«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Shohi G‘oziy haqida hikoya



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Shohi G‘oziy haqida hikoya
Shohi G‘oziy mamlakat toj-taxtini egallash 
maqsadida yuz-ikki yuz kishi bilan goh Xorazm, 
goh Adoq yerlarida dushman bilan qattiq urush- 
lar olib borib, oxiri o‘z murodiga erishdi va taxt 
ustida o‘tirib, xalqning arz-u dodlarini eshitishga


kirishdi. Vayronalarni obod qildi, zulmni adolat 
bilan daf etdi, o‘g‘ri va iflos odamlar yo‘qolib, sha­
riat adolatining qolini uzun qildi.
Bir kuni mamlakatni kezib yurganida, bir 
parishonhol kampir etagini mahkam tutib, oh-u 
faiyod qilib: «Ey shariat himoyachisi bolgan pod- 
shoh, adolat bilan ish tutadigan bolsang, bugun 
sen bilan shar’an daVolashaman. Shartim shuki, 
shu yerda javobini bermay, shar’iy mahkama -
qozi oldida javob bergaysan», - dedi. Shoh unga: 
«Qonimga da’vogarlik qilsang ham, shar’an javob 
berishga hozirman», - deb javob qildi. Shu fikrga 
kelishib, islom qozisi huzuriga y o l oldilar. Ik- 
kovlariyonma-yon otirar ekanlar, barcha odamlar 
hayrat bilan tomosha qilishardi. Zol bilan Rustam 
tepasiga go'yo butun olam yigllgandek edi.
Kampir dediki: «Shoh hokimiyatm egallash uchun 
qon toldb, jang qilarkan, yolglzgina farzandim, 
boglmdagi sarvi ravonim, qurigan daraxtimning 
yolglz mevasi shu janglaming birida halok boldi. 
Jigarimni tig‘ bilan yorib, qonini yerga oqizdilar». 
Qozi: «Ikkita guvoh topib kelib, so'zlaringni isbot qil»,
- degach, kampir: «Ikki guvoh keltirishni istasam, 
podshoning adolati-yu insofi yetarli boladi», - dedi. 
Shoh bu fikrga rozi boldi. Qozi: «Adolat qonuniga 
muvofiq aybdor, ya’ni shoh olganning xunini tola- 
sin yoki o‘zi qatl etilsin!» - deb hukm chiqardi. Shoh: 
«Shariat shunday hukm chiqarar ekan, bu hukm 
uchun jonim fido bolsin», - deb, bir ro'mol bilan 
o‘z bo^nini boglab, yana yuzta oltin tangalar toldi- 
rilgan xaltachalaming boynini boglab, qo'rqinch 
bilmay kampir qoliga xanjar tutqazdi-da, uning bir 
tomonigajoiz hamyonni toldb, dedi: «Qasos olaman


desang, boshim oldingda turibdi, mol-dunyoni tan- 
lasang, oltin-u kumushlarni olgin. O'sha paytlarda 
men qasddan olimga buyurmagan bolsam ham
ixtiyor senda».
Kampir tig‘ni qoshlarini chimirgancha diqqat 
bilan ko'zdan kechirdi-da, chirigan o'tmas tishla- 
rini ko'rsatib, shoh oyog‘iga boshini egdi va «Ey, 
lashkari yulduzlardan ham serob bolgan shahan- 
shohim! Bolam senga jonini fido qilgan bolsa, men 
keksaning joni ham qurbon bola qolsin. Men alam 
bilan g'azabli so'zlar aytgan bolsam, sen mening 
ahvolimni xarob qilmay afv eta qol», - dedi. Mana 
xijolat izhori-yu lutf-u adolat so‘rash!
Kampir o‘z daVosidan, o‘glininggina emas, o‘z 
qonidan ham kechdi. Qizig'i shuki, odil shoh uni 
o‘sha davrda adolat bilan badavlat qildi. Kam- 
pirni yulduzlardek kumushlar bilan bezab, falak 
zoli - quyoshdek yashartirdi. «Tilla kampir» deb 
laqab qo^di.
Zoli falakdin necha ko‘rsang alam,
Shah chu qilur adl, Navoiy, ne g'am.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin