Kim qanoatni hujjat deb bilsa, yaxshi-yomonga
muhtojligi bolmaydi. Kimki qanoat sari y o l topa
olsa, bu y o l bilan shoh ham bo la oladi. Mol-u
dunyo bilan o'zingni boshqalardan yuqori qo'yma,
qanoat mulki bilan o'zingni mag‘rur tut.
Sahroda suv istagan bir tashna inson uchun
qolidagi oltun qadahdan ne foyda? Quruq suv-
ga qattiq nonni to'g'rab yesa, suvni obi hayot-u,
nonni quyosh deb bilsin.
Birov ziynat uchun oshiga sholg‘om-u sabzi
o'rniga oltin-u kumush solgan bolsa, suzganda
oltin-u kumushlar yaraqlab tursa, о‘zing ayt-chi,
och bir odam uni tanovul qila oladimi? Uni yeyish
tishlarga qancha ozor bersa, hazm qilish ham
oshqozonga oson bolarmikan? Hazm bolsa ham,
insof yuzasidan qarasang, bekorchi sarf bilan
isrofdan boshqa narsa emas-ku?
Insof eshigini ochib, bu foydasiz dur-u gavharlar-
ni och-u yalang'ochlar ustidan sochib, ochga
yemak, yalang'ochga to‘n berib, yuz tilaganga -
ming, bir tilaganga o‘n bersa, o‘zini haqiqiy qone’
(qanoatli) inson deb bilsa, Tangri-yu xalq oldida
ham uzrli boladi-ku!
Ba’zi badavlat kishilar boladiki, o‘zining shunday
ehsonlaridan ko'ngli tolmaydi. Kiyimi uchun egnida
palos yo‘g‘-u, elga chiroyli, bezakli liboslar hadya
qilishni o^laydi. Bu niyatni amalga oshirish uchun
awal o‘sha halol pulni mehnat chekib topishi kerak.
Dostları ilə paylaş: