Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi


Ur shahrining qayta tiklangan maketi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə11/53
tarix22.05.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#119611
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
жахон тарихи

Ur shahrining qayta tiklangan maketi


Lagashning Shumerda gegemonlik uchun kurashida, asosiy dushmani Umma shahri edi. Mil. avv. 2450 -yilda Eanatum, Lagash shahrining lugali unvoniga sazovor bo‘ladi. So‘ngra Umma shahar-davlati eni Ushni jangda yengadi. Ummaliklar, Lagashda ehtiromli hisoblangan Ningisu va Nanshe (baliqchilik ilohasi) xudolari ibodatxonasi foydasiga, bug‘doy bilan o‘lpon to‘laydigan bo‘ldilar. U deyarli barcha Shumer shaharlarini (Nippurdan tashqari) bo‘ysundirib, mamlakatni elamliklar bosqinidan asrab qoladi. Vaqt o‘tib Lagash podsholari Enannatum I, Entemena, Enannatum II, Enentarzi, Lugalanda va boshqalar davrida Lagash shahar-davlati Shumerda ustunlikni saqlab turadi. Mil. avv. 2319- yilda Lagashda Urukagina( yoki Uruinimgin) hokimiyatga keladi.
Yangi hukmdor ijtimoiy qarama-qarshilikni bartaraf etish uchun islohotlar yo‘lini tanlaydi. Ibodatxonalarning oliy kohinlari soliqlardan ozod qilinadi. Lugal Urukagina (mashhur tarixchi I.M.Dyakonovning fikricha) zodagonlar va kohinlar tabaqasi vakili sifatida, davlat amaldorlarining ibodatxona yerlarini nazorat qilishiga qarshi kurashadi. Ibodatxonalarning qaram kishilarga natural mahsulot to‘lovi miqdori oshirilib, ularning huquqlari kafolatlanadi. Soliqlar tartibga solinib, bevalar va yetimlar davlat himoyasiga olinadi. Soliq yig‘uvchilar va mansabdor shaxslar sonini kamaytiradi. Jamoalarning o‘z-o‘zini boshqarish tizimi tiklandi. Lekin ichki nizolar Lagashni kuchsizlantiradi.
Bu orada podsho Lugalzagisi (mil. avv.2336-2311 -yy) boshchiligida Umma va Uruk shahar-davlatlari birlashadi. So‘ngra Lugalzagisi Lagashni bosib olib, Shumerda uzoq vaqt gegemonlik qiladi. Umma shahar-davlati nazoratidagi hudud O‘rtayer dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar kengayadi.
Akkad davlatining yuksalishi. Sargon I (mil. avv. 2316-2261- yy) o‘zini Akkadda “Sharrum-ken” (asl podsho) deb e’lon qiladi. Podsho bo‘lguniga qadar oddiy suv tashuvchining tutingan o‘g‘li (asl otasi haqida ma’lumot yo‘q) bo‘lib, o‘zi esa bog‘bon bo‘lgan edi. So‘ngra Kish lugali Ur-Zababaning xizmatkori (sharob quyuvchisi) bo‘lgan. Lugalzagisi Kishni egallagach, shimolroqda Akkadi shahriga ketadi va kichik shahar-davlatni qudratini oshiradi. Tarixda birinchi marta Sargon I taxminan 5400 askardan iborat yaxshi qurollangan muntazam qo‘shin
tuzadi. Askarlari podsho hisobidan ta’minlanar edi. U Shumer shimolidagi Akkad davlatiga asos soldi. Umma hokimi Lugalzagisi u bilan uzoq urush olib bordi. Ammo Sargon I kuchli qo‘shin bilan Shumer shaharlarini birin-ketin istilo qiladi. Lugalzagisi esa qatl etiladi va Uruk mudofaa devorlari buziladi. Keyinchalik podsho Sargon I shaxsi afsonalarda ilohiylashtirish darajasigacha ulug‘langan edi.
Yangi hukmdor “Kish lugali” maqomiga ham sazovor bo‘ldi. Sargon I podsholigi davrida butun Mesopotamiyani o‘z davlati qo‘l ostiga birlashtiradi. Bundan tashqari, u Kichik Osiyo, Kipr, Suriya, Elam va hatto, uzoq Janubiy Erongacha harbiy yurishlar qildi. Akkad qadimgi dunyoning eng kuchli davlatlaridan biriga aylanadi.
Sargon I davlati Mesopotamiyadagi shahar-davlatlardan farq qilgan holda markazlashgan hududiy davlat edi. Sargon I va uning vorislari davrida mamlakatda iqtisodiyot, savdo-sotiq, sun’iy sug‘orishga asoslangan ziroatchilik rivojlanadi. Uning yakka hokimlikka (yoki tiraniyaga) asoslangan hokimiyati zodagonlar va oqsoqollar kengashining qarshiligiga olib keldi. U o‘z hokimiyatini kuchaytirish uchun xizmatidagi zodagonlar, amaldorlar va ayrim hollarda kohinlarga tayanib ish ko‘rdi. Sargon I, Akkadi shahri homiy xudosi Aba va Kish shahri ilohi Zababalarni ulug‘ladi. Shu bilan birga Nippurdagi Shumerning umumiy xudosi Enlilga ham xurmat bajo keltirdi. Hukmdor ayrim shaharlarning hokimlarini o‘zi tayinlar edi. Sargon I tashkil etilgan muntazam qo‘shinga doimiy ravishda g‘amxo‘rlik qiladi. Jangchilarga harbiy xizmatiga qarab yer ajratib beradi. Podsho Sargon I tashkil qilgan davlatda hokimiyat to‘la monarxga tegishli bo‘lib, keyin uning merosxo‘rlariga o‘tishi kerak edi.
Shumer shahar-davlatlarining hududi Sargon I davlatining viloyatlari bo‘lib qoldi. Ularning tepasida turgan ensi yoki lugal podsho noiblari hisoblanar edi. Ibodatxona xo‘jaligi va mulklari esa, podsho davlat xo‘jaligining bir qismi edi. Sargonning qo‘lida katta miqdorda iqtisodiy kuch to‘planib, uning yordamida ichki isyonlar va faol tashqi siyosat yuritish uchun harbiy qismlarni saqlab turish mumkin bo‘ldi.
Podsholar markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun merosxo‘r
«ensi»larni o‘z o‘g‘illari bilan almashtirdilar. Merosxo‘r hokimlar oddiy amaldorlar darajasiga tushirildi. Podsho ichki siyosatda kohinlarga suyandi. Kohinlarga ko‘plab imtiyozlar berildi. Podsho va uning o‘g‘illari ibodatxona kohinlari lavozimini bajarganlar. Sargon davrida yangi kanallar qurildi. Sug‘orish inshootlari umumdavlat miqyosida rivojlantirildi. Yagona og‘irlik o‘lchov birliklari joriy qilindi. Akkad Hindiston va Sharqiy Arabiston bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi. Sargon I hukmronligining so‘nggi yillarida mamlakatda boshlangan ochlik katta g‘alayonlarga olib keldi.
Podsho Sargon I vafotidan so‘ng vorisi Rimush (mil. avv. 2261-2252 yy.) hokimiyatga keladi. Hukmronligining dastlabki yillarida otasidan meros bo‘lib qolgan deyarli barcha davlatlar unga qarshi isyon ko‘taradi. Qo‘zg‘olonning boshida Ur hokimi Kaku turadi. Shu bilan birga Umma shahri ham isyonchi Kaku tomoniga o‘tib ketadi. Ammo Rimush ularga qarshi qo‘shin tortib boradi va jangda g‘alaba qozonadi. Minglab qo‘zg‘olonchilar asir olinadi. So‘ngra podsho Rimush Fors qo‘ltig‘iga harbiy yurishni amalga oshiradi. U yerda ham isyonlar bostiriladi. Qo‘zg‘olonlarga chek qo‘yish yo‘lidagi Rimushning keyingi yurishlarida, isyonchi shaharlar Umma va Derning 13 mingga yaqin aholisi qirib tashlanadi.
Rimush ichki siyosatda kohinlarga tayanishga harakat qilib, ularga ko‘p hadyalar qiladi. Elamga bir-necha talonchilik yurishlarni amalga oshiradi. Ammo Rimush o‘z yaqinlarining fitnasi (podsho oldiga qurol bilan kirib bo‘lmasligi tufayli uni zodagonlar, tosh muhrlari bilan urib o‘ldirganlar) qurboni bo‘ladi.
Uning ukasi yangi podsho Manishtusu (mil. avv.2252-2237-yy) bir nechta isyon va qo‘zg‘olonlarni bostirishga majbur bo‘ladi. U Elamga ikki marta bostirib kirdi va u yerni talon-taroj qiladi. Fors qo‘ltig‘ining sharqiy qirg‘og‘i tomon dengiz orqali yurish ham uyushtiradi. U podsho hokimiyatini mustahkamlash uchun jamoa yerlarini sotib ola boshlaydi, natijada davlat hisobidagi yerlarini kengaytirib oladi. Podsho Manishtushu ham navbatdagi saroy fitnasi natijasida o‘ldiriladi.
Taxtga uning o‘g‘li, Sargon I ning nabirasi Naram-Suen (mil. avv. 2237- 2200- yy) o‘tiradi. U hukmronligining dastlabki yillarida quyi Mesopotamiyaga
qo‘zg‘olonlarni bostirish uchun yurish qilishga majbur bo‘ladi. Naram-Suen ham podsho hokimiyatini mustahkamlash uchun isyonchi shaharlar, ayirmachi “ensi”lar, urug‘ zodagonlariga qarshi muntazam kurash olib boradi. Shu orada Akkadning yuksalishidan norozi bo‘lgan janubdagi shahar-davlatlar qo‘zg‘olon ko‘taradi. Shunday bo‘lsada isyonlar shafqatsizlik va katta qiyinchilik bilan bostiriladi.
Podsho Naram-Suen davrida Akkadning yuksalishi kuzatiladi. Mesopotamiya shaharlari to‘la Sargon I sulolasi hukmi ostiga o‘tgach, Naram- Suen o‘zini “Akkadning qudratli xudosi” deb ulug‘lab, toshga o‘yib yozilgan tasvirlarda (hozirda “Naram-Suen g‘alaba stellasi” nomi bilan Parijning Luvr muzeyida saqlanadi) ilohiylik ramzi bo‘lgan shohli bosh kiyim bilan tasvirlanadi. Aholi unga iloh sifatida sajda qilishi kerak bo‘lgan. Uni yana “to‘rt iqlim podshosi” va ”Olam podshosi”-deb ham yuksaklarga ko‘tarishgan. Shunday bo‘lsada Akkad davlati, Elamni butunlay o‘z nazoratida tutib tura olmadi. Naram- Suen hukmronligini so‘nggi yillarida Zagros tog‘lari tomonidan, Akkad yerlariga ko‘chmanchi gutey qabilalalarining dastlabki to‘lqini kirib keladi.
Naram-Suendan so‘ng taxtga Sharkalisharri (mil. avv. 2200- 2176 -yy) o‘tiradi. Uning davrida Mesopotamiyaga g‘arbdan, kelib chiqishi somiylardan bo‘lgan amoriylar va shimoli-sharqdan esa guteylar xavf sola boshladi. Ammo hududlarni nazorat qilish muammo edi. Shu bilan birga doimiy bosqinchilik yurishlari va ichki nizolar, mamlakat iqtisodiyotini inqiroz yoqasiga olib keladi. Akkad davlati kuchsizlanadi va tashqi dushmanga qarshilik qila olmay qoladi.
Mesopotamiyadagi Akkad davlati qudratiga Zagros tog‘laridan bostirib kirgan tog‘li qabilalardan bo‘lgan guteylar chek qo‘yadi. Mamlakat guteylar tomonidan talon-taroj qilinadi. Shumer shahar-davlatlari aristokratiyasi ularga o‘lpon to‘ladilar. Lagash hokimlari guteylar yordamiga tayanib, boshqa shaharlar ustidan ma’lum darajada hukmronlik qildilar. Janubiy Mesopotamiyada Lagashning zo‘ravonligi boshqa shahar-davlatlarning noroziligiga uchradi va guteylardan ozod bo‘lish vaqtida qo‘shni shahar-davlatlar tomonidan Lagash vayron qilinadi.
Guteylar davrida Lagash hokimi bo‘lgan Gudea (mil. avv.2137-2117-yy) o‘zining yozuvlari va haykallari bilan mashhur bo‘lgan. Uning davrida Ningirsu xudosi ibodatxonasi atrofida yagona ibodatxona xo‘jaligi tashkil etilgan edi. Gudea ushbu xudo uchun olinadigan maxsus soliq joriy qiladi va qurilish majburiyatini kiritadi. Podsho Gudea, Hind daryosi havzasi viloyatlari bilan savdo qiladi va elamliklar bilan urush olib boradi.
Guteylar Mesopotamiyada taxminan yuz yilga yaqin hukmronlik qilganlar. Mil. avv.2109-yilda guteylar Ur podshosi Utuxengal tomonidan tor-mor qilinadi. Guteylar hukmdori Tirikan mag‘lub etilganidan so‘ng, Mesopotamiya Utuxengal boshchiligida birlashtiriladi. Shu bilan birga u “to‘rt iqlim podshosi” unvonini ham qabul qiladi. Shumer va Akkad yerlari yana birlashtiriladi. Ammo Utuxengal irrigatsiya ishlarini nazorat qilayotganda baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi. So‘ngra Utuxengalning tarafdori Ur-Nammu (mil. avv. 2112-2094- yy) taxtga chiqadi va mamlakatda III-Ur sulolasi hukmronligi boshlanadi. Ur shahri poytaxtga aylanadi hamda guteylar davrida vayron qilingan mudofaa devorlari qayta tiklanadi. Ur- Nammu islohotlar o‘tkazib, 57 ta moddadan iborat qonunlarni tuzadi. Ur shahrida ulkan zikkurat qurishni boshlaydi, lekin bitkazishga ulgurmaydi. Keyinchalik guteylar bilan jangda halok bo‘ladi. Uning o‘g‘li Shulgi (mil. avv.2094-2046- yy) davrida balandligi 10 metrga teng Urdagi zikkurat qurilishi bitkazilib, yangi qonunlar kiritiladi. Hunarmandchilik bilan shug‘ullanadigan podsho ustaxonalari ishi yo‘lga qo‘yiladi. Iqtisodiyotda davlatning o‘rni oshadi. Yirik chorvachilik va dehqonchilik xo‘jaliklari tashkil qilinadi. Mesopotamiyada ishdan chiqqan sun’iy irrigatsiya tizimi to‘liq qayta tiklanib, yangi to‘g‘on va kanallar quriladi. Mamalakatdagi asosiy yer zahirasi podshohniki hisoblangan. Armiyada ham islohotlar o‘tkazishga muvaffaq bo‘ladi. Shulgi ibodatxonalar va davlat xo‘jaliklariga tegishli yerlarni markazlashtiradi. So‘ngra ular ustidan davlat nazoratini o‘rnatadi. Podsho Shulgi davrida Shumerda cho‘ri ayollarning xo‘jalikdagi mehnatidan unumli foydalanishgan. Ularni “Ngeme” deb atashgan bo‘lsa, qullardan farq qilmaydigan “gurushi” kabi aholi qatlami ham mavjud edi.
Podsho Shulgi, jamoa yerlarida ishlaydigan aholini qashshoqlashuv jarayonini sekinlashtirish uchun bunday yerlarni sotish va sotib olishni bekor qiladi. Ammo oddiy xalqning yersiz qolishi kuchayib boradi. Kambag‘al aholini o‘z Yüklə 0,75 Mb.
Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin