ga o'xshagan biron kishini ko‘rdingmi?» U javob
berib aytdiki: «Bir kuni katta bir bazm qurib, shu
cholda yashayotgan barcha odamlarni mehmon
qildim.
Ziyofat uchun yuzta tuya, son-sanoqsiz
qo'y-u qo'zi so^ilgan edi. Bir vaqt mehmonlar
oldidan
biroz dam olish uchun ochiqqa, sahro-
ga chiqdim. Shu payt ko‘z oldimda mashaqqat
chekib, orqasiga
tikanli shox-shabbalarni ortib,
yuk ostida jismi uyi egilib, unga hassadan sutun
tirkab olgan, har qadam yurganida to‘xtab, har
nafas olguncha damini rostlab borayotgan bir
keksa namoyon boldi. Uning chekayotgan iztiroblari
mening ko‘nglimga o‘t solgandek boldi-yu, unga
boqib, lutf-u rahm dillik bilan shunday xitob
qildim: «Ey, qaddini mashaqqat yuki past aylagan,
jismida g‘am tikani azob berayotgan inson!
Bugun
Hotam uyida chaqiriq bolayotganligidan xabar
topmadingmi, uning dargohidagi ziyofatga bor-
madingmi? Hotam hammani mehmonga chorlab,
barcha yaxshi-yomonning ko'nglini olyapti-ku!
Tikaningni tashlagin-da, izzat gulshaniga yet, ko‘p
mashaqqat chekmay,
oYningdan turib, chaqiril-
gan manzil tomon y o l olgin», - dedim.
Mening u haqida tashvish chekayotganimni
anglagan kishi boshini kotarib kuldi-yu, shunday
javob qildi: «Ey, oyog'ini hirs-ochko‘zlik zanjirband
etgan, bo'ynini esa
tama-yu tilanchilik arqoni
mahkam boglagan, g‘ayrat vodiysiga qadam ur-
magan va himmat panjarasini kezib chiqmagan
inson! Sen ham bu tikan azobini totib ko‘r, shun-
da Hotam Toyi minnatini eshitmaysan!»
Uning bu so‘zlari asosli bo lib,
mendan uning
himmati jmksak edi».
Ey Navoiy, sening ham himmating bolsa, Ho-
tami Toyi senga banda bolar edi.
Dostları ilə paylaş: