Aniqlovchi ergash gap bosh gap tarkibidagi ot yoki olmosh orqali ifodalangan biror bo`lakning belgi-xususiyatini izoxlab keladi.
Aniqlovchi ergash gap anglatgan mazmun va vazifasiga ko`ra, quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Aniqlovchi izoh ergash gaplarda ma’lum predmetlarning belgi xususiyati to`g`risida fikr yuritiladi, aniqlovchi ergash gap ma’lum predmetning belgi-xususiyati to`g`risida izoh beradi va shu yo`l bilan bosh gapning mazmunini to`ldiradi.
Aniqlovchi-izoh ergash gap har vaqt bosh gapdan so`ng keladi. Bir xil ergash gaplar bosh gapga–ki bog`lovchisi orqali bog`lanadi. Bundan tashqari, bosh gap tarkibida shunday, bir olmoshlari va unga mos xolda ergash gap tarkibida shunday, bu, bu xil, yoki u, uning olmoshlari bo`lib, ergash gap bu olmoshlar orqali aniqlanmish–otning ma’nosini azoxlaydi, to`ldiradi. Bosh gapdagi olmoshlar aniqlovchi vazifasida, ergash gapdagi olmoshlar esa turli vazifasida keladi: Paxta tolasi va chigit shunday xazina manbayi ekanki unda olinadigan narsalarning son sanog`i yo`q.
Bosh gap tarkibida bir shu o`sha olmoshning qo`llanilishi kam uchraydi bir vaqtlar kelarki bu g`ayratli qizning asarlari hozirda o`zi savdo qilayotgan bir dukon peshtaxtalaridan joy olar. Axir ular shu qarorga kelardiki bolalarni buvimga topshiradigan bo`ldi.
Mazmuni ixohlanayotgan olmosh gapning egasi to`ldiruvchi yoki kesimga bog`lanadi, bu xolda ergash gap ana shu boshqarayotgan ot yoki sifatning ma’nosini ochadi: Bir akang borki, murdani zinda, zindani gazzanda qiladi.
Ba’zan aniqlovchi ergash gaplarning tarkibidagi olmosh ham, bosh gap tarkibidagi olmosh ham bo`lmasligi mumkin. Ammo ergash va bosh gaplarning biriktiruvchi–ki bog`lovchisi saqlanadi. Shu bilan birga, bosh va ergash gaplarda mazmunni izohlanayotgan otlar ham bo`ladi: Odam borki, qolur undan yaxshi ot, Odam borki, qolur undan oxu dod.
Aniqlovchi ergash gapning maxsus turi bosh gapdan oldin keladi, bosh gap tarkibidagi biror otni izohlaydi, aniqlaydi, izohlanmish ot ergash gap yonma-yon keladi.
Aniqlovchi ergash gapning buturi o`zbek tilining o`ziga xos ichki xususiyatidan kelib chiqadi va mazmuni hamda ohangda yumuq bir guruhni tashkil etadi. Bosh gap tarkibidagi otning belgisi xukum yo`li bilan ifodalanadi: Aniqlovchi gap tarkibidagi o`z egasi va kesimi bo`ladi. Ana shu grammatik belgisiga ko`ra, aniqlovchi ergash gap sanaladi.
Aniqlovchi gapning maxsus turi uch guruhning tashkil etadi.
Aniqlovchi ergash gapning birinchi guruhida ergash gap bosh gapga analitik yo`l bilan bog`lanadi: ergash gapni bosh gapga bog`lash uchun asl ma’nosini yo`qotibi, yordamchi so`zga o`tgan degan sifatdosh shakli qo`llanadi. ergash gap shaklan ko`chirma gap shaklida bo`lsa ham, mazmunan biror shaxs tomonidan aytilgan gapning aynan ko`chirmasi bo`lmaydi. Muallifning taxminiy yoki biror maqol, matal bo`ladi.
Ergash gapning tarkibidagi ega va kesim bo`lib, ular shaxsda moslashadi, kesim shaxs ko`rsatuvchi shaklda bo`ladi. Odatda, ergash, gapdan so`ng qisqa to`xtam berilib, bosh va ergash gapni biriktiruvchi degan yordamchisi bosh gap tarkibidagi aniqlanmish so`z bilan umumiy oxangga ega bo`ladi, ularning orasida to`xtam berilmaydi: Saida gap tamom bo`ldi degan xayolda o`rnidan turmoqchi edi.
Aniqlovchi ergash gapning ikkinchi guruhining kesimi sifat, ot, bor yoki yo`q so`zlari orqali ifodalanadi: ergash gap bosh gapda to`xtam bilan ajralmaydi; to`xtam aniqqlanmish so`zdan so`ng beriladi; ergash gapning ega va kesimi moslashmaydi. Shunga qaramay, bu xil gap qurilmalarining ergash gap sanalishiga sabab: a) ularda ma’lum rajada nisbiy fikr tugalligining bo`lishi va b) tarkibida bosh kelishikdagi o`z egasi va kesimining mavjudligidir. Bu xil gaplar bosh gapga sintaktik usul bilan bog`lanadi: Sochi tim qora, qoshlari usma bir xotini bor.
Aniqlovchi ergash gapning uchinchi guruhi aniqlanmish so`zdan oldin keladi. Bu xil ergash gaplarning kesimi sifatdosh shaklida bo`ladi va ega bilan moslashmaydi, chunki sifatdosh kesim shaxs bilan tuslanmaydi: ertasiga Ibroximov Kanizak va Siddiqjon aytgan g`o`zalarni ko`zdan kechirdi.
Aniqlovchi ergash gapning kesimi vazifasida asosan–gan shakilli sifatdosh keladi.
Aniqlovchi ergash gap maxsus xilining uchinchi guruhi aniqlanmish so`zdan oldin kelsa ham, undan to`xtam bilan ajralmaydi shu bilan birga, bir xil ohang bilan talaffuz etiladi, qisqa to`xtam aniqlanmish so`zdan so`ng beriladi.
Aniqlovchi ergash gapning bu xili uyishib kelishi mumkin: Xotinlarning bir qismi o`zi ko`zlab yurgan yoki kuchi etadigan soxada ishlashga hoxish bildirdi.
Aniqlovchi ergash gapning bu xili bosh gap tarkibidagi ot bilan ifodalangan bo`lakka bog`lanadi, aniqlanmish gapning bosh bo`lagi ham, ikkinchi darajali bo`lagi ham bo`la oladi.