«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Yorug‘ aylasang mulk-u vayronamiz



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Yorug‘ aylasang mulk-u vayronamiz, 
Fidodur senga mol ila jonimiz.
Barchamiz yuzingni bir ko'rish armoni bilan 
yashayapmiz», - deb yozilgandi u maktublarda. 
Iskandar xat yozdirdi va viloyatlarga j о“natdi. «Sizlar 
bu yerga kelishga ovora bolmang. 0 ‘z yurtingizda 
farog‘at qila bering. Mening o‘zim yurtingizga bora- 
man. Meni duo qilib, Haqqa toat qilib yuravering»,
- deyilgandi maktublarda.


Iskandar o‘zining ushbu maktublari tayinlan- 
gan manzillarga qadar yetib borguncha qo‘rg‘on 
ichida Mallu tomonidan qurilgan tarabxona -
shodlik, bazmlar o‘tkaziladigan shohona qasmi 
uning atrofiga qurilgan ajoyib bog'ni ко‘rib, bu 
gulshanga «Jannatoso» deb nom qo^di. Barcha 
lashkarlar ham, a’yonlar-u donishmandlar ham 
«Jannatoso»dan bahramand bolishdi. Iskandarga 
«Jannatoso»da shoh manzili tayyorlatdi. Xalq bu 
yerga oqib kela boshladi. Shaharda yangi hayot 
boshlandi. Shoh barcha odamlarni shod etib, buz- 
ilgan ko‘ngillarni obod ayladi. Shoh hukm qildiki: 
«Hech kimning biron narsasiga tajovuz qilinmasin, 
Iskandaming biron navkari yo a’yoni ulardan bi­
ron nima tama qilsa, bo‘g‘zidan osilsin!».
Shahar xalqi moli omon berishgach, boshqa 
muhtojlaming ishi ham hal boldi. Hech kimdan 
hech kimga g‘am yetishmas, bir kishi boshqasidan 
asossiz bir dirham ham ololmasdi, Iskandar esa 
aysh uchun toza maylardan ichib, Kashmir mulki­
ni sayr etib yurardi. Ko‘pdan ko‘p g'aroyibotlami 
koYib hayratlanardi. Jumladan, bir may kosasi 
ko‘rdiki, nihoyatda kamyob. U jom xuddi daryodan 
suv olgandek tola turardi. Mallu qochib ketayot- 
gan vaqtda uning bir xazinachisi mulki ichidan 
olishgan ekan. Boshqa tuhfalarni qal’aga olib 
kirishganda bu jom qolib ketibdi. Uning ajoyibligi 
shunda ediki, jomdan har qancha ichgan bilan 
mayning kam bolmasligi aytilgan edi. Jamshid- 
shoh olamni egallaganda hikmat ahli olimlarni 
to'plab ikkita tilsim jom ishlatgan ekan: biri getinamo, 
biri ishratfizo. Getinamo jom ko‘pchilikka malum, 
shuning uchun bunisini ta’riflay qolay. Undagi 
may tamom bolmaydi, mazali may kamaymaydi,


egri turganda ham uning ichidagi may toltilmaydi. 
Uni tortib ham olib bolmaydi. Barcha bu ajoyib 
jomni tomosha qilishardi.
Mallu o‘zining tosh qo‘rg‘oniga qamalib olgani- 
dan so‘ng Iskandar uning taxtini oldi va el-ulusga 
yengilliklar va’da qildi, Kashmir xalqi lining lutf-u 
ehsoniga umid qila boshladilar, shoh Mallu ah- 
volidan xabar so'ragan edi, uning Iskandardan 
qo'rqib, falon qal’a ichida berkinib, qo‘rqib o‘tir- 
gani, har xil sehrlar haqida o'ylayotganini aytib 
berishdi. Iskandar yana saroy ahlini to‘plab: 
«Kashmir toza gulzordir. Havosi lekin garmselli 
ekan. Doimo jonparvar nasim esib turadi-yu, bu 
gulshanda to'xtalmas ekan, bu ahvolda uning guli 
o‘tga va sunbuli qop-qora dudga aylanadi. Qiziqki, 
dahr otashfishon-u, lekin kimsa o‘tdan nishon 
topolmaydi. Bu uqubat bolib, xalqqa azobdur. 
Suhbatgina emas, balki umuman yashab bolmay­
di. Bunga biron chora mumkindir, bolmasa, bu 
yerdan tezroq jo'nash lozim boladi», - dedi.
Donishmandlar bu so‘zlarni eshitgach, duo 
qilishib: «Agar shohga bu ish muddao bolsa, biz 
uning makrini daf etamiz, uning barcha sehrla- 
rini biz yo‘q qilamiz, shoh ko‘ngli bundan g‘am- 
ga tolmasin, chorasi oson. Shoh o‘n kungacha 
muhlat bersalar boladi». Shoh: «0 ‘n kungacha 
xalq o‘t va shamoldan qiynalib qolishadi-ku!» -
degan edi, Aflotun podshoning qayg4irayotganin 
ko‘rib: «Men uch kun davomida bir tadbir qilib, 
ahvolni yengillashtirib turaman», - dedi. Iskandar 
bu so'zdan xursand boldi. Bu holatdayel to'xtab, 
do'zaxdek issiq boshlandi. Oshxonada ishlovchilar 
nolon bolishib, «Olam aro o‘tdan boshqa vujud 
yo‘q, ne cho‘g‘, ne shu la, ne uchqun, ne dud. Tosh-


dan оЧ chiqarisharkan», - deb unga temir ursalar, 
shu la ham chiqmayapti, o*t o'miga suv chiqyapti. 
Ovqatni tayyorlashimizda bir sir bormikan desak, 
biz aybdor emasmiz».
Keyin o“t-u yel masalasida shunday qiyinchilik 
boshlandiki, o t issiq dam erdi-yu, yel sovuq oh. 
Tandir kunduz qizarmaydi, kechasi esa shamda 
shula ko‘rinmaydi. Ozginayel esgandi, o'chmagan 
biron chiroq qolmadi. Uch kun davomida qollar 
engaklarga sutun bolib qolaverdi.
To'rtinchi kuni Aflotun uyiga shoh, a’yonlar va 
sarkardalar kirib bordilar. «Mana, uch kun o‘tdi, 
xalq o t va shamol yo'qligidan nihoyatda qiynalib 
ketdi. Yana shu xilda davom etsa, el bu azoblarga 
chidolmay qoladi», - dedi Iskandar. Olim javob 
berib: «Bugun ham bergan va’damizga kiradi. 
Lekin ertadan hamma narsa o‘z o'rniga tushib, 
xalq qiyinchiliklardan qutuladi», - dedi. Shoh va 
a’yonlar bu so'zlardan ko'ngillari taskin topib, 
oromgohlariga y o l oldilar.
Otni to'xtatish masalasi mana bunday bolgan 
edi: Jomosb degan donishmandning kitobida: 
«Iskandar davrida u jahon fathiga otlangan vaqtda 
olam mamlakatlarini egallab borarkan, Kashmir- 
ni bosib olishda bu shahaming begi Mallu berk 
qo‘rg‘onga berkinib olib, odamlardan shamol bi­
lan o'tni yashiradi. O'sha yerdagi bir tog' ichida 
toshdan bir uy yasab, tilsim qilib qo^gandi. Yelni 
shu uyga qamasa, xaloyiqning dushman askarla- 
rini daf qilish oson boladi. Shamol awal betartib 
esib, undan xalqqa ziyon yetardi. Shamolni haligi 
uyda bekitgandan so‘ng bu mamlakatga kelganlar 
haligi uy derazasiga qarshi turib Kashmir shahriga 
to‘g‘ri boqishsa, yoqimli shamoldan bahramand


bolishar, derazani berkitib qo'yilsa, shamol chiqa 
olmay qolardi.
Qal’adagi bir choh - chuqur bor bo Tib, uning og‘zi 
tor-u, tagi keng edi. Chuqur tagida bir otashkada 
bolib, u Kayumars davridan qolgan edi. U yerda 
shunday bir tilsim mavjud edi: odam shaklidagi 
bir haykal doim o‘tni yelpib, haroratni kuchay- 
tirib turardi. Uning oldida dam bila ko‘ra yasa­
lgan bolib, ko‘ra jismida olov puflaydigan nay 
o'rnatilgan bolib, haligi haykal asbob orqali otni 
doim tezlashtirib turardi. Choh og'zidan uchqun 
va tutunlar chiqib, xalq undan issiqlik olib turar, 
bu mamlakatdagi o t manbayi, ne otkim, quy­
osh manbayi ham shu edi. Lekin bu otlar kishi 
ko'ziga ko‘rinmay, quyoshga o'xshab yer ostiga 
kirib ketardi. Bu tilsimni yo‘q qilish uchun, bu 
ish Aflotunga havola, awal naqb boshini topib, 
u yerda chodir tikib otirish kerak. Keyin naqb 
boshini ochib, ichkariga qarab 17 qadam yurish 
darkor. 0 ‘n yetti qadamni bosish chog'ida ikki 
yoniga yaxshi nazar tashlab borish kerak. Har 
tomonda yel yo o t rasmi chizilgan taxtachalar 
turadi. Har bir lavhni zarb bilan qattiq tepsa va 
lavh devor ichiga kirib ketsa, biri yel yolidir, biri ot 
yoli. Devor buzilgan zamon tezlik bilan tashqariga 
qochish zarur. Chunki o t bilan yel qo‘shilishib, 
chirpirak bolib aylanib, aniqlangan yollam i ham 
vayron qiladi. Ikki kavakdan chiqib kelgan o t va 
yel qal’a ahliga shunday ziyon ko'rsatadiki, kimga 
tegsa, nobud qiladi, imoratlami pastlashtirib, tik 
yog£ochlarga shikast yetkazadi. Elining olmay tirik 
qolishi bolmagan xayoldir.
O t chohdan chiqqandan keyin, lovullab, qal’ani 
kuydirishga tushadi. Faqat qal’a ichiga, ro'parasi-


gagina emas, burj-u devorlariga ham tutashadi. 
Toshi shuladan shunday qizib ketadiki, ichkarida 
qolgan xalq tosh kaboblarga aylanadi. Yoldagi 
lavhlarni ushatgan hakim bir qancha vaqt tash- 
qarida turishi kerak.
Agar yel qal’aga qarab yelib, shaharga tez yetish- 
sa, lavhalar bilan tomlami to‘sish, mustahkam- 
lash kerak. 04 bilan yel tinchisa, ikkisidan kuch-u 
mador ham ketadi-da, yana oldingi yel oromi, o‘t 
sharori qaytadi», deb yozilgan ekan.
Aflotun bu so'zlaming barchasini Iskandaming 
bir o'ziga mukammal so‘zlab berdi. Shoh hayratda 
qolib, donishmandga tahsin aytdi, ehsonlar berdi. 
«Bu ishlami bajarish yollari topildi. Endi nima 
qilamiz?» - deb so'radi Aflotundan. Donishmand 
shohni duo qilib: «Sen lavhlarni birinchi bo “lib 
sindirasan. Bu sening shohlik, jahon pahlavoni 
sifatidagi huquqing. Bu ish bandini yechish sen- 
dan boshlansin», - dedi.
Shoh donishmandga tasanno aytdi, kechasi 
bolishiga qaramay Aflotun bilan bir necha sipohni 
birga olib yolga tushishdi. Naqb boshiga yetish- 
gach, ichkari, yerosti yoliga tushib, ancha yurish- 
di. Yolning ikki yonida ikki lavh osigliq turardi. 
Aflotun lavhlarni shohga ko‘rsatib: «Vaqt ketyapti, 
bolaqol tezroq!» - dedi. Iskandar lavhlarni ко‘rib 
shodlandi-da, Haqni yodiga olib turib, ikki lavhni 
zarb bilan tepdi-yu, ular yemrilgach, darhol tash- 
qari chiqdi. Ikkovlari ko‘zlarini qo‘rg‘onga tikib 
turardilar, biroz o'tgach, o‘t qal’adan osmonga 
otildi. Yana bir nafas otmay shamol ham yetib 
borgach, shunday kuchli yel qo‘zg‘aldiki, yel go'yo 
olamni buzay derdi, ikkovlari yana naqb ichiga 
tushishib, ganj-u g'isht bilan yel yolini to‘sib


tashladilar. Shoh bilan olim tashqari chiqishgach, 
qo‘rg‘on tomondan dod-faryod eshitdilar. O t bilan 
yel qo‘rg‘on xalqini har tomon parishon qilib halok 
etibdi. Malluning farzandlari ham, xotinlar ham 
yarim kuygan holda chiqib kelishdi. Iskandar 
sipohlari ularni otdan ozod qildilar. O t vayel hu- 
jumidan juda ko‘p odamlar halok bolibdi. Faqat 
Mallu ibn Mabok degan kishigina omon qolibdi. 
Yana Feruz degan o‘g‘li va nihoyatda sohibja- 
mol bir qizi bor edi. Uning haqida yana keyinroq 
so'zlashamiz.
Mallu Iskandar qoshiga kelib, yer o‘pib, bosh 
qo“ydi, boshini kotargach, yosh toldb iltijo qildi:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin