23
anhori bo‘yida, Mozor darvozasi yonidagi Abu Bakr Tarxon qabristonida dafn
qilingan.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro xoni Muhammad Rahimbiy o‘zining qisqa
hukmronlik davrida mamlakatni Eron bosqini va talon-tarojidan saqlab qolishga
erishdi, bebosh amirlarning ayirmachilik va boshboshdoqlik faoliyatiga chek qo‘ydi,
markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qildi, Abulfayzxon davrida qo‘ldan
ketgan Buxoro xonligi hududlarini ancha kengaytirdi va Buxoroda 170 yilga yaqin
hukm surgan mang‘itlar sulolasiga asos soldi.
Muhammad Rahimbiyning marhum akasi Badalbiydan Norbo‘tabiy nomli bir
o‘g‘il qolgan bo‘lib, u Muhammad Rahimbiyga kuyovi edi. Norbo‘tabiy va
Muhammad Rahimning qizidan uch o‘g‘il qoldi: Fozil to‘ra, Kattabek dodxoh,
Kichkinabek. Ularning uchchovidan ham nasl qolmadi. Muhammad Rahimbiyning
o‘zidan esa og‘il nasl qolmadi.
Muhammad Rahimbiy vafotidan keyin uning katta nabirasi Fozil to‘ra taxtga
chiqarilib, Doniyolbiy otaliq amaliga ko‘tarilganda Norbo‘tabiy “otaliq” amalini
da’vo qilib, amirlar ig‘vosi bilan isyon ko‘targan. Biroq, o‘z ixtiyori bilan taslim
bo‘lgan va xotini hamda o‘g‘li Fozil to‘ra bilan Qarshiga surgun qilingan. Keyinroq,
yana taxt da’vosi bilan amirga muxolif bo‘lgan. Norbo‘tabiy Qarshida vafot etgan.
Muhammad Rahimning qizini Doniyolbiy Buxoroga olib ketgan. Fozil to‘ra juda
yosh paytida, 1758-yil Muhammad Rahimbiy vafotidan so‘ng bir muddat taxtda
bo‘lgan, so‘ng o‘rniga Urganch sultonlaridan Abulg‘ozixon xon etib ko‘tarilgan.
Kichkinabek yoki Kichik Mirzo – Kattaqo‘rg‘on hokimi Muhammadaminxo‘ja
naqib, Bobomirzo ibn Sulton Murodbiy bilan birga Amir Haydar tomonidan qo‘lga
olinib, 1805–1806-yil qatl etilgan.
Dostları ilə paylaş: