Iskandar va Doro
Iskandar bilan bolgan ajoyib ishlardan biri un
ing Eron shohi Doro bilan bolgan munosabatlari
edi. Doro jahon shohi ekanligida, Faylaqus Rum
mamlakatining hukmdori bolib, u ham boshqa
hokimlar qatori har yili zarur xirojni o‘z vaqtida
hech qanday vaj-bahonasiz tolardi. Xiroj miqdori
muqarrar bolib, tuxum ko'rinishidagi ming oltin
edi. Faylaqus vafotidan so‘ng bu xirojni Doroga o‘z
vaqtida yetkazish vazifasi ham o‘z-o‘zidan Iskan
darga otgan edi.
Rum mamlakati ikki-uch yil davomida Zang
shohi bilan qattiq janglar olib borganidan Doroga
yuborishi kerak bolgan mablagi yetarli emas edi.
Xirojni o‘z vaqtida yubormasa, Iskandarga Doroning
dushman bolib qolishi aniq edi. Xiroj yuborish vaqti
yetganida, Doroning maxsus navkari kelib, olib keti-
lishi kerak bolgan oltinlami talab qildi. Shoh uni
huzuriga chaqirtirdi. Kirib, ta’zim qilib, Iskandarga
sajda bajo qilgan navkar duo qilib, yerga qarab
otirdi. Iskandaming ko'rinishi navkarga vahm solib
qoVgan edi. Iskandar vakildan: «Doro shohi komron
xushmudur? Anga mulk oyini dilkashmidur (Mam-
lakat ahli u kishidan xursandmilar?)» - deb so‘ragan
edi, navkar
0
‘midan turib javob berdi. Iskandar:
«Kelishingdan maqsadingni ayt, Doro ne degan
bolsa tola-tolds aytaver», - degach, navkar: «Ey
shahanshohi oliymaqom! So'zimni so'rading, javob
bersam, senga farmon bergandek bolib qolaman.
Malik Faylaqus Rum ahliga shoh bolganda, har yili
ming oltin tuxumni xiroj qilib tolashga vada bergan
edi. Uch yildan beri o‘sha xiroj yuborilmayapti. Shu
uch yillik xiroj yuborilsa, do'stligimiz yana rivojla-
naverardi. Agar bersalaringiz, hisoblab ко‘rib olib
ketay, bolmasa, qanday javob aytsalaringiz, shuni
yetkazaman», - dedi.
Iskandarga bu so‘z qattiq botdi, g‘azabi kelgani-
dan so‘zlari ham darg‘azab chiqdi. Yuzi rangidan
o‘t nishoni ko'rinib, xuddi butun jahonni yondirib
yuboradigandek bolib, yana bir lahza boshini quyi
solib, u o‘tga hikmat suvini urdi. Ilmi, aql-u ka-
molining ko'pligi g‘azab askarlarining andishasini
rad qildi. So‘ng shoh so'zga oglz ochib, boshini
ko'tardi, navkaming so'zlariga javhar durdonalari
bilan javob berib, shunday dedi:
«Doroga mendan salom ayt! Salomdan so'ng
mening ushbu javobimni yetkaz! Shohlikning
baqosi yo‘q, fano oxiratdan boshqa natijasi yo‘q.
Bugun ertalik umr uchun ranj chekmaki, albatta,
ganj uzra ganj qotygaysan, xolos. Sen haddan or-
tiqcha xazinalar yig‘ding. Ular sen uchun haddan
tashqari ranj olib keldi. Senga ham, bizga ham
bu xazinalardan foyda yo‘q. Tuxum tilab ko‘p
mehnatga urinaverma. Tuxum tug'adigan qushlar
allaqachon uchib ketib bolgan.
Sening ishing kuchsiz shohlar bilan tushgan,
meningdek kishi bilan tushmagan. Oqillik xursandlik
olib keladi, zo'ravonlik esa bekorchi tama, xolos.
Bekorga oramizga xusumat solmagin. Urush
bolsa, mol-u davlating menga panoh boladi, deb
о“у1ата. Sipoh senda ko‘p, menda ozroq bolsa,
oz-u ko‘pga berguvchi yolglz Allohdir».
Bu so'zlarni eshitayotgan navkar suv bolib
ketdi. O'midan turib, na olik, na tirik bir holda
vataniga y o l oldi. Otda tez-tez yurib, Doro huzuri
ga yetib bordi-da, Iskandar javobini shohga yet-
kazdi. Javobini eshitgan Doro tamoman hayratda
navkardan so'radi: «Har kim bu bolmagtir gaplar-
ni eshitsa, devonaning so'zlari bolsa kerak, deb
oyiaydi. Yo bu so'zlarini so'zlayotganida mast
edimikanki, gapirayotgan chog'da o‘zini unutgan
bolsa, yo hali aqli kirmagan yosh bola u, chunki
so‘zlaridan aql isi kelmayapti. Men uni telba yo
mast fahm etdim. Yo bolmasa, aqli kirmagan
yosh bola, deb o'yladim. So‘zlari ma’nosini uqib
ko'raylik. Shukuhi bilan savlatidan biron belgi
topolmadim. Uning fikri o^lamay aytilgandur».
Bu so‘z Doroni shu qadar diqqat qildiki, g'azab
oti qaynab, bu ot davronga ot solgandek, yo‘q, yo‘q,
butun falakka ot solgandek boldi. Maktub keltirgan
vakilni boglab, chuqur zindonga tashladilar.
«Mening nevaram tengi, ota-onalari saroyimda
xizmat qilib yurgan bu go‘dak shunday so'zlarni
aytishga jur’at qilibdiki, ulami so‘z deb hisoblab
ham bolmaydi. Mendan ham, elimdan ham uyal-
may, bu so‘zlarni bitgan ekan, uni daf etishim va
uning kim ekanligini ko‘rsatib qo'yishim kerak.
Shunday javob berayki, har bir buzuqi bu javobni
yodidan chiqarmaydigan, uni eslaganida es-hushi
o‘ziga keladigan bolsin».
Avvalo, so‘zamol bir odam topib, o'zining
otkir o'roqdek, yo‘q olmosdek so'zlarini aytib,
«chavgon-u goy» bilan bir idishda kunjut berib
yolga uzatdi-da, sabrsizlik bilan kuta boshladi.
Doro yuborgan vakil uzoq masofani bosib otib,
qizil tilini o‘z boshiga ofat qilib, Iskandarga
o‘zining kimligini bayon qildi. Shoh buyurgach,
qosid elchini saroyga kiritishib, hukmdorga ro‘pa
ra qildilar. Shahanshohga ko‘zi tushgan vakil
aytmoqchi bolib turgan so'zlarini ham unutdi.
Jismidagi jon zaiflashb, yer o'pib, duo qildi-da,
xatdagi gaplarni so‘zlay boshladi. Shoh dediki:
«So‘zingning barchasini arz qil, dilingdagi barcha
gaplami aytaver!».
Elchi shoh oldida bosh qo'yib dedi: «Joning-
ga haqdan ming tuman maqtov bolsin. Sening
oldingda so‘z aytishga haddim yo‘g‘-u, senga
Doro so'zlarini yetkazishga majburman. U nima
degan bolsa, aytay. Yo‘q desang, qayerdan kelgan
bolsam, qaytib ketayin».
Iskandar uning gapini tinglab: «Keltirgan so'zlari
muhim bolsa kerak», - deb o^ladi. Elchi xatni o'qiy
boshladi: «Xiroj degan qadimgi rusumimiz bor.
Otang tirikligida bu xizmatni o‘z vaqtida bajarib
keldi. Sen uning о‘mini egallagach, otang yolidan
borishing kerak edi. Ammo sen itoat qilishni, otang
yolidan borishni istamading. Qarzingni eslatib,
qoshingga odam yollasam, hadding bolmagan
so'zlami aytib yuboribsan. Lekin yoshing kichik
bolgani uchun, boshing haligacha toshga tegma-
gani uchun bu ish bilimsizligingdan, senda jaholat
ko'p-u, aql ozligidan, deb bildik. Shuning uchun
seni kechirdik. Endi o‘sha pullarni olib, qoshimga
kelasan-da, ostonimni o'pasan. Agar vahmdan
qo'rqsang, buyruglmni bajarmasang yoki yana
ilmsizliging, o‘jarligingni davom ettirsang, o‘zing-
ning hali ham yoshligingni unutmagan bolsang,
senga munosib narsa yubordim, undan bo^un
toblama», - dedi-da elchi bir chavgon bilan bir to‘p
keltirib, shoh ro'parasiga qo^di va gapini davom et-
tirdi: «Agar go‘dakliging hali ham davom etayotgan
bolsa, senga goty-u chavgon munosibdur. Bu ikkisi
boshqa-yu, davlat ishi boshqa ish. Agar aybingni
tushunib yetib, kechirim so'ramasang, men bilan
nizo qilishni xohlayotgan bolsang, jahlingni qo^ib,
o‘z joningga rahm qil. Sipohim hisobini shu kun-
judcha bil!» - deb elchi o'midan turdi-da, borib o‘zi
keltirgan yuklar ichidan bir idishni keltirdi va og‘zi-
ni ochib, ichidagilami yerga toldb dedi: «Shohdin
har kim qo'rqmasa, sipohini bu kunjuddin qiyos
etsin*. So'zini tugallagan elchi javobni kutib yerga
boqib turardi. Uning gaplarini nihoniy tabassum
bilan tinglagan Iskandar asta so‘z boshladi: «Doroyi
davron shohi pokzod ajab so'zlarni izhor aylabdi.
So'zlashda ixtiyorini yo'qotib, ajab hikmatlami os-
hkor aylabdi: shohlami o‘zining bandasi deb atabdi
uluglaming ulug‘i, bu guruhni Iloh o‘z lutfi bilan
ulusga shoh qilgan. Ulami o'ziga banda deb xitob
qilish yaxshi emas. Ularning qulligl haqqa odatdir,
agar Tangri bandam desa chin erur.
Yana ul meni: «Mast, telbalik zanjirig'a poybast
■\. bola», - debdi. Bu uch so‘zga o‘zi javob berishi ke
rak. Chunki bu so'zlari kufrga tengdir. Bolmasa,
ikki obroli shohlar mamlakat uchun nizo etsalar,
biri bolsa farzand ulug‘ bir kichik, bu so‘z demas
о Isa ulug‘da bilik. Qo'tonni1 katta qushlar soniga
kiritamiz, lekin uning sung4ar2 oldida ne joni bor?
Yana bir narsa: shoh menga ehson qilib go У bi
lan chavgon yuboribdi. Bunda ham nozik bir ma’no
bordir. Yer yuzini dumaloq deb bilgan shoh uni
go У (to'p)ga o'xshatibdi-da, uni menga butunisicha
tutibdi. Demak, Haq olamni menga beribdi. Qolim-
ga chavgonini olganim esa shoh menga maydonini
tutibdi, ochiq qoldiribdi, degan ma’noni bildiradi.
Shoh yuborgan bu sovg‘alardan mamnunman.
Bu kunjudki, u yuborgan ekan. Ramzini bayon
aylasam, ulami shoh o‘z sipohlariga qiyos qilibdi.
Mening sipohimni esa qushlarga o'xshatib, ular
ga rahbarlik qilish uchun hali yosh ekanligimga
bashorat qilibdi». Shundan so‘ng Iskandar shu
kunjut hisobiga yaqin bolgan qushlarni haydab
shu maydonga olib keltirgan edi, ular bir pasda
Dostları ilə paylaş: |