Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix24.10.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#66033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-2-3 Вuxoro amirlik tarixi pdf ga

Bo‘stoniy (1838-1914-yildan keyin)ning “Tuhfayi shohiy” (“Shohga atalgan tuhfa”) 
va “Tarixi salotini mang‘itiya” («Mang‘it sultonlari tarixi») asarlaridir. Mirzo 
Abdulazim Somiy 1838-yilda hozirgi Qiziltepa tumanidagi Xoja Bo‘ston qishlog‘ida 
tug‘ilgan. Buxorodagi madrasalardan birida ta’lim olgach, u turli viloyat hokimlari 
qo‘l ostida kotib bo‘lib ishlay boshlaydi. Amir Muzaffar (1860–1885) taxtga 
o‘tirganidan so‘ng Somiy uning munshiysi lavozimiga saroy xizmatiga jalb etilgan. 
Amir Abdulahad (1885–1910) hukmronligining o‘rtalariga kelib Somiy saroy 
xizmatidan chetlatiladi. Zamondosh muarrixlarning guvohlik berishicha, umrining 
so‘nggi yillarini nihoyatda nochorlikda o‘tkazgan keksa tarixnavis 1907-yilda vafot 
etadi. 
Mirzo Somiyning ilmiy merosida “Tuhfayi shohiy” va “Tarixi salotini 
mang‘itiya” kabi tarixiy asarlari alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, “Tuhfayi shohiy” 
o‘zining mufassalligi va faktik materiallarga boyligi jihatidan g‘oyatda ahamiyatlidir. 
Asar fors-tojik tilida 1898–1903-yillarda yozilgan bo‘lib, Ashtarxoniylar 
Subhonqulixon (1680–1702) hukmronligining so‘nggi yillaridan to XIX asr 



oxirigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan. Asarda, Buxoro amirligi bekliklaridagi 
ahvol va ularning markaziy hokimiyat bilan munosabatlari, Rossiya qo‘shinlarining 
Buxoro amirligini istilo etishi, mahalliy beklar, Abdumalik to‘ra va aholining 
istilochilarga qarshi kurashlari nihoyatda keng yoritilganki, boshqa biror mahalliy 
manbada bu qadar batafsil ma’lumot uchramaydi.
“Tuhfayi shohiy” asari O‘zR FA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar 
jamg‘armasida saqlanmoqda va u hali o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan. 
Muallifning “Tarixi salotini Mang‘itiya” (“Mang‘it sultonlarining tarixi”) asari 
1907-yili yozib tamomlangan. “Tarixi salotini Mang‘itiya” Amir Muzaffar davridagi 
tarixga bag‘ishlangan. Asarning ilmiy ahamiyati shundaki, unda Buxoro amirligining 
iqtisodiy va siyosiy ahvoli, shuningdek, Buxoro-Rossiya munosabatlari birmuncha 
keng yoritilgan. Kitobning qo‘lyozma nusxalari ko‘p. Uning o‘zbekistonlik olima 
L.M.Yepifanova tomonidan qilingan ruscha tarjimasi 1962-yili Moskvada chop 
etilgan. 
Mu’inning “Zikri te'dodi podshohoni o‘zbak” asari ham mang‘itlar davri tarixi 
bo‘yicha muhim manba hisoblanadi. Mazkur asar XIX asrning o‘rtalarida fors tilida 
yozilgan bo‘lib, uning muallifi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Asar o‘zida 
Muhammad Shayboniyxondan (1501-1510) amir Nasrullogacha (1827-1860) bo‘lgan 
davrlardagi Movarounnahr va qisman Xurosonda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlarni aks ettiradi; shayboniylar, ashtarxoniylar va mang‘itlar sulolasiga 
mansub hukmdorlar davridagi siyosiy voqealar hamda harbiy harakatlar qisqa bayon 
etilgan.
Manbashunos olim O‘.Sultonovning ma’lumot berishicha, asar ilmiy doiraga 
ilk bor A.Muxtorov tomonidan olib kirilgan. 1960-yilida uning Tojikistonda 
saqlanayotgan qo‘lyozmasining ilmiy tavsifi e’lon qilindi. Shundan so‘ng asardagi 
ayrim ma’lumotlardan foydalanib kelindi. Tadqiqotchi J.M.Tulibayeva asardagi 
Qozog‘iston tarixiga oid ma'lumotlarni o‘rgangan va Toshkentdagi qo‘lyozmasi 
asosida 1709-1826-yillar voqealarining qisqa tarjimasini e'lon qilgan. 
Hozirda “Zikri te’dodi podshohoni o‘zbak” asarining uchta qo‘lyozma nusxasi 
ma’lum. Asar hali o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan. 
Buxoro amirligi tarixining ma’lum jihatlari haqida bir qator sayyoh, elchi va 
davlat arboblari o‘z esdaliklarini yozib qoldirgan bo‘lib, ularning uslubi saroy 
tarixchilarinikidan farq qiladi. Ular ko‘p hollarda vaziyatni real shahlashga, manfaat 
yuzasidan olinadigan ma’lumotlarga jiddiy e’tibor qaratishga, shu bilan birga, saroy 
tarixi, hukmdorlar silsilasidan ko‘ra, xalq turmushiga ko‘proq ahamiyat beradi.
Elchi va sayyoh esdaliklarida rus va ingliz elchilarining kundaliklari 
yetakchilik qiladi. Rossiya hukumati o‘zining mustamlakachilik siyosatini amalga 
oshirish uchun keng ma'lumotli diplomatlari va harbiylaridan foydalangan. Ular 
savdo va madaniy aloqalarni rivojlantirish maqsadida kelishganini aytishsada, 



mamlakatdagi harbiy-siyosiy vaziyatni o‘rganish, Buxoroning boshqa davlatlar bilan 
aloqalarini aniqlash va Markaziy Osiyo shaharlariga boradigan yaqin va qulay 
yo‘llarni belgilash vazifasini ham bajarishgan. 
Rus hukumati tomonidan o‘lkani o‘rganish uchun geograf, topograf, injener, 
sharqshunos olimlar elchilar qiyofasida jo‘natilgan. Ular o‘z esdalik va asarlarida 
Buxoro amirligi to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berib o‘tganlar.
Rossiyadan, aniqrog‘i Orenburg shahridan birinchi katta savdo karvoni 1753-
yili yo‘lga chiqqani ma’lum. Uning tarkibida Samara shahridan savdogar Danila 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin