Tavsiya etiladigan zarur adabiyotlar
Sayfullayeva R., Mengliyev B.M. va b. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T.: 2009. O’quv qo’llanma. “Fan va texnologiya” O’R OO’MTV tom.tavs.
Ne‘matov H. va b. O’zbek tili struktural sintaksisi. -T.: Universitet, 2000. O’quv qo’llanma. Bux DU IK tas.
Mengliyev B. O’zbek tilining struktur sintaksisi –Qarshi.,2003. O’quv qo’llanma. QDU IK tas.
Sayfullayeva R., Qurbonova M., Mengliyev B.M. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 3-qism. T.: 2006. O’quv qo’llanma. O’zMU IK tas.
G’ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis. -T.: 1989. Darslik. O’z R OTV tas.
O’zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis. - T.: Fan, 1975. - 548 b. Darslik. O’z R OTV tas.
Tavsiya etiladigan yordamchi adabiyotlar
Sayfullaeva R.R. O’zbek tilida qo’shma gaplarning formal-funktsional talqini. -T.: Fan, 1994. O’quv qo’llanma. O’zMU IK tas.
Raupova L. O’zbek tilida nomustaqil kesim masalasi va [WPm-WPm] qurilishli gaplar: Filol. fan. nomz. dis. ... avtoref. - T., 1999. - 24 b.
Bobokalonov R. O’zbek tilida semantik-funktsional shakllangan so’z gaplar: Filol. fan. nomz. dis. ... avtoref. - T., 2000. - 19 b.
Elektron manbalar
Fanning o’quv uslubiy majmuasi. http://www.ziyonet.uz
http://www.ziyonet.uz. FilоlоgiY. Sintакsis.
http://www.edu.uz. FilоlоgiY. Sintакsis.
http://www.tdpu.uz. FilоlоgiY. Sintакsis.
http://www.pedagog.uz. FilоlоgiY. Sintакsis.
http://www.o’zmu.uz. FilоlоgiY. Sintакsis.
14-ma‘ruza. Tobe tarkibli qo’shma gaplar
Reja:
Tobe tarkibli qo’shma gap haqida ma’lumot.
Tobe gapning turlari
Tobelashtiruvchi bog`lovchilar yoki bog`lovchi vazifasidagi vositalar yordami bilan aloqaga kirib, biri ikkinchisiga mazmunan tobe bo`lib, uni izohlab kelgan gaplar birikmasidan tashkil topgan qo`shma gap turiga ergash gapli qo`shma gaplar deyiladi.
Ergash gapli qo`shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar xususiyatiga ko`ra ikki xil bo`ladi: boshqa bir gapga ergashib, tobe bo`lib, ikkinchi bir gapni izohlab, to`ldirib keluvchi gaplar ergash gaplar bo`lsa, mazmuni izohlanayotgan boshqaruvchi gap bosh gap hisoblanadi.
Bosh va ergash gap grammatik hamda mazmunan jips bog`lanib, yaxlit birlikni tashkil etadi va umumiy bir fikrni ifodalaydi.
Bosh va ergash gap o`zaro: 1) fe’lning funktsional shakllarining qo`llanishi (turli grammatik vositalar birikkan sifatdosh, ravishdosh, shart fe’li. 2) yordamchi so`zlar orqali munosabatga kirishadi.
Ergash gap, odatda, bosh gapni izohlash vazifasida keladigan, izohlash orqali mazmunan bosh gapga tobe bo`lgan qo`shma gap qismidir; ergash gap turli tobelashtiruvchi vositalar yordami bilan bosh gapga bog`lanadi. Bosh va ergash gapni biriktirishda turli leksik vositaning-birinchi navbatda nisbiy olmoshlarning roli kattadir, bu olmoshlar ham bosh gap, ham ergash tarkibida yoki ularning birinchi tarkibida bo`lishi mumkin. Ba’zi hollarda bosh va ergash gaplarni bog`lovchi grammatik vositalar bosh gap tarkibida bo`ladi: Nihoyat, Hirotdagi ba’zi mashhur zotlarga shunday tahlid qildiki, o`tirganlar o`rinlaridan qo`zg`olmay qoldilar.
Bu ergash gapli qo`shma gapning bosh gapi –Nihoyat, Hirotdagi ba’zi mashhur zotlarga shunday tahlid qildiki bo`lib tarkibidagi bosh va ergash gapni biriktiruvchi shunday nisbiy so`zi va –ki bog`lovchisi bor. Bu gap shaklan ergash gapga o`xshasa ham, mazmunan bosh gap hisoblanadi. Ikkinchi gap natija ergash gap bo`lib, u bosh gapning kesimidan anglashilgan holatning natijasini ta’sirini ifodalaydi.
Ergash gapdagi mustaqillik ayniqsa bosh gap……….ma’lumki, shuni bilingki kabi iborali gap qurilmalarida yaqqol ko`rinadi. Bunday qo`shma gaplarning bosh gapi shaklan va mazmunan kirish bo`lak yoki kirish gaplarga o`xshaydigan barqaror so`z yoki birikmalar orqali ifodalanadi. Bunda ergash gap fikran kengaytirih, hatto asosiy maqsadni ifodalash uchun xizmat qiladi. Demak, ayrim ergash gaplarda bosh gapdagiga qaraganda ham muhimroq voqea, hodisa haqida xabar beriladi, ular shaklan mustaqil ham bo`ladi. Ammo bu turdagi ergash gaplar mazmuniga, boshqa bir gapni izohlash vazifasiga ko`ra, ergash gap sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |