«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Eyki bu gavharg‘a tilarsan makon



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Eyki bu gavharg‘a tilarsan makon,
Bilki, aning koni erur tobakon.
Xoja Abdulloh Ansoriy haqida hikoya
U1 zoti bobarakotni Hirot ahli, ulargina emas, 
balki barcha koinot ahli solik qiblasi deb atagan. 
Abdulloh Ansoriy bir kuni dedilarki: «Mening 
ishim toatdir, Tangrining amriga itoatdir. Bundan 
maqsadim do‘zax o'tining qo‘rqinchi ham, jannat 
ham emasdir. Inson qo‘rquv bilan Haqqa sig‘insa, 
o'zining nafsini qutqarish uchun yengilgan boladi. 
Kim horg'inlik chekar ekan, ravzadan o‘rin olish- 
dan umidvorlik qilgan boladi.
Haqdan har ikkovini yashirin bajar, ish haqi 
uchun esa ikkalasini mardikorlik deb bil.
Mening ishim doimo topinish boldi, qo‘rquv-u 
umid ikkalasi ham b o‘ldi. Bandalik ishim ga 
javobgarman, tun-u kun ishim bunday bolsa, 
uzrliman, toatim unga loyiq bolmasa ham, biron 
soatim usiz b o ‘lm asin. Qil dedi, har ishini 
qilmoqdir. Rad qilishi yoki qabuli bilan ishim 
yo‘q».
Uchmog‘-u zohid, tomug‘-u bulhavas, 
B o ‘lsa havas у or Navoiyg‘a bas.
Yor yuzi yodi bila shod o ‘lay,
D o ‘zax ila ravzadan ozod оЧау.


Beshinchi maqolat
KARAM, OLIYJANOBLIK,
SAXOVAT HAQIDA
Ustingga saxovat kiyimi nasib etgan, qo'ling- 
da pulning qiymati qolmagan inson! Panjang 
mag‘rib-u mashriqda kumush sochish uchun 
ochildi. Kumush bilan qoling kelisholmaydi. Unda 
fano, munda esa saxovat - bir-biri bilan talashadi. 
Kafting chaqmoqdan ham tezroq oltin sochib tur- 
ganida, chaqmoquyalganidan terga g‘arq boladi. 
Boshing ustida saxovat jig'a si, uning ustida 
esa jo'mardlik gavhari yarqiraydi. Buki sanga 
Tangri ato ayladi, karam qismi bilan saxo ayladi. 
Jismingdagi har bir tuk tilga aylanganida ham 
buning shukrini aytib, ado etib bolmaydi.
Endi saxovat jo ‘sh urgan chog'ingda shukr 
qilish kerak bolganda, baxillikka yuz tutmagil. 
Baxillik barcha sifatlaming eng xasisidir, saxovat 
hayot javharidir. Bu porloq dumi xor aylama. Buxl 
hisobida haddan tashqari sarflayverma. Saxovat 
har qancha maqtashga arzirli bo Isa ham, aql isrof - 
tarzida ko‘p sarflama, aql bekorga isrof etishni 
baxillik bilan teng tutadi.
Ey sen, Tangri mol-u davlat nasib etgan ekan, 
kimlarga yaxshilik qilish haqida talim ham berib 
qoVgan. Bilib ol: saxovat qilish uchun kimlar 
haqli, kimlarga oltin-u kumush hadya qilish 
mumkin?
Ot chiqarish, nom qoldirish, ismini uluglash 
uchun hatto qo‘l bilan etaklab gavhar sochish 
aqllilarga munosib emas. Mast yoki jinni kishi 
bunday bema’ni ishga q o l urishi mumkin.


Qolida jom tutgan kishi tobctovsiz sochaversa, 
har qancha sochqini tugatishi hech narsa emas. 
Bu xil bema’nigarchiliklarni aholi saxovat deb 
atamaydi.
Shunday odamlami ham saxiy deb bolmaydiki, 
isrof qilmaydi, lekin muhtoj bolmagan kishilarga 
o‘z mol-mulkini bekorga sarflaydi: och bolmagan 
kishilarga dasturxon yoyadi, yalang‘och bolm a­
gan kishilarga to‘n kiydiradi. Yuzta yilqisi bolgan 
boyga ot tortadi, yuz yilqisi bor kishiga kumush 
tortiq qiladi. Badaxshonga la l yuborsa, Kirmonga 
zira olib kelib ulashadi. Xizrni ко‘rib qolsa, unga 
hayot suvini tuhfa qiladi, Misrdagi shakarpazga 
donalab n aw ot sovg‘a qiladi. Shamni kunduz 
behisob yoritib qoyib, quyosh ziyosiga yordam 
ko‘rsatmoqchi boladi. Har kechasi qorong‘ulik 
kuchaysin deb, to‘xtovsiz mushk sochib chiqadi. 
Muhtoj el yuzlab non tilab tursa ham, birontasiga 
luqma ham tottirmaydi. Bunday odamlar quriyot- 
gan bog' ustiga yog‘may o‘tib, suvini quruq cholga 
tolckan bulutning xuddi o'zginasi.
Yana bir xil kishilar borki, ularni ham saxovat 
ahli toifasiga kiritib bolm aydi. Bundaylarning 
k o‘zi hamisha xalqning m olida b olib , ularni 
tortib olish - muddaosi. Zulm, turli firibgarliklar, 
va ’da-yu aldashlar, guvohliklar vositasida bir 
musulmondan istaganini tortib oladi-yu, boshqa 
birovga berib, olish ham, berish ham uning maq- 
sadi. Olishdan ham foyda yo‘q, berishdan ham.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin