34
Elchi qaytib borgach, Amiri Sa’id xat javobini ko‘rib kuldilar. Buxoroi
sharifning fozillari [xonning hozirjavobligiga] tahsin va ofarin aytdilar.
O‘sha vaqtda Urganchda Muhammad Rahimxon o‘z davrining voliysi edi, bu
muborak ta’sirli xabarni eshitib, Amiri Sa’id huzuriga elchi borib, xatning mazmunini
[turkiyda] shunday yetkazdilar. Bayt
Muhammad Rahim oldida topsa joy,
Umar tobe' o‘lurmu Haydar mute'.
Muhammad Rahimxon ushbu haqqoniy mazmun bilan gapning dodini berdi”.
Bu yerda Muhammad Rahimxon qo‘shni hukmdorlar – Amir Haydar va
Umarxondan o‘zini yuqori tutgani anglashiladi. Bayt mazmunida Muhammad (s.a.v.)
– payg‘ambar, Rahim – Allohning 99
ismidan biri, ikki xalifa – Umar ibn Hattob
(584-644) va “Haydar” laqabi bilan mashhur Ali ibn Abu Tolib (599-661)
Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarga quloq solgani va uni Rahim (Alloh) oldida tursa,
xalifalarning unga ergashishi g‘oyasi singdiriladi.
Amir Haydar o‘z hukmronligi davrida asosan ichki dushmanlarga qarshi
kurash olib boradi. Shahrisabz,
Samarqand, Urgut bekliklarida bo‘lib o‘tgan
g‘alayonlar, Marv vohasi uchun Xiva xoni Muhammad Rahimxon bilan olib borilgan
urushlar Amir Haydarni davlatda harbiy-siyosiy islohotlar o‘tkazishga majbur qildi.
Amir Haydar boshqa mang‘it hukmdorlaridan farqli ravishda o‘z qo‘shinidagi
askarlarga muntazam ravishda yaxshi maosh to‘lab borgan. O‘z navbatida
kambag‘allar, yetim-yesirlar, qashshoqlar,
darveshlar, muhojirlar va mullalarga har
yili nafaqa berish uchun katta miqdorda mablag‘ ajratardi. Amirlikda xitoy-
qipchoqlar tomonidan yuzaga kelib turadigan turli mojarolarning oldini olish
maqsadida ushbu hududlarga nisbatan turli to‘lovlar miqdorini kamaytirgan. Amir
Haydar hukmronlik davri qanchalik tahlikali, ziddiyatli bo‘lmasin, u ichki va tashqi
dushmanlarga qarshi kurashish bilan birga mamlakatda bir qator islohotlarni amalga
oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: