«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Kashmirdagi Mallu 
ehrlarining fosh etilishi
Shundan so‘ng Iskandar Eron elini o'zidan rozi 
qilib, jahonni fath etishga bel bogladi. Awal do­
nishmand, turli soha olimlarini to'plab, har qay- 
sisining fikrini eshitdi. Barchalari ilmdan chuqur 
xabardor bolib, harbiy ilmlarni yaxshi bilishardi. 
Shuning uchun ularni harbiy bolimlarga boshliq 
qilib, malum viloyatlarni egallashni topshirdi. 
Biri Hind, biri Chin, biri Kashmir, biri Misr, yana


biri Bag‘dod-u Baytulharam kabi qator olkalami 
egallash uchun yuborildi. Har bir boshliq qoliga 
maxsus noma yozib berilgan bolib, ularda Iskan- 
darning Eron taxtini egallagani talddlangan, har 
qaysi shohga o‘z huzuriga kelib xiroj yuborishi, 
Iskandar shohligini qabul etishi, shunda uning 
mamlakat-u xalqi bu ulug‘ davlat himoyasida 
bolishi, aksincha, taqdiriga yozilganini ko'rishi 
ogohlantirilgan edi.
Jahondagi Sharq mamlakatlarining ko‘plariga 
yuborilgan maktublami olgan shohlaming aksari- 
yati Iskandar takliflarini qabul qilib, tobelikka rozi 
boldilar. Faqat uch kishi bu taklifni qabul qilmadi. 
Ulardan biri Kashmir shohi Mallu ibn Mabok bolib, 
u Iskandarga quyidagicha maktub yolladi: «Agar 
Iskandar olam shohi bolsa, mening mulkim esa 
dunyoda yakka-yagonadir. Tangri menga uch ish 
nasib etgan: biri ulki, mulkimm g‘oyat mustahkam 
toglar, otib bolmaydigan baland qo‘rg‘onlar о‘rab 
turadi. Uning ustiga mulkimning chor atrofmi 
daiyolar ham muhofaza qiladi. Ikkinchidan, mening 
shuncha afsungarim borki, falakdan yetgan har 
qanday balolami ham daf qila oladi, yumronqoziqni 
sheri jayonga, kalamushni dasht yolbarsiga aylan- 
tira oladi. Agar Iskandar olam elini yigib kelganda 
ham, shunday qattiq shamol esib turadiki, so- 
mondek barchasini uchirib yo‘q qiladi. Uchinchidan, 
u agar qasos olmoq bolib yurtimga bostirib kelsa, bu 
mulk ichida shunday bir buyuk tog‘ borki, baland 
toglar ustiga qurilgan tog'ga o'xshaydi. Uning jismi 
mis bilan qo‘rg‘oshin, qalay bilan birinj qotishmasi- 
dan burungi ilm ahli yasagan tilsimdir.
Yana bir siri shuki, shahar ichida nihoniy bir 
naqb qurilgan bolib, u yerga tushgan shoh tilsim


bolgan bir fanni o'rganib chiqadi. U fanni o‘rgan- 
gan el istalgan dushmandan o‘t va yel o'glrlay 
oladi. O'sha makonda agar birdan yel esmay qolsa, 
tezda halok boladi. Bu olka ichra kimsaning joni 
bor ekan, yel tursa yashashiga imkon qolmaydi. 
Gar o‘t bolmasa, odamzod yemak ham hozirlay 
olmasligi aniq. Shularni hisobga olsa, Iskandar 
boshqa bir makon sari yol olgani ma’quldir».
Hindiston shohi Roy bolsa bunday javob qay- 
taribdi:
«Shoh Doro Iskandar bilan urush yarog‘ini 
qilmoq uchun hamma shohlami chaqirtirganida, 
y o l yiroqligiga qaramay men Rum chegarasiga 
endigina yetganimda, bu falokatlar yuz berdi. Biz 
biyobonda qolib ketdik. Yarog‘-u sipohlarimizning 
bari barbod boldi. Urushgan navkarlarim halok 
boldi, qolganlari asirlik jabrini tortdilar. Men esa 
necha oy biyobonni joy qilib yurtimga qaytgun- 
imcha, xalqim qatli omga uchrab, o‘n ulushdan 
bir ulushi qolibdi. Qaro rangni bu elda qadimdan 
kiyish odat demang, ana shu voqea tufayli mulkim 
qaro kiyib, motam tutyapti. Iskandar tufayli elim 
shuncha azob chekdi. Endi ikki-uch yil sabr qilin- 
sa, zamon tinchlansa, keyin xirojni tolasak. Men 
ham u bilan ko'rishgim bor. Lekin ikki-uch yilsiz 
bunday taklif aylasa, men ko‘p malolat cheka- 
man. Lutf etsa, bu maktubimni qaytarmaydi, 
nima bolsayam, Haqning peshonamga yozganini 
ко‘ram an. Men so‘zimda uning hurmatini tutdim. 
Shunga ko‘ra u ham izzatini asrasa kerak».
Chin shohi esa yana boshqacha javob qildi: 
«Iskandaming yuborgan maktubi kuchli zahardan 
achchig‘dir, qilichdan o'tkir. 0 ‘z vakilini bu tomon 
jo'natgan kuni chuqur о*у1аЬ ko'rmay yozibdi bun]


Sipohim qalin, mamlakatim to‘q, mening undan 
kam tomonim yo‘q. Shoh boshqa bir shohga o'zini 
«hakim-u dono» deb yozishi to‘g‘ri emas. Bunday 
so'zlar aqlga sig'maydi. Maktub so'zlarini ham 
katta-katta qilib yozishi shohga nisbatan hur- 
matsizlik. Lekin men xatimni yirik harflarda bit- 
mayman. Uning oldiga borishni istamayman. Agar 
askar tortib kelsa, shahrimga kirib olib, eshikni 
berkitgancha o'tiraveraman».
Bu uch mamlakat shohining javoblarini bosh- 
dan oyoq gapirib berdilar. Iskandar o‘z mak- 
tubiga binoan huzuriga yetib kelgan shohlarga 
yaxshiliklar ko'rsatib, shohona majlislar tuzib, 
kutib olgandi. Haligi uch shoh javobini eshitgach, 
ularga askar to‘plab boray dedi-yu, lekin qish 
fasli boshlanib qolgan edi. Odatda, shohlar qish 
faslida yurish boshlamaydi. Bu qish shu yerda 
qolishni ma’qul ko‘rdi-da, Qorabog'i Arron sari 
yolga tushdi.
Iskandar Qorabogl Arronni o'ziga oromgoh 
qilganidan so‘ng, xayoli asosan jahongirlik bolib 
qoldi. Hikmat ahlini qayta-qayta yig'ar, Xudodan 
jahonning fath etish baxtiga musharraf etishi- 
ni to'xtovsiz tilar edi. Sipohlari tutgan joylarni 
aylanib chiqar ekan, ularga bardamlik tilar edi. 
Quyosh tobora ko‘tarilib olamni isitgach, shoh 
butun dashtni toldirgan lashkari bilan yaxshi bir 
soatni belgilab qishloqni tark etdi-yu, Sipohonga 
qarab y o l oldi, undan o‘tib Xurosonga yuz tutdi. 
Bu payt butun Eron zamin uning qol ostida edi.
Xuroson havosidan shoh juda xursand boldi, 
bu olka juda keng bolib, yeri o‘zga iqlimlardan 
yoqimliroq edi. Ко‘kalamzorlaridan ko'plab chash- 
malar otilib turar, daiyolar shovullab oqib turar,


barchasi ko'nguldagi gtiborlarni qoldirmas, yana 
to'rt daryosining ovozi osmongacha yetib borardi. 
Anhorlari xuddi jannatdan chiqib kelayotgandek 
edi. Hirmand, Zobulistondagi daryo, Nimrud, Dari- 
jaz daryolarining har biri g‘oyat go‘zal va jonbaxsh 
edi. BaJx shahrini ham go'zal anhori bezatib turar, 
bu shahami Hushang qurgan bolib, Ibrohim Ad- 
hamning ham pokiza qadamlari tekkandi. Yana 
biri Murg'ob suvi bolib, u ham jannat suvlarini 
eslatardi. «Bu yer jahon gulshani ekan», - deb ba- 
holagan shoh nahr bo'yida shahar yaratib, unga 
Hirot ismini berdi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin