20
Xudoyor ibn Xudoyquli podshoh bo‘lub, Shahrisabz, Hisori Shodmon, Ko‘lob,
Xo‘jand va Toshkand tasarrufidin chiqdi. Vaziri eronlik Davlat qo‘shbegi bo‘lub,
mamlakat tamomi halli uqdi aning yadi tasarrufida edi. Bu sulolaning asoschisi
Rahimbiy ibni Hakimbiy atoliq ibni Xudoyorxon ibn Xudoyquli biy ibn Keldiyor ibn
Chovush bo‘ladi. Sadri Ziyo Chovushni «mang‘itiya elotiyasi ichida moldor va sohibi
e’tibor kishi edi va Abdullaxon (1557-1598) bilan zamondosh bo‘lgan”, deb aytadi.
Muhammad Rahimbiyning xonlik taxtiga o‘tirishi o‘sha davr muarrixlari
tomonidan muhim siyosiy voqea sifatida baholangan. Muhammad Rahimbiy
Buxoroda xonlik taxtiga dabdabali ravishda o‘tirgandan keyin Samarqandga
maxsus kelib mashhur Ko‘ktosh taxtiga ham o‘tirgan.
Tarixchi Xumuliyning
yozishicha, Muhammad Rahim hali otaliq mansabida ishlagan paytidayoq
Ko‘ktosh taxtiga o‘tirgan. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki,
ashtarxoniylardan
Subhonqulixon (1681-1702) vafotidan keyin Ko‘ktosh ustiga hech kim taxtga
o‘tirmagan edi.
Alqissa, noshoyon fe’lining kasofati sabab hamma Abulfayzxondan
nafratlanadigan bo‘ldi. Amirlar va elot sardorlari undan ko‘ngillarini o‘zgartirib,
yashirincha amir al-umaro Muhammad Rahim bilan do‘stlik ahdini bog‘ladilar, toki
amir al-umaro jur’at
qadamini ildamlab, mulk etagidan bu tikanni sug‘urib olib,
viloyat hududini fitnayu fasod g‘uboridan musaffo etsin. Muhammad Rahim darbor
amirlarining roziligini olgach, Abulfayzxonni Buxoro minorasi pastidagi o‘z
hovlisiga olib keldi va unga munofiqlik etishga qasd qildi. Abulfayzxon uning hiyla
va xiyonati xavfidan qochib, o‘zini Mir Arab
madrasasiga oldi va madrasa
hujralaridan biriga yashirindi. Rahimbiy uning orqasidan o‘sha hujraga kirib,
Abulfayzxonga omon bermay, mulozimlariga adolatsizlik
xanjari bilan bu
chingiziynajod xusravning boshini tanidan judo etishni buyurdi. Abulfayzxonning
qatl etilgani ma’lum bo‘lgach, Buxoroda turgan eronlik askarlar Nodirshohning
qaynotasi hamda chingiziylar avlodidan bo‘lmish mazkur xonning o‘limidan norozi
bo‘lib, isyonga tayërlana boshlaydi. Shunda Muhammad Rahim Eron qo‘shini
boshliqlaridan Ja’farqulixonga quyidagi mazmunda maktub jo‘natadi: “Sizlarning
bu diyorga kelishingiz yurtni tinchitmoq va fuqaroning osudaligini ta’minlamoq
uchun edi. Bu muddaoning yagona yechimi Abulfayzxonning o‘limi edi. Mulk
aholisining unga rag‘bati yo‘q edi. Buyuk xon Nodirshoh kelgan vaqtlarida menga
bu borada topshiriq bergan edilar. Taqdirda bori amalga oshdi”.
Lekin isyonkor
elotlar va ba’zi qudratli amirlar orasida birdaniga hokimiyatni egallash xavfli edi.
Ehtiyotkorlik va tadbir yo‘lini hamda xayrixohlik raftorini tutib, o‘zining niyatini
yashirish uchun Abulfayzxonning kichik yoshli o‘g‘lini
haramdan chiqarib,
otasining o‘rniga Buxoro saltanatida podshoh etib o‘tirg‘izib, xalqni uning itoatiga
kiritdi.
21
Abdulazim Somiyning “Tarixi salotini mang‘itiya” asaridan.
Manbalarda yozilishicha, Muhammad Rahimni ham mavjud an’analarga ko‘ra
ko‘zi bog‘langan holda oq kigizga o‘tkazib, taxtga chiqarish marosimini o‘tkazganlar.
Kigizning to‘rt burchagini to‘rtta yirik o‘zbek urug‘lari –
mang‘it, o‘tarchi, bahrin va
saroy vakillari tutganlar. Shuningdek, kigizning chetini to‘rtta
yirik diniy ulamolar
sulolasi – Maxdumi A’zam Kosoniy, Sayid Ota, Xoja Muhammad Islom Jo‘yboriy va
Xoja Ahror avlodlari tutib turganlar. Shu tariqa, rasman davlat hukmdoriga aylangan
Muhammad Rahimbiy “Movarounnahr taxtida ikki yil hukmronlik qildi”.
Dostları ilə paylaş: