Nima degan bolsam, rostdir, rost so‘zlamak men
uchun odatdir. So'zim tugadi, endi tezda qayt-
gil-da, unga bu so'zlarimni aniq qilib tezroq ayt.
Sen borarkansan, men ham asta yurib bo-
raveraman. So‘zlarimga xoqon javobini ertaroq
olib kelolsang, ikki tomonga ham savob boladi.
Buyruglmdan bo‘yin toblasang, ko‘ramiz, falak
ne oVinlar ко‘rsatarkan?».
Elchi bu so'zlami eshitishi zamon hayajonga
tushganicha jo'nab ketdi. Saroyga yetgach, Iskan
dar so'zlarini xoqonga so'zlab berdi. Xoqon Iskan-
daming o‘zi о ‘ylaganicha j asoratli ekaniga ishonch
hosil qildi va urushishga mardona bel bogladi,
Iskandarning yetib kelish vaqtini hisobladi. Yetti,
yo‘qki, yetmish otasining yurtidan, butun Xitoy
mamlakatidan askar yig'mish edi. Sipohi osmon
yulduzlaridan ham ko'proq, sahrodagi qumdan
ham soni ortiqroq edi. To'qqiz yuz ming kamondan
o‘q otuvchisi, yana shuncha qilichboz jangchisi
bolib, barchasining kiyimi zarhal-u zarbof edi.
Har qaysi o‘qchi va xanjarboz temir kiyimlarda
bolib, shuncha sipohlar bilan Chin xoqoni Chin
shahridan chiqib keldi-yu, dushmandan oldinroq
ulgurish uchun sipohlarni tezda tushirib, xandaq
qazdirishni boshladi. 0 ‘z sipohining chor atrofx-
cha xandaq qazdirdi. Uning, xandaqning davri
15 yig'och bolib, ichi metinlar bilan mustahka-
mlangan. Ko'pdan ko‘p arava ham tayyor bolib,
ular ustiga to‘ralar4 o‘matilgan, aravalar bir-bi-
riga boglangan bolib, ularning ketidan nayzali
va o‘qotar sipohlar tizilgandi. Xandaqlar oldiga
mustahkam mo‘ndu sanchiqlar tiqib qo“yilgandi.
Dostları ilə paylaş: