Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitet Jizzax filiali Psixologiya fakulteti


Ishlab chiqarishni kooperatsiyalash



Yüklə 208,74 Kb.
səhifə3/6
tarix06.05.2023
ölçüsü208,74 Kb.
#108508
1   2   3   4   5   6
jahon iqtis

Ishlab chiqarishni kooperatsiyalash — ishlab chiqarishni tashkil qilish shakli, maʼlum bir mahsulotni hamkorlikda tayyorlash uchun korxonalar oʻrtasida maxsus ishlab chiqarish aloqalari. Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashgan sari Ishlab chiqarish kooperatsiyalashuvi rivojlanib boradi va u, birinchi navbatda, korxonalarning cheklangan turdagi mahsulot, mahsulot qismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida koʻrinadi. Bu jarayon korxonalar oʻrtasida raqobat kurashini ham oshiradi.
Ishlab chiqarishni kooperatsiyalashuvi ixtisoslashtirish shakllaridan biri boʻlib, korxona va tarmoqlar oʻrtasidagi aloqalar ixtisoslashtirishning kengayishiga, yangi tarmoqlar vujudga kelishiga, eskilarning boʻlinib ketishiga sabab boʻladi (qarang Ishlab chitsarishni ixtisoslashtirish). Kooperatsiyalash xalq xoʻjaligida ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshiruvchi vosita boʻlib, ishlab chiqarish quvvatlaridan yaxshiroq foydalanishga, ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga imkon beradi, natijada mehnat unumdorligi oshadi. Ishlab chiqarishni kooperatsiyalashuvi agregatlar boʻyicha (predmetli) kooperatsiyalash (murakkab mahsulot ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga bir qator korxonalar shu mahsulotni tayyorlash uchun zarur boʻlgan qismlar, mas, motor, nasos, kompressor va b. lar yetkazib beradi), detallar boʻyicha kooperatsiyalash (bunda qator ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga detal va qismlar — podshipnik, porshen, gilza, silindr, reduktor va b. yetkazib beradi); texnologik (bosqichli) kooperatsiyalash (bir korxona ikkinchisi uchun alohida texnologik jarayonlar va ishlarni bajarib beradi) kabi koʻrinishlari bor.
Hududiy jihatdan kooperatsiyalashning mahalliy (shu xududning oʻzidagi ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasidagi aloqa) va mintaqaviy (bir necha hududlardagi ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasidagi aloka) shakllari bor. Kooperatsiyalashgan aloqalar vaqt jihatidan doimiy (bunda korxonalar ishlab chiqarish harakteriga koʻra, oʻzaro bogʻlangan boʻladi, yaʼni muayyan mahsulotning bir qismi birinchi korxonada tayyorlansa, boshqa qismi ikkinchi korxonada tayyorlanadi) yoki vaqtinchalik (bunda korxonalar bir-biri bilan ehtiyojga koʻra, vaqtincha bogʻlanadi) boʻlishi mumkin. Kooperatsiyalashgan aloqadagi korxonalar soni va tayyor mahsulot tannarxida kooperatsiya orqali yetkazilgan detallar, uzellarning salmogʻi Ishlab chiqarishni kooperatsiyalashuvi darajasi koʻrsatkichlari hisoblanadi. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish rivojlangan sari kooperatsiyalashgan aloqalar ham rivojlanib boradi. Bu jarayon avtomobilsozlik, traktorsozlik, aviasozlik kabi sohalarda yaqqol koʻrinadi.


Yüklə 208,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin