oldiga qilich ham keltirib qoldilar, keyin ular
shoh bilan elchidan ancha nari borib turdilar.
Shoh bilan elchi oldi xilvat bolgach, shoh oldingi
so‘zlarini qaytardi. Elchi aytdiki: “Ey pokiza shoh!
Huzuringdagi elchi Chin xoqonidir. Ayog'imda
band-u,
qolimda band, na ilgimda tig‘-u, na
ko'nglimda kin. Bu ish boisi necha sur’at edi, ki
bu nav’ kelmak zarurat edi”. Iskandar hayron
bolib so‘radi: «Ey Chin-u Xitoy sipohdori, nechuk
shohlar bunday xato qilishibdi. Dushmaniga o'zini
bunday asir qilib berish, o‘z oyogl bilan kelib, bu
ahvolga tushishga nima sabab boldi ekan? Awal
shu savolimga javob bering-chi!».
Xoqoni Chin fikr qilib dedi: «Ey dunyo mulki-
ning egasi! Boshimga mushkil ish tushgan edi,
bu kelish shuning iloji boldi. Senga e’tiqodim,
ishonchim bor edi.
Sen aqlli, mard, himmatli
pahlavonsan. Zolimlik sening shioring bolmaydi.
Boshqa dushmanlaring senga qarshi qo'shin bilan
chiqishib xato qilishdi, uzr so'rashganda, ularning
hurmatini ham joyiga qo^ding. Men sening oldingi
ishlaringni yodda tutgan holda o'zimni shunday
kamtar va behol qilib taxting oldiga keldim, arzi
holimni aytdim.
Iskandar unga ofarin aytib: «Juda to‘g‘ri ish
qilibsan. Yana so'zing bolsa, izhor qil», - dedi.
Xoqon uni yana bir duo qilgach, dediki: «Bu
yerga kelishdan maqsadim, sen bilan yuzma-yuz,
yonma-yon otirib, qoshingda dilimdagi so'zlaming
barini aytmoqchiydim. So'zim shuki, shohdan kel-
gan elchiga aytgan javobimdan podshoh ranjigan.
Shunga uzr so‘ragani keldim. Ortiq so‘z demayin:
gunohkorman, olimga sazovorman. Aybimni bilib
turib, xor bolib oldingga keldim Agar afv qilib shod
etsang ham, sening xulqi lutfingga mos ish boladi.
Agar tig4 tortsang ham, jonim fido».
Iskandar: «Ey baxtiyor shoh! Menga sen ma’qul
javob aytib eding. Do‘stlarim ham,
begonalar
ham ahamiyatli maslahatlar berishgan edi, lekin
men o'zimni puxta tadbirlik sanab, jahonni fath
etmoqqa azm ayladim. Dushmanini yenggan har
bir g‘olib shoh shunaqa fikr yurgizadi. So‘zimda
xatolami endi anglayapman».
Xoqon shohni yana bir duo qilib, so‘z boshla
di: «Olam ahli senga tobe bolsin. Ne kishvami
ochmoqqa
qadam urgan bolsang, o‘sha mam-
lakat senga osonlikcha maglub bolmadi. Mallu
ne nayrang-u afsunlar qilmadi?! Sen esa uning
boshidagi tojni o'gliga kiydirding. Uni lutfingdan
bahramand etib, ota mulkiga shoh qilding, Meni
dushmaning deb xayol qilarding. Shuning uchun
o'zimni bunday selga oyoqosti qildim. Xayolimga
keladiki, bu xil hech kim qilmagan ish uchun nima
yaxshilik qilarkansan?».
Iskandar dedi:«Ко‘nglingni jam qil. Ikki dunyo-
da sen ota, men o'gllman.
Nima desang xizmating-
da bo lay, seni taxtimga o‘tqizayin. Farzanddek
oyoglngni o‘pib, Faylaqus tirildi, deb elon qilay.
Sen shoh bol-u, men senga sipohdorlik qilayin.
Bulami istamasang, nimani xohlasang, men unga
yordam beray».
Xoqon shod bolib, ko'p-ko'p duolar qildi, ko‘zidan
yoshini tiya olmay, shukr tuprogiga boshini qo^yib,
dedi:
Dostları ilə paylaş: