31
Nadr Muhammadxonning onasi mashhadlik sayyidlar xonadoniga mansub edi.
Shu bois, Nadr Muhammadxondan boshlab ashtarxoniy hukmdorlarga ham
“Sayyid” nisbasi qo‘shib ishlatilgan. Uning nabirasi bo‘lgan Abulfayzxonning qizi
Shamsiya bonu Amir Haydarning onasi edi. Shu jihatdan ham, muarrixlar Amir
Haydarni ham sayyidlar naslidan deb qarashadi. Amir Haydardan boshlab keyingi
barcha mang‘it amirlari nomiga “sayyid” rutbasi qo‘shib ishlatiladi.
Amir Shohmurod vafotidan keyin Buxoro amirligida o‘zaro
kurashlar
boshlandi va ba’zi bekliklarning mustaqillikka intilishi boshlandi. Shu vaziyatda
O‘ratepa hokimi Bobobek parvonachi Jizzaxni bosib oldi. Bobobek parvonachi
Jizzaxni qo‘lga kiritgandan so‘ng, shahar hokimi, ya’ni amir Haydarning singlisining
eri Muhammad Yusufxo‘jani asir oldi. Bu voqeadan xabar topgan Kattaqo‘rg‘on
hokimi Muhammad Xo‘ja o‘z o‘g‘li Muhammad Yusufxo‘jani ozod qilish uchun
katta qo‘shin bilan Jizzaxga keldi va Bobobek parvonachi qo‘shinlari bilan jang qilib
uni besh yuz nafar askari bilan birga asirga olib, Buxoroga jo‘natgan. Shu tariqa,
Amir Haydarning amirlikni qayta markazlashtirish yo‘lidagi
mashaqqatli kurashi
boshlangan. U 1803-yilda ayirmachilik kayfiyatlarini namoyon qilayotgan
O‘ratepaga yurish qilib, uni ham Buxoro amirligiga bo‘ysundiradi. Uning hokimi
Bekmurodbiy ibn Xudoyorbiy
yuzni qatl qilib,
yuz va
qirq urug‘i
vakillarini
ko‘chirib, Buxoro va Samarqandga joylashtirdi. O‘ratepa hukumatini esa Mullo
Ernazarbiy
dodxohga berib qaytdi. 1816-yil Balx shahri egallanib, u shaharga G‘ulom
Qilich hokim qilib tayinlandi.
“Toj ut-tavorix” asarida Amir Haydar davridagi bir voqea haqida shunday
hikoya qilinadi: “1225-yilda (1810) Buxoroda qahraton qish boshlanadi, bir quloch
miqdoricha keladigan muz uch oy mobaynida saqlanib qoldi. Bug‘doy va ekinlarni
sovuq urib, narxi yuz tangaga yetadi. Bir haftada 80 tanga, keyingi 20 kunda 60
tanga bo‘ldi. Yog‘ narxi bir ashrafiyga yetdi. Bundan tashqari 1-apreldan 16-
maygacha qattiq to‘fon bo‘ldi. Bir nechta qishloq qum ostida qoldi. Bozorlar bo‘sh
qolib, do‘konlar yopildi. O‘g‘rilik avj oldi”.
Bu hukmdor davrida markazdan qochuvchi kuchlarning yana faollashuvi, turli
viloyatlar hokimlarining o‘zaro kurashlarining avj olganligi kuzatiladi. Jumladan,
1800-yili soliq yig‘uvchilarning beboshligidan Marv turkmanlari bosh ko‘taradilar.
Bu voqeadan bir yil keyin Amir
Haydar Qarshi atrofidagi Xalaj, Ulug‘tepa, Gunashda
turkmanlarning qizil oyoq, adak va adji urug‘lari bilan to‘qnashadi. 1804-yili Amir
Haydar markaziy hokimiyatga bo‘ysunishdan bosh tortgan ukasi, Marv hokimi Din
Nosirbekka qarshi qo‘shin jo‘natadi. Bu yurish natijasida ushbu shahar aholisining
katta qismi Zarafshon vohasiga ko‘chiriladi, Marvda esa 200 turkman oilasi
joylashtiriladi. Marvdagi yirik Sultonband suv ombori buzib tashlanadi. Amir
Haydar, shuningdek, markaziy hokimiyatga qarshi bosh ko‘tarib chiqqan Shahrisabz
32
kenagaslari, Hisori Shodmonlik tog‘liklarga ham qarshi kurash olib borishiga to‘g‘ri
keladi.
Marv hokimi Din Nosirbek (Amir Haydarning ukasi)ni
Amir Haydar doimo
Buxoro taxtini egallashga da’vogar bo‘lgan raqobatchi deb bilar edi. Bir safar uni
Buxoroga chaqirtirganda, Din Nosirbek akasiga ishonmagan va Eronga, Fathalishoh
(1797-1834) huzuriga ketgan. Keyinchalik, u Xorazm xoni Eltuzarxon (1804-1806)
qutqusiga uchib, 1804-yil akasiga qarshi bosh ko‘taradi va mag‘lubiyatga uchraydi.
Bu voqeadan so‘ng Eltuzarxon talonchilarini yuborib, bir necha bor Buxoro
tumanlarini talon-toroj qildi. Eltuzarxonning maqsadi o‘z odami bo‘lgan Din
Nosirbekni Buxoro amirligi taxtiga chiqarish va bu orqali amirlikni o‘z nazoratiga
olish bo‘lgan. Oxir-oqibat, 1806-yilda Amir Haydar Niyozbek
parvonachini yigirma
ming suvoriy bilan Xorazm tomon yubordi. Xorazm xoni qo‘shin bilan Amudaryodan
o‘tib, Buxoro qo‘shini bilan jang qildi. Bo‘lib o‘tgan qattiq jangda xorazmliklarning
ko‘pchiligi
shikast topib, aksari daryoga g‘arq bo‘ldi. Qolganlarini Eltuzarxonning
uch birodari bilan birga asir qilib Buxoroga olib keldi. Xonning o‘zi esa daryodan
o‘tish uchun qayiqqa chiqqanida, ta’qibdan qochayotgan xorazmlik askarlar xon
o‘tirgan qayiqqa jon talvasasida yopishganlar va qayiq ag‘darilib, xon ham sovutlari
og‘irligidan daryoga g‘arq bo‘lib halok bo‘lgan. Amir Haydar Eltuzarxonning
birodari Qutlug‘ Murodni 400 asir
bilan ozod qilib, Urganchga jo‘natadi.
Eltuzarxondan keyin Xorazm taxtiga chiqqan Muhammad Rahimxon (1806-
1825) akasi Eltuzarxonning qasdini olish va Buxoro amiri Haydardan Amudaryo
g‘arbidagi yerlar, xususan, Chorjo‘y hududini tortib olish maqsadida bir necha marta
yurish qildi. Ikki tomon o‘rtasidagi kurashlar bir necha yil ayovsiz kechgan.
Amir Haydarga qarshi ukasi Din Nosirbek 1821-yilda 4000 nafar lashkar bilan
Chorjo‘yga hujum qiladi. Amir Haydar tomonidan sarkarda Niyozbek parvonachi
boshchiligida yuborilgan qo‘shin Din Nosirbekni mag‘lubiyatga uchratib uning
lashkarlaridan 2000 nafarini halok etdi va asirga oldi. Din Nosirbek o‘z oilasi bilan
Mashhadga qochdi. Din Nosirbek va Niyozbek parvonachi o‘rtasidagi asosiy jang
Marv ostonasida bo‘lib o‘tadi va jang davomida Marvni suv bilan ta’minlab turgan
to‘g‘on buzib tashlangan va marvliklar asosiy suv manbasidan uzilib qolgan edi.
Urushdan so‘ng amir Haydar Erlaqabbiyni ikki yuz turkman xonadoni bilan birga
Marvga yuborib shaharning vayron bo‘lgan joylarini va ariq to‘gonlar obod
qilinishini buyuradi. Erlaqabbiy Marvda o‘n yil davomida hukmronlik qiladi.
Amir Haydar Miyonqolda 1821-1825-yillarda qo‘zg‘olon ko‘targan
xitoy-
qipchoqlarga ham qarshi faol kurash olib bordi. Samarqanddan Miyonqolgacha
bo‘lgan yerlar bu jamoalarning makoni bo‘lib, ular qariyb besh ming uylik aholi
bo‘lgan. Ayrim vaqtlarda Amir Haydarning odamlaridan ularga zulm va zug‘um
o‘tgan edi. Shu sababdan xorazmliklar bilan bo‘lgan muvaffaqiyatsiz janglar
natijasida fursatni g‘animat bilib, Kattaqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on va Chelak qal’asini
33
bir kunda qo‘lga kiritib oldilar. Samarqand va Yangiqo‘rg‘on hokimi Davlat
Dostları ilə paylaş: