Noan`anaviy dinlar dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda Hozirgi kunda, dunyo hamjamiyatini noan`anaviy dinlarning faoliyati tashvishga solmoqda. Aynan, dunyo miqyosida noan`anaviy dinlarning ijtimoiy namoyon bo`lishi bir qator muammolarni keltirib chiqarishga zamin yaratyapti. Bir millatga mansub, bir tilda gaplashuvchi, umumiy tarix va yagona davlatga ega bo`lgan fuqarolarni diniy asosda bo`lib tashlashga qaratilgan harakatlar har qanday jamiyat hamda davlat uchun tahdid tug`dirmoqda. Ayni paytda insoniyatning ko`p asrlik tarixi dindan niqob sifatida foydalanish undagi g`oyalarni vayronkorlik ruhida talqin etish insonlar boshiga ko`plab kulfatlar keltirganini ko`rsatadi. Zamonaviy voqelik dindan g`arazli maqsadlar yo`lida foydalanish davom etishi barobarida, u o`ta nozik tus va xatarli ko`rinishlar olayotganidan guvohlik bermoqda.Bugungi kunda noan`anaviy diniy jamoalar tomonidan qilinayotgan targ`ibot va tashviqotlar oqibatida konfessiyalararo nizolarni keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa, ayrim diniy tashkilotlar tomonidan o`z saflarini kengaytirish maqsadida o`zga dinlar o`rtasida missionerlik faoliyatini olib borishi diniy adovatlarga sabab bo`lmoqda. Mazkur holatlar Afrika va Osiyo mintaqasidagi qator mamlakatlarda missionerlik natijasida tub aholining diniy tarkibidagi muvozanatni buzilishiga zamin yaratmoqda. Natijada, mazkur holatni missionerlik oqibatida turli din vakillari orasida doimiy ravishda diniy adovatlar kelib chiqayotgan mojarolar misolida ko`rish mumkin. Jumladan, Afrikaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Sudan Respublikasining asosiy neft zaxiralari joylashgan janubiy hududlari o`tgan asr davomida katolik va protestant miscionerlari tomonidan faol xristianlashtirilgan edi. Ushbu hududda markaziy hukumatga qarshi qurolli chiqishlar oqibatida, ayrim ma`lumotlarga ko`ra, 1,5 mln.ga yaqin odam nobud bo`lgan. 2011 yili Afrikadagi eng yirik davlat hisoblangan mazkur mamlakat musulmonlar ko`pchilikni tashkil etuvchi Sudan aholisining asosiy qismi xristianlardan iborat janubiy Sudan Respublikasiga bo`lib yuborildi. Vaholanki, missionerlik oqibatida o`tmishda buyuk madaniyat va taraqqiyot davrlarini boshidan kechirgan xalq va millatlar o`rtasida o`zaro nizo va adovatlarni kuchayishiga zamin yaratayotganligini ta`kidlash o`rinlidir. Aynan, mazkur holat tufayli Indoneziyaning xristianlashtirilgan shimoliy hududlari – Sumatra, Sulavesi va Molukko hududlarida muttasil ravishda musulmonlar va xristian prozelitlari o`rtasida diniy nizolar asosida to`qnashuvlar, qotilliklar, terrorchilik harakatlari ro`y berib turadi”. Dunyodagi “ayrim” siyosiylashgan diniy markazlar tomonidan mazkur omillar mustamlakachilik va yangi mustamlakachilik, buyuk davlat shovinizmi va xalqaro munosabatlarda diniy zo`ravonlik asosida mamlakatda parokandalikni keltirib chiqarishga zamin yaratmoqda. Shu tariqa, “iqtisodiy yordam” ko`rsatish bahonasida rivojlanayotgan davlatlarni ichki ishlariga aralashuv singari qonunga zid harakatlar kuzatilayotganligini ta`kidlash lozim. Natijada, hokimiyat uchun kurash, ayirmachilik, chegaraviy va mintaqaviy ziddiyatlar, etnik mojarolar ekstremizm va terrorizmni tobora kuchayishiga zamin yaratmoqda. O`z navbatida mazkur holat, mamlakatda diniy tuyg`ularni kuchaytirish orqali bir-biriga qarama qarshi turgan guruhlarni shakllantirmoqda. Din mafkuraning eng keng tarqalgan shakli bo`lgani uchun undan siyosiy partiyalar ham foydalandi. Keyingilar esa dinning asl mohiyatini buzib, uni niqob qilib oldi.
Nishonda eng nochor qatlam Globallashuv sharoitida dunyodagi “ayrim” siyosiy kuch markazlari o`zlarining geostrategik maqsadlarini amalga oshirishda “nishon” sifatida tanlangan mamlakatni o`ziga tobe qilishda missionerlikdan foydalanmoqda. Ayniqsa, muayyan mintaqa va hududda yashovchi aholining eng nochor kam ta`minlangan qatlamini aniqlash orqali ularga “rejali beg`araz” yordam ko`rsatish bahonasida ichki ishlariga bevosita aralashuv singari qonunga zid harakatlarni o`zida namoyon etmoqda. Jahonda geosiyosiy kuchlar muvozanatining o`zgarishi, ayrim rivojlangan davlatlarning o`z demokratiyasini “eksport” qilish orqali dunyoga hukmronlik uchun ochiqdan-ochiq da`vogarlik qilishi hech kimga yangilik emas. Shu tariqa, dunyo miqyosida ijtimoiy tabaqalanishning kuchayishi, bozorning shafqatsiz raqobati, iqtisodiy inqiroz tufayli ommaning diniy psixologiyasini o`zgartirmoqda. Aynan, mazkur holat, missionerlikdan o`z manfaatlari yo`lida foydalanishga zamin yaratmoqda. Ayniqsa, muayyan mintaqa va hududda vujudga kelayotgan yangi diniy harakat (YaDH)larning missionerlik faoliyati uch bosqichda amalga oshirilmoqda. Ya`ni: “missionerlik hudud”ini o`rnatish, uni xorijiy sarmoyalar asosida moliyalashtirish orqali diniy jamoalar sonini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Natijada, missionerlikning faol targ`ibot va tashviqoti orqali oldin mavjud bo`lmagan yuzlab xristianlik konfessiyalari vujudga kelmoqda. Ayniqsa, missionerlikning kuchayishi jahon miqyosida global ijtimoiy – iqtisodiy inqiroz davrida davlatlarni bir tuzumdan ikkinchisiga o`tishi sharoitida avj olmoqda.Dunyo miqyosida missionerlikning keng ko`lamdagi faoliyati missionerlik tashkilotlarini kengaytirmoqda. Mazkur harakatga xalqaro miqyosda homiylik qilayotgan siyosiy markazlar, moliyaviy doiralar, alohida shaxslarning doimiy e`tiborda ekanligi missionerlikka nisbatan jiddiy e`tibor qaratishni taqozo etadi. Ayniqsa, “ayrim” siyosiy markazlar ko`magi ostida “beg`araz” moliyaviy yordam ko`rsatish va turli xayriya jamg`armalari niqobi ostida ko`llab quvvatlash masalani bu borada jiddiy ekanligini taqoza etadi.Xorijiy moliyaviy ko`mak asosida moliyalashtirilayotgan missionerlik strategiyasida aksariyat holatlarda siyosiy maqsadlarni ko`zlab harakat qilayotganligi yaqqol namoyon bo`lmoqda. Ziddiyatlardan o`z manfaatlari yo`lida foydalanib kelayotgan turli xil siyosiy-mafkuraviy guruhlar etnik-milliy, diniy asosda yangi ziddiyatlarni ongli ravishda avjiga chiqarmoqdalar[8]. Natijada, mazkur holat, muayyan mintaqalarda avvalo, jamiyat xavfsizligi hamda mamlakat barqarorligiga putur etishi uchun zamin yaratmoqda. Aynan, missionerlikni rivojlantirish maqsadida xorijdan yo`naltirilayotgan “beg`araz moliyaviy”dan o`z manfaati va maqsadlari sari intilish tobora oydinlashmoqda. Vaholanki, dunyo miqyosida geosiyosiy kuchlar muvozanatining tobora o`zgarishi, ayrim rivojlangan davlatlarning o`z demokratiyasini “eksport” qilish orqali dunyoga hukmronlik qilish maqsadida ochiqdan - ochiq da`vogarlik qilishga bo`lgan harakatlar misolida namoyon bo`lmoqda.