun sex birdan harakatga kelganday bo`ladi.
Bu holda ergash va bosh gapdagi zamon shakllari bir-biriga mos bo`ladi.
-b) Ergash gapdagi harakat-xolat oldinroq boshlanib, bosh gapdagi harakat-xolat unga qo`shilib, kirishib ketadi: Qiz orzu-xavas ko`rolmagan onasining dashnom va ziqnovlaridan ular holatga yetganda, baxtiga, yer islohoti bo`lib qoldi.

    1. Payt ergash gapning kesimi shart fe’li orqali ifodalanadi: Adolat shoshilib tashqariga chiqsa, xovlida Nurmat yo`q.

    2. Ergash gapning kesimi sifatdosh shaklida bo`lib, o`rin-payt qo`shimchasini olgan payt bildiruvchi chok, payt, kun, zamon, kez, dam, mahal, vaqt so`zlari bilan birikib keladi: U… boshini tik tutib bir necha qadam xamon, yerto`ladan polkovnik chiqib qoldi.

Bu turdagi ergash gaplarning kesimlari o`tgan zamon sifatdoshi shaklida bo`ladi. Bu holda ergash gapdagi Harakat-holat bajarib tugallanadi va shu vaqtning o`zida bosh gapdagi harakt ham ro`y beradi.

    1. Ergash gapning kesimi kelasi zamon sifatdoshining bo`lishli-bo`lishsiz shaklida bo`lganda, payt ergash gapdan anglashilgan harakat-holat tugallanmasdan turib, bosh gapdagi harakat, holat, belgi xususiyat ro`y beradi: Nuri derazaga qarab, hovlida Yormatning qorasi uchar-uchmas, Gulnorga dedi…

    2. Ergash gapning kesimi-dan shaklini olgan o`tgan zamon sifatdoshi shaklida bo`lib, buyon ko`makchisi yordami bilan bosh gapga bog`langan payt ergash gaplar bosh gapdagi harakat-holatning boshlanish davrini, vaqtini ko`rsatadi:…bu gaplarning hammasi chiqqandan beri, Siddiqjon korini xushlamas… edi.

  1. Bosh va ergash gaplardagi ish-harakat, xususiyat turli vaqtlarda keladi. Payt ergash gapning kesimidan anglashilgan harakat, xususiyat bosh gapning kesimidan anglanib turgan harakat, xususiyatdan so`ng, yoki oldin yuzaga kelishi mumkin.

Shart ergash gaplar bosh gapdan anglashilgan mazmunning qanday shart-sharoitda bajarilishini ko`rsatadi.
Shart ergash gapning asosiy grammatik belgisi kesimning shart fe’li orqali ifodalanishdir. Ammo bu beligigagina qarab, ma’lum gap qurilmalarini shart ergash gap deb hukm chiqarib bo`lmaydi, chunki shart fe’li boshqa ergash gaplarning kesimi bo`lib kelishi ham mumkin. Masalan; 1) payt ergash gap 2) maqsad gap; 3) tusiqsiz ergash gap.
Shuning uchun ham shart ergash gapni belgilashda ergash gap qurilmasining mazmuniga tarkibidagi bo`laklarining ma’nosiga diqqat etish zarur.
Shart fe’li boshqargan gap qurilmalarning ergash gap bo`lishi uchun tarkibida o`z egasi shart, shundagina predaktiv munosabat hukm chiqadi. Tarkibida egasi bo`lmagan, egasi umumiy bo`lgan qurilmalari shart birikmalar (shart oborotlar hisoblanadi).
Shart ergash gapning kesim yoki ot kesim shaklida bo`lishi mumkin. Ot kesim bo`lganida kesim shart fe’li shaklidagi bo`lmoq bog`lamasi bilan birga birikadi; Bas, yaxshilik qilmoq kerak.
Shart fe’li mantiqiy jihatdan kelasi zamoni ifodalaydi. U har vaqt bosh gap kesimidan anglashilgan harakat-holatdan oldin ro`y beruvchi harakat-holatini ifodalaydi. Shuning uchun ham bosh gapning kesimi kelasi yoki hozirgi-kelasi zamonda bo`ladi yoki buyruq mayli orqali ifodalanadi. Albatta, bosh gapning kesimi o`tgan zamonda bo`lishi ham mumkin. Bunday holda ham bosh va shart ergash gap orasidagi chegara saqlanadi; o`tgan zamonda mazmun ro`y bergani ifodalanadi.
Shart ergash gapli qo`shma gaplarda doimo bo`lib turadigan yoki bo`lishi mumkin bo`lgan harakat-hollarda to`g`risida fikr yuritilgani uchun ham ko`p maqollar, aforizimda, frazeologik birliklar shu xil qo`shma gaplar shaklida tuziladi.
Shart ergash gaplardan anglashilgan harakat holat, xususiyatning bajarilishi real bo`lishi yoki real bo`lmasligi mumkin. Shart ergash gapning real holatida ergash gapda bosh gapdan anglashilgan mazmunning ro`y berishi uchun shart-sharoitning real ekani ko`rsatiladi.
Irreal shart ifodolovchi shart ergash gap va bosh gaplarning kesimi tarkibida edi fe’li ishtirok etadi.
Shart ergash gapdagi irreallik o`tgan zamon sifatdoshi orqali ham ifodalanishi mumkin. Bunda o`rin–payt kelishigi shakli-da bilan birikkan sifatdosh shart ergash gap bo`lib keladi: agar so`z Oyqiz ustida bo`lmaganida extimol, u kulgi bilan yoki hazil bilan javob qaytara olardi.
Kesimi irreal shart ergash gap shaklidagi ergash gaplar ba’zan mazmunan irreallikni ifodalamaydi, bunday ergash gapda voqea, hodisa ro`y beradi, demak, shart real bo`ladi.
Shart ergash gap o`zining asosiy mazmunida tashqari ayrim o`rinlarda quyidagi mazmun ottenkalarini ham ifodalaydi;
Bosh gapdan anglashilgan mazmunning nima uchun, nima maqsadda ro`y berishini yoki bermasligini ko`rsatuvchi ergash gaplar-maqsad ergash gaplar hisoblanadi.
Maqsad ergash gap bosh gapning yolg`iz kesimidan yoki kesim guruhidan anglashilgan harakat-holat, belgi-xususiyat nima maqsadda ro`y berishini yoki ro`y bermasligini anglatadi.
Ergash gap ko`pincha bosh gapning kesim garuhiga bog`lanadi, chunki ergash gap kesim va unga bog`liq bo`laklarning ro`y berish maqsadini ifodalaydi: Hosil yana mo`l bo`lsin deb, do`stlarim, selitrani ko`p berishini ko`zladim. Odam aqli, odamning kuchi, yaxshilikka qilsin deb xizmat, yer ekuvchi, po`lat quyuvchi, odoblikka sarf etsin kuchin.
Maqsad ergash gap bosh gap bilan deb, toki bog`lovchilari yoki uchun ko`makchisi orqali bog`lanadi.
Maqsad ergash gapning kesimi, odatda, buyruq yoki fe’l mayllari, kelasi zamon fe’li orqali ifodalanadi. Buning sababi shuki, mazmunan maqsad ifodalovchi ergash gap bosh gapdan anglashilgan mazmun ro`y beradigan so`ng yuzaga chiqarish zarur bo`ladi.
Bosh gap bog`lanish usuliga ko`ra, maqsad ergash gapning quyidagi turlari bor.
1.Maqsad ergash gap bog`lovchi vazifasidagi deb ravishdoshi orqali bosh gapga bog`lanib keladi. Bunda ergash gap ko`chirma gap shaklida bo`ladi.
Deb bog`lovchisi yordami bilan bosh gapga bog`langan maqsad ergash gaplarning kesimi, odatda, buyruq-istak mayli shaklida bo`ladi. Buyruq-istak mayli, ko`pincha uchinchi shaxsda, ba’zan birinchi va ikkinchi shaxsda bo`ladi. Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo`lingga.
Maqsad ergash gapning kesimi shart fe’li shaklida bo`ladi. Bu xolatda ergash gapdan orzu-istak, maqsad mazmuni anglashilib, bosh gapdagi harakat-holat qanday orzu-umid, maqsadlari bilan vujudga kelishini kursatadi: eldan olsam deb raxmat, ishladi-chekdi zaxmat.
Maqsad ergash gapning kesimi aniqlik fe’li shaklida bo`ladi: bu fe’l, odatda, hozirgi-zamon shaklida bo`ladi: Men bolalik chog`imda qush bolasini olaman deb, chinorga chiqdim.
Maqsad ergash gapning kesimi kelasi zamon sifatdoshning bo`lishli yoki bo`lishsiz shakli bilan ifodalash mumkin. Bu xolatda kelsa zamonda ro`y berishi mumkin bo`lgan voqea, hodisalar to`g`risida fikr yuritiladi. Kelsa zamonga voqeaning ro`y berishi yoki bermasligi qat’iy qilib qo`yilmaydi: O`g`limga tegmasa, o`rtoqlariga tegar deb, xalta-xalta mayiz, turshak yubordim.
2. Maqsad ergash gap bosh gapga uchun ko`makchisi orqali bog`lanadi, ergash gapning buyruq fe’lining uchinchi shaxs shaklida bo`ladi. Bu xil maqsad ergash gaplarda sabab mazmuni ham bor.
Maqsad ergash gapning bu turida kesim buyruq-istak mayli bilan ifodalangan fe’l kesim yoki ot kesim shaklida bo`ladi. Ot kesim bo`lganda buyruq fe’lining uchinchi shaxs shaklidagi bo`lmoq bog`lamasi bilan birikib keladi: Qalandarov so`zni aylantirib, o`z o`rnida qolishga hoxish bildirib qo`ymasin uchun, Saida yana uning so`zini og`zidan oldi.
Uchun ko`makchisi yordami bilan bosh gapga bog`langan ergash gapning kesimi egalik affeksini olgan harakat nomi yoki hozirgi kelasi zamon sifatdosh shaklida bo`lishi ham mumkin: Paxta tezroq yetilishi uchun, o`g`itni ko`proq solish kerak.
To`siqsiz ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunga nimadir to`siq bo`lishini ifodalaydi, ammo ergash gapdagi harakat-xolat, belgi-xususiyat bosh gapdagi ish-harakat, xolat,maqsadning yuzaga chiqishiga monelik qilsa ham bosh gapdagi mazmun kutilgan natijaga olib kelmaydi: Marusya qiz bo`lsa-da, ammo yuragida o`nta erkakning o`ti bor.
To`siqsiz ergash gaplarning qismlarini mazmunan ancha mustaqil bo`ladi, shuning uchun ham ularning orasida zidlovchi bog`lovchilar ham ishlatiladi. Shunga ko`ra, ular bog`langan qo`shma gapga ham o`xshaydi. Ammo ergash gap kesimlarining tobe shaklda bo`lishi bilan va bosh gapga mazmunan tobe bo`lgan fikrni ifodalash bilan bog`langan qo`shma gaplardan ajralib turadi.
Ergash gapning kesimi, asosan, shart fe’li yoki sifatdosh orqali ifodalanadi. Bunday holda ergash gapni bosh gapga bog`lash uchun yuklama va ko`makchilar qo`llanadi.
To`siqsiz ergash gapli qo`shma gaplarda quydagicha mazmun munosabatlari ifodalanadi:
Sof to`siqsizlik mazmuni ergash gap kesimi tarkibida ham yoki-da vositalarini qo`llah yo`li bilan ifodalanadi; Ham aslida bog`lovchi bo`lib, to`siqsiz ergash gap kesimi tarkibida yuklama vazifasini o`taydi: Xo`p, yuringlar, ishim zarur bo`lsa ham, avval sizlarni o`z qismlaringizga yuboray…
Ergash gap mazmunini kuchaytirih uchun kesimi tarkibiga-ki bog`lovchisi qo`shiladi yoki ergash gap tarkibida qancha, qanday kabi nisbiy olmoshlar bo`ladi: Ona rozi-uning tunlari o`tsa ham-ki uyqusiz, bedor, istagi shu: uning dilbandi, tinch uxlasin, topmasin ozor.
To`siqsiz ergash gap-ki bog`lovchisi yordami bilan ham bosh gapga bog`lanadi; bu holda ergash gap kesimi takrorlanib, birinchi qismi shart fe’li, ikkinchi qismi aniqlik fe’li orqali ifodalanadi yoki aniqlik fe’lining o`zi bo`ladi: Xotin kishining yuragidan farzand dog`i ketsa ketadiki, bunday gapning alami ketmaydi.
Bosh gapdan anglashilgan harakat-holat yoki belgi-xususiyatining natijasi, xulosasini ifodalagan ergash gaplar natija ergash gap bo`ladi. Bu xil ergash gaplarning bosh gapidan sabab mazmuni anglashiladi, ergash gap shu sababdan kelib chiqadigan natijani ko`rsatadi. Shuning uchun ham natija ergash gapning o`rni qat’iy bo`lib u xar vaqt bosh gapdan so`ng keladi; Tuynukdan shamol qaytarib o`rayotgan tutun atrofni shunday o`rab olganki, uzoq vaqt hech narsa ko`ra olmay turdim.
Natija ergash gapni bosh gapga biriktirish uchun bosh gap kesimga qo`shilib keluvchi-ki bog`lovchisi qo`shiladi. Shu bilan birga bosh va ergash gapni bog`lash uchun bosh gap tarkibida shu qadar, shu darajada, shunday, shunchalik, chunon, nihoyat kabi ko`rsatish olmohi hamda bog`lovchi so`zlar bo`ladi.
Natija ergash gap bilan bosh gap kesimlarining zamon munosabatida moslik bo`ladi. Mazmunan ergash gap natija ifodalanganligi uchun bosh gapda ifodalangan harakat yoki xolatdan so`ng ro`y berishi zarur. Shunga qaramay, ko`p o`rinlarda ergash gap va bosh gaplarning kesimlari bir xil zamon shaklida bo`ladi. Ammo bu holda ham ergash gap bosh gapning bir xil zamonga oid kesimlardan anglashilgan harakat-holat, xususiyat turli vaqtda bo`lishi ifodalanadi.
Bosh gap tarkibidagi nisbiy olmoshlarining xususiyatiga ko`ra natija ergash gap ikki xil mazmunni ifodalash mumkin: 1) Holat, 2) miqdor-daraja.
1.Bosh gap tarkibida shunday, shundayin olmoshlari qo`llangan o`rinlarda, ergash gap bosh gapdan anglashilgan ma’lum holat yoki ih-harakatining qanday bajarilishi, belgi xususiyatining qanday ro`y berishi, qanday natijalarga olib kelganini ko`rsatadi.
2.Bosh gap tarkibida shuncha, shunchalik, shu qadar, chunon olmoshlari qo`llanganda, ergash gap bosh gaplar anglashilgan harakat yoki holat, xususiyatining ro`y berrishi miqdor-darajasining natijasini ifodalaydi.
Ergash gapning mazmuni bosh gapdan anglashhilgan mazmunining natijasi xulosasi ekanligini yanada bo`rttiribroq ifodalash uchun ergash gaplar xatto, oqibatda, natijada, nixoyat so`zlari bilan boshlanadi.
Ergash gapli qo`shma gaplarning shunday turlari borki, ularda ergash gapdagi mazmunan qiyoslash orqali bosh gapning mazmuni ochiladi. Ergash gaplar bosh gapdan anglashilgan harakat-xolat belgi-xususiyatini boshqa bir voqea, hodisa, belgi-xususiyatlarga qiyoslash orqali ifodalash mumkin.
Qiyos ergash gaplarda bosh gapning mazmuni boshqa bir voqea xodisa qiyoslanishi, qarama-qarshi qo`yilishi yoki boshqa gapdan anglashilgan harakat-xolatning darajasi izohlanishi mumkin. Bosh gapning bu xususiyatlari ergash gapdan anglashilgan mazmunga qiyoslash orqali ochiladi.
Ergash gapli qo`shma gaplarning bu turida oxangning roli katta bo`ladi. Ergash gap birinchi o`rinda kelganda oxang ko`tariladi, ergash gap bosh gapdan so`ng kelganda esa pasayadi. Har ikki gap orasida to`xtam bo`ladi. Ergash gap va bosh gap sostavidagi ma’nosi izohlanayotgan asosiy gap bo`laklariga mantiqiy urg`u tushadi.
Bu xil qo`shma gaplarni tashkil etgan qismlari qancha sostavli bo`lmasin aniq ikki markazga bo`linadi va ana shu markazlar qiyoslanadi.



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin