Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix24.10.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#66033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-2-3 Вuxoro amirlik tarixi pdf ga

Muhammad Ya’qubning “Gulshan ul-muluk” asari ham mang‘itlar sulolaning 
dastlabki davri bo‘yicha muhim manbadir. Asar muallifi Doniyolbiy (1756–
1785)ning o‘n ikkinchi o‘g‘li Muhammad Ya’qub boshqa bir ismi Kenja Alibek 
bo‘lib, tug‘ilgan yili va vafoti ma’lum emas. Uning “Gulshan ul-muluk” asari fors 
tilida yozilgan bo‘lib, Sharq tarixining islomning dastlabki yillaridan to amir 
Nasrullogacha (1827–1860), aniqrog‘i, 1831-yilgacha bo‘lgan davrni o‘zida aks 
ettiradi. 
Asarda shayboniylar, ashtarxoniylar va mang‘itlar davriga mos ravishda boblar 
qo‘shilgan. Asosiy e’tibor mang‘itlar davrini yoritishga bag‘ishlangan. Tarixchi-
manbashunos olim O‘.Sultonovning yozishicha, “Gulshan ul-muluk” asarining ikki 
tahriri ma’lum bo‘lib, birida amir Haydar hukmdor ekanligi muqaddimada keltirilgan. 
Ikkinchi tahrirda esa, Buxoro hukmdori sifatida – Nasrulloxon tilga olinadi. Asarda 
Buxoroning mang‘it hukmdorlarining kelib chiqishi, ajdodlari, larning hokimiyatga 
kelishi bilan bog‘liq boshqa manbalarda uchramaydigan ma’lumotlar, shuningdek, 



Buxoro amirlaridan Doniyolbiy, Shohmurodbiy, amir Haydar va Nasrullo davridagi 
siyosiy voqealar muallif ko‘rganlari asosida yozilgan. Mazkur asar hali o‘zbek yoki 
rus tillariga tarjima qilinmagan. 
Buxoro amirligi tarixiga oid yana bir asar “Tarixi Amir Haydar” bo‘lib, u 
XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida o‘tgan buxorolik 
olimlar asaridir. Kitobning noma’lum muharrir tomonidan qisqartirilgan nusxasi yetib 
kelgan bo‘lib, qo‘lyozma O‘zRFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. “Tarixi 
Amir Haydar” kichik hajmdagi asar bo‘lib, jami 96 varaqdan iborat. Buxoro 
xonligining Ashtarxoniylar, shuningdek, asosan, mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan Amir 
Haydar hukmronligi (1800-1826) davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘z ichiga oladi. 
Asar 81 bob yoki dostondan iborat. 7-81-boblarida Buxoro amirligi amirzoda 
Haydarning tug‘ilishidan to uning 1826-yil 6-oktabridagi vafotigacha bo‘lgan tarixi 
hikoya qilinadi. Kitob XX asrning 50-yillarida A.A.Semenov tomonidan rus tiliga 
tarjima qilingan.
Mir Olim Buxoriyning “Fathnomayi sultoniy” (“Sulton fathnomasi”) asari ham 
amirlik tarixi bo‘yicha muhim asarlardan biridir. Muallifi mazkur asarni Amir 
Nasrullo davri (1827 – 1860)da G‘uzor hokimi bo‘lgan Muhammad Olimbekning 
xizmatida bo‘lgan va uning topshirig‘i bilan yozgan. “Fathnomayi sultoniy” amir 
Shohmurod (1785/86-1800) davridan to Nasrullo hukmronligining dastlabki 
yillarigacha Buxoro amirligida bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘z ichiga oladi, lekin 
Shohmurod va amir Haydar davrlari qisqacha, Nasrullo davri esa batafsil yoritilgan. 
“Fathnomayi sultoniy”ning birinchi qismi XX asrning 60-yillarida O.D.Chexovich 
tarafidan rus tiliga tarjima qilingan. 
Yana bir buxorolik tarixchi olim Mirzo Shams Buxoriy (1804-1868) bo‘lib, 
uning bobosi Mirzo Ya’qub Amir Doniyol (1858-1885) davrida, otasi Mirzo Yusuf 
esa Amir Haydar (1800-1826) davrida saroy munshiysi lavozimida ishlagan. Mirzo 
Shams Buxoriy oʻz ajdodlari izidan borib, Buxoro amiri saroyida munshiylik qilgan. 
1845-yil u Makkaga hajga ketib, u yerdan 1849-yilda qaytib kelgan. 1859-yil 
Orenburgga tijorat ishlari bilan borganda sharqshunos V. V. Grigorev unga Buxoro 
va Qashqar xususida tarixiy asar yozishni maslahat bergan. Shunga koʻra, Mirzo 
Shams Buxoriy fors-tojik tilida “Bayoni baʼzi havodisoti Buxoro, Xoʻqand va 
Qoshgʻar” (“Buxoro, Qoʻqon va Qashqarning ayrim voqea-hodisalari bayoni”) 
kitobini yozgan. Asar 1861-yil V. V. Grigorev tomonidan Qozonda rus tilida chop 
etilgan. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin