8
Ingliz hukumatining O‘rta Osiyoning bozorlarini egallashga bo‘lgan qiziqishi
natijasida, 1832-yilda
Byorns, 1838-1839-yillarda
Vud va
doktor Lord, 1840-
yillarda ingliz ofitserlari
Byorslem va
Start, xuddi shu davrda
Stoddart va
Kanolli,
1845-yilda
Ferrelarning o‘lkaga uyushtirgan sayyohatlari asnosida yozgan o‘z
kundaliklarida Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy holati haqida
ma’lumotlar
berib
o‘tganlar.
Ushbu
esdaliklar
asosida
ingliz-amerika
tarixshunosligida Buxoro amirligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar paydo bo‘lishiga
sabab bo‘ldi.
Shuningdek, Buxoro amirligi tarixining ma’lum jihatlari xususida bir qator
davlat arboblari ham esdaliklar yozib qoldirgan. Shunday kundalik shaklidagi
asarlardan biri
amirlikning bosh zakotchisi, ba’zi viloyatlar hokimi lavozimlarida
faoliyat ko‘rsatgan
Mirza Salimbek bo‘lib, “Tarixi Salimiy” (“Salimiyning tarixi”)
asari muallifidir. Mirza Salimbek ibn Muhammad Rahim 1848/50-yillarda Buxoroda
mansabdor boy xonadonida tug‘ilgan bo‘lib, 1930 yilda vafot etgan. Mirza Salimbek
hayoti davomida Buxoro amirligidagi Ziyovuddin begining oddiy kotibi lavozimidan
bir qancha viloyatlar begi va Buxoro amiri amir Olimxon davrida bosh zakotchi –
moliya maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Mirza Salimbek bir necha yirik tarixiy asar yozib qoldirgan. “Tarixi Salimiy”
shular jumlasidandir. Mazkur memuar hisoblanib, ba’zi mutaxassislarning fikricha,
bu kundalik mazmunidagi asarni muallif chop etilishi haqida o‘ylamagan bo‘lishi
mumkin. Asar manbashunos olim Naim Norqulov (1935-2005)ning ma’lumotiga
ko‘ra, 1917-yillarda yoza boshlab, 1920-yilda tugatilgan.
Asarning bosh qismi, Chingizxondan to amir Muzaffar davrigacha bo‘lgan
tarix umumlashtiruvchi xarakterga ega. Asarning 1860-1920-yillar voqealarini o‘z
ichiga olgan katta qismi butunlay yangi bo‘lib, muallifning o‘zi bu voqealarning
guvohi bo‘lgan. Bu asarning tarixni yoritish borasidagi ahamiyatli tomoni shundaki,
unda Buxoroning so‘nggi uch nafar amirlari (amir Muzaffar, amir Abdulaxad, amir
Olimxon)
davridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bevosita muallifning
ishtirokida sodir bo‘lgan voqyea-hodisalar asosida bayon qilingan. Asarda Buxoro
amirligi tarkibiga kirgan G‘uzor, Qarshi, Shahrisabz, Kitob va Termiz kabi janubiy
viloyatlarning 1860-1920-yillardagi tarixi yoritilgan. Chunonchi, Mirza Salimbek
Yakkabog‘, Boysun, Sherobod (1905-1909), Shahrisabz (1910-1918) viloyatlarida
beklik lavozimida faoliyat yuritgan. 1968-yildayoq asarning ko‘p
qismlari
N.Norqulov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan bo‘lsa-da, 2009 yilda nashr qilindi.
Buxoroning so‘nggi amiri
Amir Said Olimxon ham esdalik yozib qoldirgan
bo‘lib, u “Buxoro xalqining hasrati tarixi” deb nomlanadi. U 1991-yil o‘zbek tilida
chop etilgan. Shuningdek,
Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat
kabilar o‘z asarlarini esdaliklar tariqasida yozishib, amirlikdagi boshqaruv tartibi,
amirlarning madaniy sohadagi islohotlari haqidagi ma'lumotlarni keltirganlar.
9
Albatta, bunday esdaliklar ham Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘rganishda
muhim manba vazifasini bajaradi.
Uchinchi yo‘nalishdagi manbalar rasmiy hujjatlarni tashkil etib, hozirgi kunda
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi, Buxoro Davlat badiiy arxitektura
muzey qo‘riqxonasida amirlik tarixiga
tegishli amir farmonlari, muboraknomalar,
amir farmoyishi, vaqfnoma, ishonchnoma, yorliqlar, ariza, hukm, qaror, shuningdek,
Turkiston general gubernatorligi hujjatlari f. №I-126, f. №I-323, f. №I-3, f. №-1, f.
№-450 nomi ostida saqlanmoqda. Arxiv manbalarini ham shartli ravishda quyidagi
turlarga bo‘lish mumkin: 1) davlat boshqaruviga oid bo‘lgan hujjatlar (farmon,
yorliq, farmoyish va inoyatnomalar); 2) fuqarolik munosabatlariga oid bo‘lgan
hujjatlar (vaqf, oldi sotdi, garov, ijara, tilxat va ishonchnomalar hamda da’vo
arizalari, da’voni rad etish dalolatnomalari); 3) oila nikoh va meros munosabatlariga
oid bo‘lgan hujjatlar (nikoh guvohnomalari, nikohdan ajralish hujjatlari, merosni
bo‘lish va merosni qabul qilganlik haqidagi hujjat); 4)
qozi tomonidan qabul
qilinadigan hujjatlar (qaror, hukm, ariza va xatlar); 5) Turkiston general-
gubernatorligining rasmiy hisobotlari, shartnomalar, Buxoroda rus siyosiy agentining
hujjatlari.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Buxoro amirligi tarixiga oid yozma
manbalar ko‘pchilikni tashkil etib, zamondosh tarixchilar tomonidan yozib
qoldirilgan manbalar ularning orasida asosiy o‘rinni egallaydi. Ba’zi asarlar
amirlarning farmoniga binoan yozilgan bo‘lsada, lekin
ularda shu davr siyosiy
voqealari muallifning o‘zi guvohligida berilishi asarning qimmatli ekanligini
ko‘rsatadi. Elchi-sayyohlarning asarlari ham bevosita guvoh bo‘lgan voqealar
asnosida yaratilgani va unda geografik va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning batafsil
yoritilishi shu davr tarixini ob’ektiv yoritilishida katta rol o‘ynaydi. Arxiv
ma’lumotlari manbalarni fakt va statistik dalillar bilan to‘ldirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: